E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/157
Sana12.02.2024
Hajmi4,42 Mb.
#154851
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Bog'liq
Italy Econference Series Nov 2023 package

 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada arpabodiyon 
oʻsimligi haqidagi maʻlumotlar keltirilgan. Xususan: 
Oʻzbekistondava Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalishi, zamonaviy tibbiyotdagi 
oʻrni, kimyoviy tarkibi: organik va noorganik moddalar hamda vitaminlar haqida.
 
Kalit so‘zlar: Arpabodiyon (Anisium), arpabodiyon mevasi, xalq tabobati, anetol, 
efir moyi.
Arpabodiyon-Apiaceae (Umbelliferae)oilasiga mansub 
ko‘pyilliko‘t-o‘simlik. 
Poyasi tik 
o‘sadi, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan, bo‘yi 30-60 sm ga yetadi 
.Ildizoldi va poyasining pastki qismidagibarglari uzun bandli, yumaloq, 
buyraksimon, 
tuxumsimon yoki bo‘lakli va yiriktishsimon qirrali, o‘rta 
qismidagilari uzun bandli, uch bo‘lakli (bo‘laklari rombsimon ) arrasimon qirrali, 
yuqori qismidagilari qinli, 2-
5 bo‘lakka patsimonqirqilgan yoki nashtarsimon 
bo‘ladi. Barglari poyaga ketma-ket o‘rnashgan mayda, ko‘rimsiz oq rangli gullari 
murakkab soyabonga to‘plangan. Mevasi qo‘shaloq pista. 
Geografik tarqalishi: Vatani Turkiya hisoblanadi. 
O‘simlik Rossiya, Ukraina, 
Belorussiya, 
Voronej, Shimoliy Kavkazda hamda O‘rta Osiyoda ziravor o'simlik 
sifatida ko'p o'stiriladi.
Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi: Mevasi tarkibida 6 % gacha efir moyi , 8-28,4 % 
yog‘, oqsil va boshqa moddalar bor. Efir moyi 80-90 % anetol, 7-10 % metilxavikol, 
anis aldegidi, anis kislotasi va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Arpabodiyon 


 
 
Proceedings of International Educators Conference 
Hosted online from Rome, Italy. 
Date: 25
th
Nov., 2023 
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
164 
past kaloriya (100 gramm uchun 31 kkal) va yog‘li, lekin ayni paytda u to‘yingan. 
Antioksidantlardan tashqari, arpabodiyon tarkibida juda ko‘p miqdorda tolalar, 
mineral tuzlar va A, B va C vitaminlari mavjud. Bu ovqat hazm qilishni 
yaxshilaydigan, gaz hosil bo‘lishini oldini oladigan va ichaklarni tozalashga yordam 
beradigan toladir, shuning 
uchun arpabodiyon o‘simlik choylarida ishlatiladi. 
Vitaminlarning tarkibi tufayli bu sabzavot immunitet tizimini mustahkamlashga va 
tananing antibakterial himoyasini yaxshilashga yordam beradi.Animiyadan aziyat 
chekadiganlar uchun arpabodiyon katta yordam beradi, chunki uning tarkibida temir 
mavjud. Arpabodiyon tarkibidagi kaliy, fosfor va kaltsiy tayanch-harakat tizimini 
mustahkamlash va himoya qilishga yordam beradi. 
Yog‘miqdori pastligi va ko'p 
miqdorda tolasi tufayli arpabodiyon yomon xolesterolni kamaytirishga va qon 
bosimini barqarorlashtirishga yordam beradi.Bu sabzavot yurakva umumanyurak-
qon tomir tizimi uchun ham foydalidir. 
Dorivor xususiyati: Mevasi vaefir moyi 
balg‘am ko‘chiruvchi (bronxit traxeit, 
laringit, ko‘kyo‘tal, nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida), ichakfaoliyatini 
kuchaytiruvchi, yel haydovchi (meteorizm qorin dam 
bo‘lganda) va surgi sifatida 
qo‘llaniladi. Mevasi ich yumshatuvchi va ko‘krakog‘rig‘iga qarshi ishlatiladigan 
choylartarkibida 
bo‘ladi, shuningdek, efir moyi, novshadil -arpabodiyon tomchisi va 
ko‘krakeliksiri tarkibiga kiradi. Efir moyi dorishunoslikda dori ta’mini yaxshilash 
uchun ishlatiladi. 
Arpabodiyon mevasidan tayyorlangan damlama me’da 
ichakkasalliklarini davolashda hamda ishtaha ochuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, yel , 
o‘t va siydikhaydovchi, terlatuvchi hamda yengil surgi sifatida xalq tabobatida 
qadimdan ishlatib kelinadi . Shu maqsadlar uchun arpabodiyon mevasidan Ibn Sino 
ham 
o‘z vaqtida keng foydalangan. Urug‘lar ayniqsa foydalidir. Ular oshqozon-
ichaktrakti kasalliklarida kuchli 
ta’sirga ega. Shuningdek, urug‘lar quyidagi hollarda 
bemorning ahvolini yaxshilashi mumkin, 
ya’ni yuraktomirlari bilan bog‘liq 
muammolar bilan, yuqori xolesterol bilan, nafas olish tizimining kasalliklari bilan, 
oshqozon 
og‘riqlar bilan yo‘talayotganda tinchlantirishga imkon beradi. 
Bu Avitsenna va Gippokrat tomonidan shifobaxsh amaliyotlarida ishlatilgan dorivor 
o‘simlik. U zamonaviy tibbiyotda ham o‘z o‘rnini topgan. Efir moyi 
ichakmotorikasini yaxshilashga yordam beradi va buyraklarning chiqarish tizimini 
faollashtiradi. Arpabodiyon choyi terapiyada dori-
darmonlarni to‘ldiradigan ajoyib 
diuretikdir 
Emizikli ayollarga ham yordam beradi. O‘simlik urug‘idan tayyorlangan 
suv chaqaloqlarda meteorizmni davolashda 
bo‘lgani ishlatiladi.



Download 4,42 Mb.
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish