|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service Pdf ko'rish
|
bet | 148/157 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #154851 |
Bog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
153
Qora smorodina tarkibidagi C vitamini
— antotsianidin yetarli miqdorda saqlanadi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu meva shamollashga qarshi kurashish va
dezinfeksiyalashga juda katta yordam beradi.
Xalq tabobatida bu mevadan ko‘pincha damlama (choy) holatda foydalaniladi. Qora
smorodina damlamasi diareya va harorat ko‘tarilishidan xalos etadi.
Smorodinali shirinliklar avitaminozga davo
Darhaqiqat, bunday shirinliklar, ya’ni smorodinali murabbo va kompotlarni mavsum
vaqtida tayyorlab, bankalarga yopib qo‘ysangiz, bahor faslida aynan vitamin
yetishmovchiligidan qiynalayotganda oilangiz bilan iste’mol qilasiz. Qarabsizki,
avitaminoz yengiladi.
Bundan tashqari bu shirinlikni og‘ir kasallikdan turgandan keyin yoki jarrohlik
amaliyotidan so‘ng iste’mol qilsangiz, immunitetingiz ko‘tariladi va quvvatga
kirasiz.
Qanday kasalliklardan xolos etadi?
Bunday qaynatma, eng avvalo,
kamqonlik
dan xalos etadi.
Shuning bilan birgalikda,
gipertoniya
, tish milklari shamollashi va qonab qolishi,
oshqozon yarasi, o‘n ikki barmoqli ichak xastaliklari va gastritni davolaydi.
Smorodina bargi qaynatmasidan qilingan vanna teridagi turli xil toshmalarni, teri
kasalliklarini bartaraf etadi.
Smorodina bargi damlamasi esa organizmdagi peshob tiqilishining oldini oladi.
Bundan tashqari, smorodina bargi damlamasi shifobaxsh terlatuvchi, yengil
yumshatuvchi va modda almashinuvini meyorlashtiruvchi sifatida shamollashdan
aziyat chekayotgan bemorga foyda keltiradi.
Qora smorodina sharbatini asal yoki shakar bilan ichsangiz, yo‘taldan xalos bo‘lasiz.
Bu meva shifobaxshlikda va S hamda V guruhidagi vitaminlarni saqlash jihatidan
na’matakdan keyingi o‘rinda turadi. Shuning uchun undan ishtaha ochish,
quvvatlanish va infeksiyadan xalos bo‘lishda foydalaniladi.
Smorodina tarkibidagi fitonsidlar yordamida oltin rang stafilokokk, mikroskopik
zamburug
‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklar, jumladan, dizenteriya yengiladi.
Qora smorodina damlamasi va mevasining o‘zi grippning A hamda B viruslarini
yo‘qotadi va immunitetni ko‘taradi. Ich qotishi, qabziyatning oldini oladi.
Asab sistemasi faoliyati buzilganda esa qizil smorodina yeyish lozim. Chunki unda
tinchlantiruvchi xususiyat bor.
|
| |