E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/157
Sana12.02.2024
Hajmi4,42 Mb.
#154851
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   157
Bog'liq
Italy Econference Series Nov 2023 package

 
 
Proceedings of International Educators Conference 
Hosted online from Rome, Italy. 
Date: 25
th
Nov., 2023 
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
89 
juda ko‘p ma’lumotlarni bilib oladilar, bu ma’lumotlarni olishdagi qulayliklarni 
mavjudligi ularga Internetdan foydalanish uchun ancha yengillik tug‘diradi. Bolalar 
shiddatli ravishda turli ijtimoiy tarmoqlar, o‘yinlar va dasturlardan foydalanishni 
o‘zlashtirib olishmoqda. Kompyuterni o‘rgatuvchi onlayn - dasturlari vositasida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maroqli o‘yinlar orqali yozuv va hisoblash asoslarini 
o‘zlashtiradilar, modellashtirish va rasm chizishga o‘rganadilar, mustaqil ishlashga 
odatlanadilar
, shuningdek, tevarak olam haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Mantiqiy o‘yinlar bolalarning fikrini charxlaydi va taassurotlarini rivojlantiradi. 
Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan ko‘plab o‘yinlar kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarga iqtisodiyot, tarix va adabiyotga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Ular 
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga loyiqdir. Internet ta’lim 
tarbiya imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli manbalarga ega, lekin unda ham foydali, 
ham ishonchli bo‘lmagan turli axborotlar ham mavjud. Aynan internetda bola uni 
hayajonga soladigan ko‘plab savollarga javob topishi mumkin, bu savollarni u 
o‘rtoqlari yoki ota-onasi oldiga qo‘yishni xohlashmaydi. Internetda bolalar referat 
va insholardan nusxa ko‘chiradilar, ayrim tushuncha va tarixiy dalillarni 
aniqlaydilar. Lekin, ularning to‘g‘riligi va savodli yozilganligini kim tekshirib 
chiqqan? Bolalar internetda joylashtirilgan narsalarga birdek ishonch bilan 
qaraydilar. Ular internetda bosilibdimi, to‘g‘ri deb o‘ylashadi. Biz o‘qituvchilarning 
vazifasi bolalarga internet qanday ishlashini tushuntirib borishimiz zarur. 
Internetdan referatlar uchun ma’lumotlar, turli sevimli musiqa va qo‘shiqlar, 
bolalarga yoqadigan kitob yoki ko‘p sonli forumlardagi dolzarb masalalar 
muhokamasini topish va o‘zi ham o‘smirlar ushbu munozarada qatnashishi mumkin.
Ta’lim beruvchi kompyuter dasturlar katta hajmdagi o‘quv materiallarini uzatishda 
qulayligi bilan o‘smirlarga o‘quv jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish 
imkonini beradi. Internet bolalarga bilim berish, ko‘ngilli dam oldirish dasturlari 
bilan mulo
qot qilishga o‘rgatishda ajoyib va foydali vosita bo‘lishi zarur. Lekin, 
zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilmasa, internet tarmoqlari bolalar uchun xavfli 
vositaga aylanishi ham mumkin. Internetda o‘zbek xalqining milliy madaniyati va 
mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan ijtimoiy xavfli va agressiv mazmunga ega bo‘lgan 
materiallar ham mavjud. Bola o‘z ruhiy rivojlanishida bir-biridan anchagina farq 
qiluvchi turli bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu holat bolalarning internetga qiziqishida 
ham o‘z ifodasini topadi. Biz o‘qituvchilar bolalar bilan internet xavfsizligi qoidalari 
haqida suhbatlashish jarayonida aynan nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish 
kerakligini,bunda bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini nazarda 



Download 4,42 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   157




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish