|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq ERUS-Quranboyeva MuxarramEducational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 9 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 2023
27
teoremasi, kvadrat tenglamalar haqidagi bilimlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Mexanika qonunlarini o‘rganishda grafiklar tahliliga katta e’tibor beriladi.
Predmetlararo aloqadorlikni o‘rnatish tabiiy holda o‘rin egalasada,bir o‘quv
fanidan o‘zlashtirilgan axborotdek boshqa o‘quv fanida foydalanishdangina iborat
emas. Tabiiy fanlar o‘quvchilarda umumiy tushuncha,malaka va ko‘nikmalarni hosil
qilishda xizmat qiladi.
Maktab matematika kursida funksional bog‘lanishlarni o‘rganishga katta o‘rin
berilgan. Fizikani o‘qitish jarayonida funksiyalar haqidagi bilimlardan foydalanish
muhim samara beradi. O‘quvchilar va boshqa qaysi kattaliklar funksiyaligini,bu
funksiyalar grafiklari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini mustaqil aniqlay
oladilar.Buning uchun matematikadan o‘rganilgan bog‘lanishlar va boshqalar ustida
o‘xshash likni aniqlash mumkin [3].
Ma’lumki hozirgi davrda fan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi shunday
tezlikda rivojlanmoqdaki,qisqa davr mobaynida axborot ko‘lami ortib bormoqda.
Bundan pedagog kadrlarni malakasini oshirish institutlarida taxsil olib o‘zlashtirilgan
bilim,ko‘nikma va malakalar o‘qituvchining ixtisosligi bo‘yicha besh- o‘n yil
to‘laqonli kasbiy faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermasligi kelib chiqadi. Ana shu holat
mutaxassisdan muntazam ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganib o‘z bilimini, kasbiy
mahorati va dunyoqarashini kengaytirib borishni talab etadi.
Malaka oshirish kurslarida matematika o‘qituvchilarni kasb mahoratlari bilan bir
qatorda ijobiy shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishda muhim omil hisoblangan mehnat
ta’limi bilan aloqadorlikni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratishni
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:
-umumta’lim va umumkasbiy o‘quv predmetlarida aniq kasbga oid ishlab
chiqarish mazmunidagi masala va misollar yechish;
-fan-texnika va ishlab chiqarish texnologiyalari taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq
holdagi muammolarni hal etishda matematik metodlardan foydalanishga e’tibor
qaratish;
-qishloq xo‘jalik texnikasini o‘rganishda qo‘llaniladigan texnik kattaliklar va
ularning o‘lchov birliklarini o‘rgatish;
-qishloq xo‘jalik mashinasozligi va traktorsozligida ishlatiladigan materiallar
bilan tanishtirish;
-texnik va texnologik tushunchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berish va boshqalar.
Biologiya darslarida ba’zi bir hashorotlarni ko‘payish jarayonini geometrik
progressiya bilan bog‘liq holda tushuntirib o‘tish ham o‘rinli bo‘ladi.
Zamonaviy tabiiy fanlarning muhim xarakterli tomonlaridan biri shundan
iboratki, g‘oyalardan olingan xulosalar nafaqat sifatiy,balki miqdoriy xarakterga ega.
Miqdoriy xulosalar qilishimiz uchun matematik tildan foydalanishimiz kerak.Agar biz
|
| |