Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X
Website: econferenceseries.com
157
Birinchidan, qovoq
– vitaminlar manbayi.
Uning tarkibida A, C, E, K, T, PP,
shuningdek, hazm qilishni yaxshilaydigan va immunitetni mustahkamlaydigan
B1, B2, B5 va B6 vitaminlari mavjud.
Hozirgi
kunda dorivor o’simliklarning yer yuzida 10-12 ming turi mavjud.
O’zbekistonda 577 turi uchraydi, shulardan 250 turi
ilmiy tabobatda ishlatilib
kelmoqa.
O’zbekistonda Akademik S.Yu.Yunusuv nomidagi o’simlik moddalari
kimyosi institutining olimlari tom
onidan markaziy Osiyoda o’sadigan 4000 dan orti
o’simliklar tarkibida alkoloidlar borligi aniqlangan, ulardan 292
turini chuqur
o’rganishi natijasida 1250 dan ortiq alkaloid ajratib olingan. Bundan tashqari 50 dan
ortiq
o’simliklarda glikozidlar, 160 xil o’simlikning glikozidkari 250 o‘simlikdan
lipidlar, 150dan ortiq o’simlik turidava flavonoidlar va kumarin asosida qator
dorivor vositalar yaratildi va amaliy tibbiyotga tadbiq etildi.
Qovoq-Cucurbita, qovoqdoshlar -Cucurbitaceae oilasiga kiradi. Qovoq turlari bir
yillik, poyasining uzunligi 4-
5 m ga yetadigan o’t o‘simlik.
Poyasi qirrali, dag‘al
tukli, jingalaklari yordamida osilib o‘sadi. Bargi juda ham yirik, yuraksimon, chuqur
5 bo’lakli, dag‘al tukli bo’lib, poyada uzun bandi yordamida ketma-ket joylashgan.
Gullari sariq rangli, yoqimli hidli, bir j
insli, erkak gullari barg qo‘ltig‘ida to‘p-to‘p
bo’lib, urg‘ochi gullari esa yakka-yakka holda joylashgan. Gulkosachasi
qo‘ng‘iroqsimon, 5 bo’lakli, gultojisi voronkasimon qo‘ng‘iroqsimon, besh bo’lakli.
Otaligi 5 ta, onalik tuguni 3 xonali, pastga joylashgan. Mevasi -
yirik, ko’p urug’li,
seret va shirali, turli rangdagi va shakldagi ho’l meva. Urug'i oq rangli, yapaloq
eliipssimon bo’ladi. Qovoq urug‘i tarkibida 50% gacha yog‘, vitamin Сva B l,
organik kislotalar, karotinoidlar
va boshqa moddalar
bo’ladi. Mevasining etli qismi
tarkibida qandlar (4-11%), vitamin C, B l va B2 16 m g % gacha karotinoidlar,
nikotin kislota va boshqa birikmalar bor. Qovoq
urug‘I lentasimon (ba’zan yumaloq)
gijjalami haydash uchun ishlatiladi.
Qovoq mevasi siydik haydash ta’siriga ega. Shu
bilan bir qatorda u organizmdan xlor tuzlarini chiqib ketishini tezlashtiradi. Shuning
uchun ham mevasining yumshoq qismi jigar va buyrak
kasalliklarini davolashda
qo‘llaniladi. Qovoq mevasidan olingan karotinning yog‘li eritmasi terining ba’zi
surunkali kasalliklarini (ekzema, qiyin bitadigan yaralar), yiringli yara, kuygan va
sovuq olgan yerlari hamda shilliq pardaning zararlangan yerlarini davolashda
ishlatiladi.
Qovoq urug‘lari, ayniqsa ayollar uchun foydali hisoblanadi. Sababi uning tarkibida
E vitaminining yuqori miqdori mavjud, u antioksidant xususiyatiga ega.
Shuningdek,
karotenoidlar yallig‘lanishni va surunkali kasallik xavfini kamaytiradi.