• Chuchuk suv muammosi
  • Ozon qatlamining siyraklanishi




    Download 38,43 Mb.
    bet2/7
    Sana20.06.2024
    Hajmi38,43 Mb.
    #264706
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ekologiya mustaqil ish

    Ozon qatlamining siyraklanishi:
  • Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bo`lib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.
    • Chuchuk suv muammosi:
    • Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg'oqchil zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.
    • 1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Amudaryo, Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi.
    • Bu ko’rsatgich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga har xil YYYerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaxarli kimyoviy moddalar guruhiga begona o'tlar, zararkunanda hashoratlar, o’simliklarda kasalliklarni keltirib chiqamvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi.
    • Pestitsidlardan qishloq xo'jaligida urmonchiliklarda, aviatsiadan foydalanish keng ko'lamda atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi shuningdek suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xavfli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga, qo'shilib ketmoqda. Ular tuproq va suvlardan o’simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon keltiradi.
    • Pestitsidlarning zaharli ta'sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.
    • 1 . Hayvon va odamlarga ta'sirini susaytirish.
    • 2. Tuproq va suvlarda to'planishining oldini olish.
    • 3. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.
    • 4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.
    • 5. O’simliklarni biologik himoya qilish.
    • 6. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.
    • O'simliklar dunyosi, ayniqsa yer yuzidagi hayotni ta'minlashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta. Aholi sonining ortishi xo'jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson qo'li tegmagan oyi qolmayapti. O’simliklar va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni to'g"ri yo'lga qo'yish,shuningdek ko’rikxonalar,zakazniklar,milliy bog'lar, botanika bog'lari va qizil kitoblar o'simliklar va hayvonlar turlarini saqlashda katta ro`l o'ynaydi. Cho'llanish jarayoni:
    • Yer kurrasi quruqligining 40 mln km.kv maydoni qurg'oqchilik mintaqasi bo`lib, dunyo aholisining 15% dan ortig'i ushbu hududga mujassamlashgan qishloq xo'jaligining tezkor rivojlanishi, sug'oriladigan yerlar va yaylovlardan noto'g`ri foydalanish oqibatida, o'rmonlarning betartib kesilishi natijasida cho'llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson ta'sirida vujudga kelgan cho'llar 9,1 mln. km. kv.ga etdi. Hozir sayyoramizda yiliga 6 mln.ga yer cho'lga aylanmoqda.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 38,43 Mb.