|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee serviceBog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
88
•
Raqamli aloqada muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilimlar
•
Zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari
•
Raqamli muhitda aloqa etikasi va me’yorlariga munosabat
•
Texnologik yangilik
•
Hozirgi texnologik tendensiyalarni bilish
•
Gadjetlar va ilovalar bilan ishlash ko‘nikmalari
•
Texnologik innovatsiyalarning afzalliklari haqidagi qarashlar.
O‘quvchilarni kelajakda kasbiga oid raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarda
ishlay olish qobiliyatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi
1
. Shu
sababdan o‘quvchilar va talablarga fanlar aro aloqadorlikni amalga oshirib kasbga
yo‘naltirish va kasbiy kompetensiyarini rivojlantirish maqsadlarini olib borish zarur
Mamlakatimizda raqamli dunyoda raqamli texnologiyalar bilan ta’lim olish va
ta’lim berish hamda ta’lim tizimini raqamlashtirishda to‘laqonli ishlar amalga
oshirilyapti. Raqamli dunyoda o‘quvchilarni o‘rganish savodxonligini rivojlantirish,
raqamli ta’limda ta’lim olish samarasini oshirish, raqamli ta’lim olish madaniyati va
etikasini shakllantirish, raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish hamda
raqamli ta’limda axborot almashish, muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
davlatimiz va o‘qituvchilarimizdan ma’suliyat talab etadi. Bugungi kunda
mamlakatimizda ta’lim tizimini axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu borada, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari
izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarni joriy etish masalasi
ommalashmoqda. Ta’lim jarayonida o‘quvchi yoshlarni internetdan foydalanishi
o‘quvchilarni o‘quv materialining chuqur o‘zlashtirilishiga keng imkoniyat yaratib
beradi. Vaholanki, bugungi kunda bolalar axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi
har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston axborot infratuzulmasining rivojlanishi, global tarmoqqa kirib borish
imkoniyatining ortishi sharoitida yoshlar va bolalarning Internetdan foydalanish
darajasi tobora o‘sib bormoqda. Bolalar uylarida, Internet kafe va maktabda
internetga kirish imkoniyatiga egalar. Mobil telefon orqali Internetga kirish ham
tobora ommalashib bormoqda. “Global o‘rgimchak to‘ri”dan foydalanuvchilar soni
ortgan sari ularga solinayotgan tahdid ham kuchayib bormoqda. Internet bolalar va
o‘smirlar uchun juda katta imkoniyatlarni ochib beradi, yoshlar undan foydalanib
1
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi https://lex.uz/docs/http://lex.uz/ru/docs/5841063
|
| |