O’ZBEKISTON XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
M.Z.MURTAZAYEV., M.E.ESHONQULOVA
S E R V I S
PAZANDACHILIK ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tavsiyasi bilan darslik sifatida tasdiqlangan o‘quv dasturlariga binoan Davlat grant loyihasi asosida kengaytirib tayyorlangan
UMUM O’RTA TA’LIM MAKTABLARINI VI-SINFILARI UCHUN DARSLIK
«Fan va texnologiya» nashriyoti
TOSHKENT 2012 y
UDK_____372.864(075)
BBK 74.200.52.M 47 Ya 72.
Ushbu darslik mehnat ta’limining pazandashilik asoslari yo‘nalishi bo‘yicha 6-sinflarga mo‘ljallangandir. 6-sinflar uchun ynli va sutli mahsulotlardan taom rayyorlash texnologiyalari hamda o’zbek milliy taomlariga oid dars materiallariga tegishli kengaytrilgan holdagi manbalar mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.
Ushbu darslik Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 62-son umum o‘rta ta’lim maktabi, Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumani № 7–Son umum o’rta Ta’lim Maktabi, Jizzax shahar № 36–son umum o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax tumani № 54-son umum o‘rta ta’lim maktablarining uqityvchilari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Jizzax viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.
A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti ilmiy kengashda (2011 yil 29 dekabr, № 4) va Jizzax viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi o’quv uslubiy kengashida (2012yil 14 iyun № 4) nashr etishga tаvsiya qilingan.
TAQRIZCHILAR:
-
Samarqand viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ”Mehnat ta’limi” kafedrasining mudiri dosent B.M.Mironov.
-
Jizzax viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ”Mehnat ta’limi” kafedrasining mudiri dosent U.M.Maxmudov.
-
Respublika Ta’lim Markazi “Musiqa, san’at, mеhnat ta'limi, Jismoniy kamolat va salomatlik” bo‘limi boshlig‘i Z. Shamsiyeva.
-
Toshkent shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 62- son umum o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi T.P.Poshshaxo‘jayeva.(mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan darsliklarining muallifi).
-
Jizzax shahar № 36 –son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi Z.Turopova. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi).
-
Jizzax tumani № 54-son umum o‘rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi o‘qituvchisi A.Yu.Yuldoshev. (mehnat ta’limi bo‘yicha ilgari chop etilgan o‘quv qullanmalarining muallifi).
-
Jizzax tumani kasb-hunar kolleji o’qituvchisi M.X.Xydoynazarova.
ISBN: 978-9943-10-760-1
«Fan va texnologiya» nashriyoti
KIRISH
Umum o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limning amaliy samarasini oshirishga o‘quv jarayonini muvofiq tashkil qilish, o‘qitish mobaynida ta’limni usul va formalaridan oqilona foydalanish, o‘quv ustaxona va kabinetlarni talab darajasida jihozlash va ulardan unumli foydalanish, o‘quv dasturlarini milliylikni e’tiborga olgan holda tuzish, milliylik asosida o‘quv darsliklarini yaratish kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Jumladan, mehnat ta’limini barcha yo‘nalishlari kabi “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishni samarali tashkil qilishga oid bo‘lgan muammolar qatoriga milliylik g‘oyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil qilishga qaratilgan o‘quv dasturlari tuzish va shu asosida o‘quv darsliklari yaratish muammolarini kiritish mumkin. Hozirgi kunga qadar mehnat ta’limini “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha mavjud darsliklarda milliylikga etarli darajada e’tibor berilmagan. Shu boisdan xam ushbu darslikka mo‘ljallangan darslikda tuzuvchilar 6-sinflarda o‘quvchilar o‘zlashtirish qobiliyatini hisobga olgan holda unli ba sutli mahculotlardan taomlar ba milliy uzbek taomlariniga tayyorlash texnologiyaslariga oid kengaytirilgan dars materiallari va yil davomida o‘zlashtirish texnologik bilimlarni mustahkamlash uchun yozgi 6 kunlik o‘quvchilarni foydali va unumli mehnat jarayonini tashkil qilishga uslubiy tavsiya va manbalarni aniq bir tizimga keltirishga harakat qilingan.
Ushbu darslikining ahamiyati 6-sinflar uchuno‘rgatishga mo‘ljallangan milliylikka asoslangan taomlar ba ularni tayyorlashga oid manbalarni umumlashtirib ma’lum didaktik tamoyil asosida tizimga solishgaharakat qilishganligidandir. Shu nuqtai nazardan keng qamrovli milliylik milliylikka asoslangan dars mantablari bilan to‘ldirilgan 6- sinflar uchun darslik sifatidatayyorlashga bo‘lgan uslubiy urinishlar ilk marotabalaridan biri bo‘lgani xato va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Shu boisdan 6-sinflar uchun mehnat ta’limining “Pazandachilik asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha darslikda o‘rgatishga mo’ljallangan texnologiyalarga oid keltirilgan manba materiallariga uslubiy fikrlar, mulohazalar, tuzatishlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar bildirishlarni tuzuvchilar o‘rinli deb xisoblab e’tibor qilganlari uchun minnatdorchilik birdirishadi.
I-BOB. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
1.1. INSON ISTE’MOL QILADIGAN OZIQ OVQAT MAHSULOTLAR TARKIBIDA DORIVOR, ZIRAVOR VA OVQATGA ISHLATILADIGAN KISLOTALARNI BO’LISH AHAMIYATI.
Insonlarning ovqatlanishida taomlar uchun vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bolalar va umumiy ovqatlanish oziq-ovqatlari hamda konditer mahsulotlari sifatida chiqariladi. A, S, Vb V2 va D vitaminlarining tabiiy manbai bo’lgan yoki shu vitaminlar bilan sun’iy boyitilgan turli mahsulotlardan maxsus tayyorlangan aralashmalar ham mavjud. Masalan, ba’zi bir margarinlar A va D vitaminlari bilan, ba’zi bir un sortlari esa V gruppa vitaminlari bilan boyitilgan holda savdoga chiqariladi. 1 yoshdan oshgan bolalar uchun vitaminlashtirilgan sabzavot un aralashmasi chiqariladi, ularga S vitaminiga boy bo’lgan na’matak qaynatmasi qo’shiladi. Shuningdek, tarkibida ko’p miqdorda karotin (A provitamini) bo’lgan ko’k no’xot, sabzi, ismaloq, o’rik pyurelari, qora smorodina pyuresi, S vitamini bilan boyitilgan sut, A va V gruppa vitaminlari bilan boyitilgan guruch va jigar aralashmalari ishlab chiqarilmoqda. Vitaminlashtirilgan mahsulotlarning ovqatga ishlatilishi organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko’rsatishi va bolalarning yaxshi o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Insonlarning ovqatlanish meyori tarkibida dorivor, ziravor va ayrim kislotalarni bu juda muhimdir. Ziravorlar va dorivorlar tarkibida efir moyi, glikozid, alkaloidlar bor ta’m beradigan mahsulotlardan iborat. Ular o’tkir, xushbo’y, ko’pincha juda achchiq ta’mli bo’ladi. Ziravor va dorivorlar ovqatning ta’m xususiyatlarini yaxshilaydi, oshqozon suvi ajralishini tezlatib, ovqat hazm bo’lishiga yordam beradi.
Dorivorlar ovqat ta’mini va xushbo’yligini yaxshilaydi, uning to’yimliligini va hazmliligini oshiradi. Xo’raki xantal, xo’raki erqalampir, mayonez, adjika dorivorlarga kiradi.
Dorivorlar oziq-ovqatlarning lazzatini oshirish uchun ishlatiladi. Ko’p ziravorlar ovqatning lazzatinigina emas, balki to’yimliligini ham oshiradi. Keng tarqalgan va uy pazandaligida ko’p ishlatiladigan dorivorlarga vanil, kalampirmunchoq, inbir (zanjabil), kardamon, dafna yaprog’i, murch, kalampir, zira (qora zira) va boshqalar kiradi. Dorivorlar me’da shirasini ko’p ishlab chiqarib, ovqat hazm bo’lishini engillashtiradi. Me’yordan ortiq iste’mol etilgan dorivorlar me’da-ichak organlari uchun zararlaydi. Uy pazandaligida dorivorlar me’yori, odatda oila a’zolarining ta’biga ko’ra aniqlanadi.
Dafna bargi soya joyda kuritilgandan keyin yashilroq rangli, quruq bargining uzunligi kamida 3 sm bo’lishi kerak Ta’mi sal achchiq, xushbo’yligi yoqimli. Dafna bargi tarkibida 3% gacha efir moyi bo’ladi. U qog’oz paketlarga 25, 30 va 100 g dan qilib qadoqlanadi.
Murch-qalampir to’rt xil bo’ladi: qora murch, oq murch, xushbo’y murch va qizil qalampir.
Qora murchsudraluvchi tropik o’simlik dumbul mevasining quritilgan alkoloid, 2% gacha efir moyi bo’lib, murchni shular spesifik o’tkir, achchiq va yoqimli xushbo’y qilib turadi. Sifatli murchning donlari shirasimon (diametri 3-5 mm), burishqoq, qora, yarqiramaydigan, jigar rang tus aralash bo’lishi kerak Yanchilgan murch to’q kulrang kukunsimon mahsul, uning ko’rsatkichlari asosan donador qora murchda ko’rsatkichlarining huddi o’zi. Qora murch universal ziravor bo’lib, u go’shtli, baliqli, sabzavotli ovqatlar tayyorlashda, konserva qilishda ishlatiladi.
Xushbo’y murch (qalampirmunchoq, yamay) bu tropik daraxtning dumbulligida quritilgan mevasi. Donlarining yuzasi burishqoq, to’q jigar rang. Sifatli xushbo’y murchning hidi kuchli va qalampirmunchoq, dolchin va muskat yong’oqning hidi aralash murakkab, ta’mi achchig’i bor yoqimli.
Qizil qalampir ituzumdoshlar oilasiga mansub papriki o’simligining butunligicha quritilgani yoki quritib kukun qilinganidan iborat. Qizil qalampir tarkibida 1% gacha kapsaisin alkaloid bo’lib, bu uni o’tkir, achitadigan ta’mli qilib turadi. Mayda qizil qalampir ikki - achchiq va sal achchiq turda 25-30 g dan paketchalarga qadoqlangan tarzda chiqariladi.
Vanil - tropik arxideyaning kuritib olingan g’o’ra qo’zog’i bo’lib, uning mevasi tarkibida 3% gacha vanilin bor, vanilning juda xushbo’yligi shundan. Vanil jahon bozoridagi eng qimmat ziravorlardan, chunki uni etishtirish qiyin. Shuning uchun hozirgi vaqtda sun’iy almashlovchi - vanilin ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Sun’iy vanilin - bu kristall kukun bo’lib, uning kuchli vanil hidi va o’tkir vanil ta’mi bo’ladi. Ishlatish qulay bo’lishi uchun vanil bilan qand tolqon aralashmasi vanilli qand 2,5 va 3 g dan qo’shqavat qog’oz paketlarga qadoqlab chiqariladi. Uni muzqaymoq, konditerlik mahsulotlari va hokazolar tayyorlashda ishlatiladi.
Qalampirmunchoq-bu tropik mamlakatlarda etishtiriladigan qalampirmunchoq daraxtining ochilmay turib quritilgan gul ko’rtaklari. Quritilgan qalampirmunchoq uzunligi 10 mm ga yaqin dumaloq banddan va tishdor qalpoqli kosadan iborat. Uning tarkibida 20% gacha efir moyi bo’ladi. Qalampirmunchoq turli tusdagi jigar rang, achchiq, ziravor hidli bo’ladi. Qalampirmunchoq sotuvga yanchilgan va butun holda chiqariladi. Yaxshi sifatli qalampirmunchoq suvda cho’kadi yoki vertikal holatda suzib yuradi. Yomon sifatlisi esa gorizontal holatda suzadi, siqilganda qalpoqchasidan xushbo’y moy chiqadi. Chakana sotish uchun qalampirmunchoq karton qutichalarga 10 g dan qadoqlab qo’yiladi.
Asosiy ziravorlarga tuz, sirka, gorchisa (xantal), limon kislotasi va har xil souslar kiradi. Shuningdek, sut, smetana, yog’, tuxum, zaytun mevasi va sabzi, petrushka, selderey, pasternakniig ildizlari, xushbo’y o’tlar va ko’katlar, kavarlar (kavil), piyoz, xren, sarimsoq kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham ziravor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ziravorlar novvoylikda, konserva, kolbasa, spirtli ichimliklar va konditer ishlab chiqarishida ovqatni xushxo’r va xushbo’y qilish uchun ishlatiladi.
Ziravor taomlarga lazzat kirituvchi va xushbo’y hid beruvchi, taomni mineral tuzlar bilan boyituvchi o’simlik yoki kimyoviy (organik va mineral) modda. O’zbek taomlarida ishlatiladigan o’simlik ziravorlari zira, zirq kalamir, murch, dafna yaprog’i, kimyoviy ziravorlar esa sirka va osh tuzidir.
Ziravorlar (o’simliklardan olingan ta’m beruvchi mahsulotlar) odatda quritilgan tarzda ishlatiladi. O’simlikning qaysi qismi amalda ishlatilishiga qarab, ziravorlar quyidagi gruhlarga klassifikasiya qilinadi: meva-urug’ ziravorlar xantal, murchqalampir, arpabodiyon, zira, kashnich, hil, vanil, yulduzsimon arpabodiyon, muskat yong’oq, muskat gul; gul ziravorlar qalampirmunchoq, za’far; barg ziravorlar dafna bargi, ekstragon; po’stloq ziravorlar dolchin; ildiz ziravorlar zanjabir (1-rasm).
Meva-urug’ ziravorlar. Xantal sotuvga quruq kukun tarzida chiqariladi. U zangori va xartol urug’ini siqib moyi chiqarilgandan keyin qolgan kunjaradan qilinadi. Kunjara quritilib, keyin tuyib kukun qilinadi. Quruq xantal tarkibida singrin glikozid bo’lib, u to’yinmagan eng oddiy xantal moyga va glyukozaga ajraladi. To’yinmagan eng oddiy xantal moy borligi tayyor xantalning o’tkir hidli va achchiq ta’mli bo’lishini belgilab beradi. Sifatiga binoan xantal tolqon tarkibidagi namligi 10% dan oshmaydigan 1- va 2-navlarga bo’linadi. 1-nav xantalning ta’mi o’tkir, rangi och-sariq, suvda qorilganda ham qoraymaydigan bo’ladi. 2-nav xantalning rangi sariq bo’lib, suvda qorganda to’qroq rangga kiradi.
Arpabodiyon (arpabodiyon urug’i) -bu o’tsimon o’simliknnng ikki urug’li sutilgan mevasi (mevaning uzunligi 2-5 mm). Mevasi yashilroq kulrang, arpabodiyonga xos hidli va shirin bo’ladi. Arpabodiyon oshpazlikda, novvoylikda, spirtli ichimlik ishlab chiqarishda ishlatiladi. U karton qutilarga 100 g dan qadoqlanadi. Arpabodiyon mevasning tarkibida 2,3% efir moyiva 18-20% yog’ bor.
Kashnich bir yillik o’tsimon o’simlikning ikki urug’li mevasidan iborat. Kashnichiing mevasi sharsimon cho’ziqroq shaklda, rangi sarg’ish qo’ng’ir, hidi xushbo’y va ta’mi ziravorli shirinroq bo’ladi. Kashnich tarkibida 1% gacha efir moyi bo’ladi. Kashnich nonni, unli konditerlik mahsulotlari va spirtli ichimlik mahsulotlarni, pishloq, kolbasa, marinadlarni xushbo’y qilish uchun ishlatiladi. Kashnich og’irligi 40 va 45 kg dan kilib yashiklarga upakovka qilinadi.
Zira-o’tsimon o’simlikning ikki urug’li mevasi. Ziraning mevasi sal egik, qo’ng’iroq rangli o’roqsimon urug’dan iborat. Mevasi tarkibida 3 dan 7% gacha efir moyi bor, o’ziga xos kuchli ziravor hidli va juda o’tkir ziravor ta’mli bo’ladi. Zira karam to’zlashda, pishloq, konditerlik mahsulotlari, non tayyorlashda ishlatiladi. U sig’imi 80 kg gacha bo’lgan qoplarga upakovka qilinadi.
Hil - bu tropik mamlakatlarda o’sadigan, zanjabillar oilasiga kiradigan, doim yashil o’tsimon o’simlikning quritilgan dumbul mevasi. Hil mevasi uzunligi 8-20 mm uch chanoqli oval ko’sakdan iborat bo’lib, uning ichida 9-18 ta mayda qizg’ish-qo’ng’ir urug’i bo’ladi. Hil urug’i tarkibida 3 dan 8% gacha efir moyi bo’lib, hilga xos ziravor hidi va juda o’tkir, sal achchiqroq ta’m shundan. Hilning mevasi kamida 8 mm uzunlikda, oq rangdan to oq-sariq ranggacha bo’lishi kerak Uni mevasi butunligicha karton qutichalarga 10 g dan qadoqlanadi. Xil undan qilinadigan konditerlik mollari, kolbasa mahsulotlari, marinadlar tayyorlashda ishlatiladi.
Muskat yong’og’i - bu tropik mamlakatlarda o’sadigan muskat daraxtining qurutilgan urug’i. Bu urug’lar oval yoki yumaloq shaklda, kulrangroq jigar rang, yuzasida egri-bugri ariqchalari bor bo’ladi. Muskat yong’oq tarkibida 11% yog’, uni ziravor mazali, sal o’tkir va ozroq achchiq maxsus ta’mli qilib turadigan 7-15% efir moyi bo’ladi. Bu yong’oq go’shtli va shirin ovqatlarda, kolbasalar, spirtli ichimlik mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi.
Za’far-bu ko’p yillik o’simlikning quritilgan tumshuqchalari. U to’q qizil rangli egiluvchan ingichka iplardan iborat. Za’farning hidi o’ziga xos, kuchli, ta’mi yoqimli, sal achchiqroq. U pishloqlarga, saryoqqa va boshqa mahsulotlarga sariq rang berishda ishlatiladi. Savdoga za’far shisha probirkalarga 1 g dan qadoqlangan tarzda chiqariladi.
Po’stloq ziravorlar. Dolchin tropik mamlakatlarda o’sadigan dolchin daraxtining quritilgan po’stlog’idan iborat. Dolchinning ta’mi achchiqroq, sal o’tkir, hidi ziravorli, yoqimli. Eng yaxshi dolchin och jigar rang bo’ladi. Savdoga dolchin yanchilgan va qandli yanchilgan naychalar tarzida chiqariladi. Dolchin konditerlik mollari, sipirtli mahsulotlar, marinadlar, kolbasalar tayyorlashda ishlatiladi.
Zanjabil tropik o’simlikning tozalangan na quritilgan ildizpoyalaridan iborat. Tayyorlab olish usullariga binoan oq zanjabil va qora zanjabil bo’ladi. Zanjabil sotuvga nldizpoya bo’laklari yoki yanchilgan tarzda chiqariladi.
Yanchilgan zanjabil - bu o’tkir zanjabil hidli va achchiq ta’mli, rangi kulrangroq-sariq tolqonsimon mahsulot. Savdoga ko’pincha karton qutichalarga 10 g dan qilib qadoqlangan, yanchilgan zanjabil chiqariladi. U uni hamirdan qilingan konditer mahsulotlarni, spirtli ichimlik mahsulotlarini, kolbasalarni xushbo’y qilish uchun ishlatiladi. Zanjabil pivoning ta’mini va xushbo’yligini yaxshilash (zanjabilli pivo) uchun ham ishlatilishi mumkin. Qolgan boshqa ziravorlarga ukrop moyi, toshchup, yalpiz, koshmar beda, rayhon, ajgon, gravilat, so’zanak, lyubistok va hokazolar kiradi. Ziravorlar begona hidlarni tez o’ziga oladigan va tez hid beradigan bo’ladi.
Xuraki xantal uning quruq tolqonini issiq suvda qorib tayyorlanadi. Ta’mini va xushbo’yligini yaxshilash uchun sirka, tuz, qand, ziravor, o’simlik moyi qo’shiladi. Xantalning har bir turining tarkibidagi yog’i (4 dan 10% gacha), qandi (7 dan 16% gacha), qo’shilgan ziravorlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yaxshi sifatli xantalning konsistensiyasi bir jinsli, surtiladigan bo’lishi kerak Rangi sariq jigar rangroq tusli bo’lishi mumkin. Ta’mi juda achchiq, xuddi shu tur xantalga xos, begona ta’m va begona hid aralashmagan. Xantal hajmi 100 va 125 g shisha bankalarga qadoqlanadi. 10°S dan ortiq bo’lmagan haroratda 3 oy mobaynida saqlanadi. Tayyor xantal go’shtli, qovurma ovqatlarga dorivor tariqasida ishlatiladi.
Xo’raki erqalampir. Yerqalampirning qirg’ichdan o’tkazilgan ildizidan unga tuz, qand, sirka qo’shib tayyorlanadi. Yerqalampir ildizi tarkibida sinigrin glikozid. fitonsidlar, S vitamin bo’ladi. Yerqalampir ovqat ta’mini yaxshilabgina qolmay, balki uni vitaminga boyitadi ham. Savdoga xo’raki erqalampir, mayonezli erqalampir, lavlag’ili erqalampir, sabzili erqalampir chiqariladi. Hozirgi vaqtda sublimasion quritilgan (qirilib muzlatilgan erqalampir vakuum apparatda quritiladi) kukunsimon erqalampir chiqariladigan bo’lgan. Yerqalampir sovuq go’shtli va baliqli ovqatlarga ishlatiladigan achchiq dorivor tariqasida qadrlanadi. Yerqalampir hajmi 100 dan 500 g gacha shisha bankalarga qadoqlanadi. U 10°S dan ortiq bo’lmagan haroratda 1-1,5 oy mobaynida saqlanadi.
Mayonez yuqori to’yimli mahsulot, chunki tarkibida 3,1% oqsillar 46 dan 66% gacha yog’, uglevodlar, mineral moddalar bo’ladi. U tozalangan o’simlik moylarini suv, tuz, qand, tuxum masulotlar, sirka, xantal va boshqa qo’shimchalar bilan birga gomogenlab hosil qilinadi. Aralashma qavat-qavat bo’lib qolmasligi uchun, emulgator (tuxum tolqoni, quruq yog’i olingan sut, ichimli soda va suv aralashmasi) qo’shiladi. Mayonez go’shtli, baliqli, sabzavotli ovqatlarga, salatlarga o’ziga xos ta’m va xushbo’ylik beradigan, o’zlashtirilishini oshiradigan dorivor tariqasida ishlatiladi.. Mayonezning konsistensiyasi qaymoqsimon bir jinsli bo’lishi kerak Ta’mi va hidi nozik, moysimon, sal nordon va achchiq aralash begona ta’m va o’simlik moyi hidi aralashmagan. Qo’shimchalar solingan mayonezlarda shu qo’shimchalar ta’mi, rangi va hidi bo’ladi. Mayonez hajmi 200-500 g shisha bankalarga qadoqlanadi. Mayonez O dan 5°S gacha temperaturada va nisbiy namligi 75% havoda 45 kun mobaynida, 3-7°S temperaturada xo’raki mayonez va ziravorli mayonezlar 30 kun, ta’m beruvchi va jelelovchi qo’shimchalari bor mayonezlar 20 kun mobaynida saqlanadi.
Adjika birinchi va ikkinchi ovkatlarga solinadigan dorivor tariqasida ishlatiladi, marinadlarga qo’shiladi. U Gruziyada chpqariladi. Adjika quyndagi turli ziravorlar aralashmasidan olinadi: quritib yanchilgan kizil va achchiq qalampir, qora murch, dafna bargi va h q Adjika qizg’ish-jigar rang quyuq pastadan yoki nam tolkondan iborat bo’ladi. Adjikaning ta’mi achchiq. U 200-500 g dan shisha bankalarga qadoqlanadi. Saqlash muddati cheklanmagan.
Kashnich - bir yillik madaniy o’simlik Mevasi tarkibida efir moyi, yog’, oksil va oz miqdorda alkaloidlar bor. Kashnich mevasining damlamasi (1,5:20) me’da-nmak ka-salliklarini davolashda, og’izdagi yoqimoiz hidni ketkazishda hamda gijjalarni tushirishda iyulatiladn. Kashnich mevasn me’da va bavosil kasalliklarida ishlatiladigan choy yig’malar tarkibiga kiradi.
Limono’t - ko’p yillik yovvoyi o’simlik tarkibida 0,33% gacha efir moyi, 0,55% gacha flavonoidlar, organik kislotalar, qand, kumarinlar, 16,56%) gacha ishlovchi va boshqa moddalar bor. Limono’t bargi damlamasn (4:40) kamqonlik ovqat xazm bo’liolining bu-zilishi, asab, yurak kasalliklarida, tomir tortishganda va boshqa xollarda og’riq qoldiruvchi hamda surgi dori sifatida ishlatiladi.
Mavrak (2- rasm) - ko’p yillik dorivor o’t. Mevasi, bargi va gu'li tarkibida 1,03% gacha efir moyi, S vitamini, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Efir moyi 86% gacha lyanalool va boshqa birikmalardan tashkil toptan.Mavrakdan tayyorlangan damlama (1:40) myo’da-ichak .hamda yurak (yurak urishi tezlashganda), buyrak (siydik tutolmaganda), tomoq og’rig’i va shamollashni davolashda ishlatiladi.
Na’matak (3-rasm) -yovvoyi hamda madaniy buta. Mevasi tarkibida S vitamiii va boshqa vitaminlar bor. Na’matakning damlamasi, kaynatmasi bachadondan qon ketishini to’xtatuvchi, isitma qoldiruvchi dori sifatida hamda me’da-ichak kasalliklarida va og’iz bo’shlig’i yaralanganda ishlatiladi.
Otquloq - ko’p yillik yovvoyi o’simlik ildiz va mevasida 4,2% gacha antraxinon unumi (xrizafanol, emodnnlar), K vitamini, flavonoidlar, 17,3% gacha oshlovchi va boshqa moddalar bor. Otquloqning ildizidan, bargidan hamda mevasidan tayyorlangan qaynatma (1:30), damlama (1:20) va suyuq ekstrakti surgi dori sifatida, ichdan qon ketish (dizenteriya, ichak yara-si) va ich ketishini tuxtatish uchun ishlatiladi.
Oq tut - mevali yovvoyi va madaniy daraxt. Mevasi tarkibida qand, organik kislotalar, bargida karotin S vitamini, efir moylari, mikroele-mentlar, oshlovchi va bo’yoq moddalar bor. Oq tut mevasi isitma chiqqanda, ichak kasalliklarida hamda qoini to-zalovchi va ko’paytirunchi dori sifatida istyo’mol kilinadi. Tut daraxti po’stlog’i qaynatmasidan balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi, barg qaynatmasidan esa .haroratni pasaytiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.
Rovoch (4- rasm) - ko’p yillik yovvoyi va madaniylashtirilgan o’simlik Tarkibida antragliko zidlar, organik kislotalar, vita minlar, qandlar, bo’yoq va oshlovchi moddalar bor. Rovoch ildizi va me vasidan tayyorlangan qaynatma isitma, me’da-ichak kasalliklarida ishlatiladi. Rovochning poyasi, barg bandi ishtaha va ko’ngil ochadigan ko’k sifatida ko’klamda istyo’mol qilinadi.
Sedana bir yillik yovvoyi va madaniy dorivor o’simlik o’rug’i tarkibida efir moyi, yog’, melantin va achchiq nigellin glikozidlari bor. Sedana urug’ining damlamasi (0,5-20) tish og’rig’ini qoldiruvchi, gijja haydovchi, uxlatuvchi (bolalar uchuy) dori sifatida hamda me’da, shamollash va tomoq og’rig’i kasalliklarnda ishlatiladi.
Chilonjiyda - yovvoyi va madaniy daraxt. Mevasi va bargi tarkibida kandlar, organik kislotalar, ko’p miqdorda S vitamiii, oshlovchi fla-vonoidlar (rutin, gnperozid, kversi-meritrin), karotin va boshqa modda-lar bor. Chilonjiyda mevasidan tayyorlangan damlama (2-20) ko’krak og’rig’i, astma, yo’tal, chechak, kamqoilik, ich ketish kasalliklarida og’riq qol-dnruvchi dori sifatida ishlatiladi. Chilonjiyda mevasi va bargi qon bosimni pasaytiruvchi, siydik haydovchi ta’sirga ega.
Shirchoy - ko’p yillik yovvoyi o’simlik Shirchoy tarkibida organik krklotalar, vitamiilar, evgenol ajratuvchi glyukozidi (er ostki qismida), oshlovchi va boshqa moddalar bor. Shirchoyning ildiz va ildiepoya-sidan tayyorlangan damlama (1-20) yoki qaynatma turli qon oqishlarii (milkdan, o’pkadan, yo’g’on ichakdan) to’xtatishda hamda (oshqozon-ichak ich ketganda), jigar va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Shotutdorivor mevali daraxt. Mevasi tarkibida qandlar, organik kislotalar, pektin, bo’yoq va boshqa moddalar bor. Shotut mevasi chilonjiyda mevasi bilan birga dizenteriya, difteriya (bo’g’ma) va skarlatrgna (qizilcha) kasalliklariii davolaidda ishlatiladi. Shotut mevasining o’zi asa har ko’tarilganda isitma pasaytiruvchi, chanqoq bosuvchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Og’iz bo’shlig’i yaralanganda shotut mevasi qaynatmasi bilan og’iz chayiladi.
Shuvoq - ko’p yillik yovvvii o’simlik Tarkibida efir moyi, alkaloidlar, yamini, karotin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Shuvoqniig er ustki qismidan tayyorlangan damlama (1,5:30) upka sili, meningit, tutqanoq va nerv kasalliklariii davolashda hamda tug’ish prosessini tezlatuvchi, og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Shuvoqdan tayyorlangan qaynatmada shamollag’an bolalar cho’miltiriladi. Quritilmagan bargiii maydalab, yaichib, yaralarga bog’lanadi.
Yalpiz (5- rasm) - ko’p yillik yovvoyi o’simliklar turkumi. Yalpizning er ustki qismi tarkibida efir moyi, flavonoidlar va boshqa birikmalar bor. Yalpizdan tayyorlanga.ya qaynatma yoki quritilmagan bargdan olingan shnra istiyqo, qo’tir, bod, me’da, sariq, ko’krak og’rig’i, shirincha va bosh-sa kasalliklarni davolashda xa-mda chanqov bosuvchi, balg’am ko’chiruvchi dori sifatida qo’llaniladi.
Qora Andiz - ko’p yillik yovvoyi o’simlik Ildiz va ildizpoyasi tarkibida 1-3% efir moii, 44°/o gacha inulin, laktonlar, kand, 03 miqdorda alkaloidlar hamda saponinlar va boshqa birikmalar bor. Qora andiz ildizi va ildizpoyasidan tayyorlangan damlama (0,5;20) bronxit va nafas yo’llarining boshqa kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi, siydik .saydovchi, isitma tushnruvchi, gijja haydovchi dori sifatida .hamda oshqozon va ichak kasalliklarida ishlatiladi.
Qora Zira-yovvoyi dorivor o’siml.iq Tarkibida efir moylari, yog’, oshlovchi, bo’yoq moddalar, flavonoidlar, smolalar bor. Qora zira mevasidan tayyorlangan damlama yoki kaynatma me’da-ichak kasalliklarini davolashda va el haydovchi hamda surgi dori sifatyada ishlatiladi.
Qoqi - ko’p yillik yovvoyi, sut shirali o’simlik Ildizi tarkibida taraksasin va taraksaserin achchiq glnkozidlari, tarakserol, taraksaste-rol, (3-amirin va boshqa triterpen birikmalari, 24% gacha inulin, 2- 3% gacha kauchuk, yor va boshka moddalar bor. Qoqi ildizi va bargidan tayyorlangan damlama (0,5:20) buyrak kasalligini davolashda hamda o’t va, siydik haydovchi, qonni tozalovchi, ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Farmasevtykada qoqiniig qugoq ekstrakti doritayyorlashda qo’llaniladi. Qoqinnng quritilmagai barg shirssini kamqoilikda, quvvatsizlikda, ko’krak og’riganda hamda surgi dori sifatida iste’mol qilinadi.
|