Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 9 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 2023
25
MATEMATIKA TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIKDAN
FOYDALANIB O‘QITISHNI TASHKIL ETISH
Quranboyeva Muxarram Shavkat qizi
CHDPU o‘qituvchi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada matematika o‘qitishda uni
boshqa fanlar bilan aloqasi
;matematika fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
borasida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Elektron jadval,
matematik sistemalar, multimedia,
matematik
modellar, funksional bog‘lanish
Hozirgi zamonda matematik g‘oyalar va metodlar ko‘p fanlarning tadqiqot
jabhalariga jadal kirib bormoqda. Natijada bilimning
yangi sohalariga asos
solinmoqda. Matematika bilimining jadal rivojlanishi natijasida matematik biologiya,
matematik iqtisod, matematik lingvistika kabi fanlar vujudga keldi. Yolg‘iz aniq
fanlargina emas, balki arxeologiya va hattoki tilshunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar
ham ilmiy tadqiqotning matematik usullariga tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda.
Matematikaning xalq xo‘jaligi rejalarini amalga oshirishdagi roli ham nihoyatda katta
[1].
Ayrim fanlarning rivojlanishiga ko‘p hollarda ularning matematika fani bilan
o‘zaro mustahkam sabab bo‘lgan va bo‘lmoqda desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Fanlarning turli yo‘nalishlarida olimlarning tajribada tekshirib bo‘lmaydigan
sohalarida mavhumlikdan chiqishlarida matematik apparatdan foydalanganliklariga
ko‘plab misollar keltirish mumkin.
O‘zbekiston matematiklarining
ehtimollar nazariyasi, matematik statistika,
topologiya,
sonlar nazariyasi,differensial tenglamalar,hisoblash
matematikasi va
matematikaning xalq ho‘jaligida, texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha olib borilayotgan
tadqiqotlar, ayniqsa, katta samara berayotir.
Hozirgi paytda jahon miqiyosidagi matematik
tadqiqotlar va matematik
usullarning texnika va xalq xo‘jaligining tarmoqlarida qo‘llanilishi borgan sari avj
olmoqda. Shu sababli ham umumiy o‘rta ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim
muasasalarida matematika o‘qitilishiga bo‘lgan zamonaviy talabga e’tibor qaratishni
taqozo qilmoqda. Shu bilan birga nima uchun matematika kerak degan va uni o‘rganish
zarurligini sabablarini ta’kidlab o‘tib ketish joizdir:
-firklashni rivojlantiradi;