Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X
Website: econferenceseries.com
62
HOZIRGI KUN TILSHUNOSLIGIDA KONSEPTOLOGIK
TADQIQOTLARNING FAOLLASHUVI
Rasulova
Sanobar Jalalovna
I
. Kаrimov Nomidаgi Toshkent Dаvlаt Texnikа Universiteti
Аmаliy Ingliz Tili Kаfedrаsi Katta O’qituvchisi
Hozirgi kun tilshunosligida konseptologik tadqiqotlarning faollashuvi konsept
tushunchasining tilshunoslarni XVIII asrdan buyon qiziqtirib kelayotgan ijtimoiy
fanlarda mavjud b
o‘lgan til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik
haqidagi doimiy
savolga oydinlik kiritish imkoniyatiga ega ekanligi bilan izohlanadi
(V.A.Bogorodiskiy, M.V.Lomonosov, A.A.Potebnya, V.Gumboldt, E.Benvenist,
E.Sepir,
L.P.Yakubinskiy,
A.X.Vostokov,
F.I.Buslaev,
A.M.Peshkovskiy,
A.A.Shaxmatov va boshqalar). Zamonaviy tilshunoslikda konsept turli fanlar va
y
o‘nalishlar nuqtai nazaridan tadqiq qilinmoqda. Konseptning psixologiya, falsafa,
pedagogika, sotsiologiya va boshqa fan sohalari doirasida keng qamrovli
o‘rganilayotganligi ma’lum, konseptologiya, kulturologiya,
sotsiolingvistika kabi
lisoniy y
o‘nalishlarda konsept muammosi izlanishlar obyektiga aylanib ulgurgan
1
.
Konsept terminiga
o‘zbek tilshunoslari, jumladan, O‘.Yusupov, A.Nurmonov,
Sh.Safarov, N.Maxmudov, D.U.Ashurova, J.A. Yakubov, A.E.Mamatov,
B.R.Mengliev, Z.T.Xolmonova, D.Xudayberganova
kabi qator olimlar ta
’rif
berganlar.
O‘.Q.Yusupov “konseptlar insondagi bilim xazinasidir” deb takidlaydi,
uning fikricha konsept bilan tushunchani aysbergga
o‘xshatish mumkin. Agar
konsept aysberg b
o‘lsa, uning suvdan chiqib turgan qismi tushunchadir
2
.
Sh.Safarovning fikricha, “konsept” tushunchasining o‘ta mavhum hodisa ekanligi,
uning zamiridagi “mental struktura” aniq moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmasdan, balki
aqliy
idrok jarayonida hosil b
o‘ladigan, tasavvurdagi tuzilma ekanligi unga
(konseptga) t
o‘liq javob berishni qiyinlashtiradi, konsept “ko‘p jihatli va ko‘p
1
Воробьев В.В. Лингвокультурология. – Москва: Издательство РУДН, 2008. – C. 340; Красных В.В.
Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. Курс лекций. – Москва: «Гнозис», 2002. – C. 284; Кубрякова
Е. С. Язык и Знание: На пути получении знаний в языке: Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка
в познании мира. – Москва:
Языки славянской культуры, 2004. – C. 560; Тер-Минасова С.Г. Язык и
межкультурная коммуникация. – Москва: Слово, 2000. – C. 624; Алефиренко Н.Ф. Спорные проблемы
семантики. – Москва: Гнозис, 2005. – C. 326
2
Юсупов Ў.Қ. Маъно, тушунча, концепт ва лингвокультурема атамалари ҳусусида. – Тошкент, 2011. –
Б. 49-55.