• REJA: Hodisalar va ularning turlari.
  • Ehtimollar fazosini qurish
  • Ehtimollik va statistika




    Download 191.82 Kb.
    bet1/5
    Sana23.04.2024
    Hajmi191.82 Kb.
    #205276
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-Mustaqil
    Akusherlik va ginekologiya крил 200, 1-4 sinf.Test to\'plam, 5-ГРАФЛАР УСТИДА АМАЛЛАР, 2 5334724864852890905.docxFG, Amaliy ish 3, 10lab, 3-МАВЗУ Mehnatning fiziologik va gigienik asoslari, курсовая Методика и анализ произведений различных жанров на уроках литературы (1), Amaliy ish 1, 1-Mustaqil, 2-Mustaqil

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
    EHTIMOLLIK VA STATISTIKA” FANIDAN


    1-Mustaqil ish
    BAJARDI: 2-KURS DI-11-22 GURUH TALABASI
    BOBOQULOV B

    QABUL QILDI: SOIPNAZAROV J


    QARSHI 2024

    REJA:

    1. Hodisalar va ularning turlari.

    2. Hodisalar algebrasi va sigmaalgebrasi.

    3. Joylashtirishning umumlashgan sxemasi (takrorlanuvchi tanlanma).

    4. Joylashtirishning umumlashgan sxemasi (takrorlanmaydigan tanlanma).

    5. Ehtimollikning turli ta’riflari va ular orasidagi farq.

    6. Ehtimollar fazosini qurish

    7. Ehtimolliklarni qo’shish va ko’paytirish teoremalari.

    8. Bog’liqsiz hodisalar

    9. Aprior va aposterior hodisalar, ularning ehtimolliklarini hisoblash.

    10. Bog’liqsiz tajribalar ketma-ketligi.



    1.Hodisalar va ularning turlari.




    1-ta’rif. Hodisa deb, ma’lum bir shartlar bajarilishi natijasida ro‘y bergan voqeaga aytiladi.
    2-ta’rif. Hodisa bilan bog‘liq bo‘lib, uning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan barcha kompleks shartlarga sinash yoki tajriba deyiladi.
    Masalan: 1) bir turdagi asboblarning sifatini tekshirish sinash hisoblanadi. Tekshirish natijasida kuzatilgan yaroqsiz yoki yaroqli asboblar hodisani tashkil qiladi; 2) lotoreyada yutuq chiqishini tekshirish-sinash, yutuq chiqishi yoki chiqmasligi esa, hodisa bo‘ladi; 3) tangani tashlash-sinash, yozuvli tomon yoki gerb tomoni tushishi hodisadir.
    Hodisani sinash natijasi deb qaraymiz.
    1-misol. Mergan to‘rtta sohaga ajratilgan nishonga qarata o‘q uzadi. O‘q uzilishi-bu sinash. Nishonning tayin sohasiga o‘q tegishi hodisa.
    2-misol. Yashikda rangli sharlar bor. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olinadi. Yashikdan shar olinishi sinash hisoblanadi. Rangli shar chiqishi esa, hodisa.
    Hodisalar 3 turga bo‘linadi: 1) muqarrar (ishonchli) hodisalar; 2) mumkin bo’lmagan (ishonchsiz) hodisalar; 3) tasodifiy hodisalar.

    Download 191.82 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 191.82 Kb.