|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee serviceBog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Annotatsiya
Ushbu metodik
tavsiyadaboshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish savodxonligini
rivojlantirish to’g’risida fikr yuritilgan. O’quvchilarga ona tili va oʻqish
savodxonligi fanlarida interfaol va qiziqarli metodlar dars berish yo’llari haqida
maʼlumot berilgan.
Kalit so’zlar: Boshlang’ich sinf, o’qish savodxonligi, o’qituvchi, o’quvchi,
pedagogik.
So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan
iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan
o’quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o’qituvchilarning
har tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.Yuqoridagi
talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi
kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan ilg’or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini
anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg’or tajribalarni
o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga
ega.O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk
bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat
ta’lim standarti (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-
biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan
o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga boigan
intilishlariga turtki beril
adi. Shu maqsadda “O’qish kitobi” darsliklariga ona tabiat
atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va
bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-
ma’naviy qadriyatlar, xalqlar
do’stligi va tinchlikkabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga
mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
|
| |