|
Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar
|
bet | 3/7 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 38,43 Mb. | | #264706 |
Bog'liq ekologiya mustaqil ishMintaqaviy (regional) ekologik muammolar. - Yer yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqalari natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik muammolar deb ataladi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarning kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi.
- Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi.
- Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1 km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2 marta ortgan.
- Bolalar o'limi har tug'ilayotgan 1000ta chaqaloqdan 45-90 taga to`g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog`liq.
- Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim.
- Qurg’oqchil mintaqalarda daryolardan to'liq foydalanilganda ularning suvi etmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday xolat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi.
- Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko'rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 % ni, ba'zi rivojlangan mamlakatlarda 30 % ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga xar xil erigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.
- Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaxarli moddalar guruxi begona o'tlar, zararkunanda xasharotlar va boshqa xayvonlar, o'simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq xo'jaligida, o'rmonchilikda, aviatsiya yordamida sepish keng ko'lamda atrof-muxitni ifloslanishiga olib keladi. Xar yili dunyo bo'yicha xosildorlikni oshirish maqsadida 131 mln tonna mineral o'g’it va qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish uchun 1 mln tonna pestitsidlar ishlatiladi.
- Yaqin yillargacha O'zbekiston xududida agrolandshaftlarning xar bir gektariga ishlatiladigan pestitsidlarning o'rtacha miqdori 54 kg atrofida bo'lgan. Bu ko'rsatkich Rossiyada 1-2 kg ni, AQSh da 2-3 kg ni tashkil etgan. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi, shuningdek, suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xafvli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga qo'shilib, tuproqdan va suvdan o'simliklarga, undan xayvonlarga va qushlarga nixoyat oziq va suv bilan odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlarning tirik tabiatda va odamga ko'rsatayotgan zarari jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muxit omillariga nisbatan barqaror moddalar xisoblanadi.
- Tirik tabiatdagi o'simlik va xayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Er yuzidagi xayotni ta'minlashda o'simliklar dunyosi, ayniqsa, o'rmonlarning axamiyati beqiyosdir. Xozirgi vaqtda er yuzi quruqligining 25 % ni o'rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq xozirgi kunda o'rmonlarning xolatini yaxshi deb bo'lmaydi. Chunki, xar yili 3 mlrd m3 xajmda o'rmonlar qirqilmoqda. FAO ma'lumotlariga ko'ra bu ko'rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.
- Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o'rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U erlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo'lgan o'rmonlarning yarmidan ko'pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o'rmonlar vayron bo'lgan, atiga yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo'ldi
- Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.)
- Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati, yerlarni sug'orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi.
|
| |