• E’tiboringiz uchun rahmat
  • Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar




    Download 60,18 Kb.
    bet8/15
    Sana14.05.2024
    Hajmi60,18 Kb.
    #232058
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish. Ekologiya va xalqar-fayllar.org

    Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar
    • Biosfera erning yupqa qobig‘i bo‘lishiga qaramasdan, unda organizmlar juda notekis tarqalgan. Atmosferaning yuqori, gidrosfera va litosferaning chuqur qatlamlarida organizmlar juda kam. Ular asosan gidrosfera va litosferaning yuza qatlamlarida, atmosferaning Er sirtiga yaqin quyi qatlamlarida ko‘p uchraydi.


    • Biosferadagi tirik organizmlar umumiy biomassasi 2,43 x 1012 t ni tashkil etadi. Quruqlikda yashovchi organizmlar biomassasining 99,2 % ini yashil o‘simliklar, 0,8 % ini hayvonlar va mikroorganizmlar tashkil etadi. Okeanda, aksincha o‘simliklar umumiy biomassaning 6,3 %, ini hayvonlar va mikroorganizmlar 93,7 % ini tashkil etadi. Hayot asosan quruqlikda tarqalgan. Okean biomassasi barcha tirik organizmlar umumiy biomassaning 0,13 % ini tashkil etadi.




    O‘simliklar biosferadagi turlar sonining 21% ini tashkil etadi. Lekin ular umumiy biomassaning 99% ini hosil qiladi. Hayvonlardan 96% i umurtqasizlar, 4% i umurtqalilar hisoblanadi. SHunday qilib, evolyusion rivojlanishning eng quyi tabaqasida turgan hayvonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tirik organizmlar biomassa biosfera notirik moddasi massasining 0,01-0,02 % ini tashkil etadi. Lekin shunga qaramasdan tirik organizmlar er yuzasidagi geokimyoviy jarayonlarda asosiy o‘rin tutadi. Organizmlar moddalar va energiya almashinuvi uchun zarur bo‘lgan moddalarni atrof muhitdan oladi. Juda katta miqdorda tirik materiya hosil bo‘lib, oziq zanjirida qayta o‘zgaradi, chirib parchalanadi. O‘simlik va hayvonlarning hayot faoliyati tufayli Er biomassasining 10% har yili qayta hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar hosil qiladigan bir yillik mahsulot quruq organik moddalar hisobidan 232,5 mlrd tonnani tashkil etadi. Buning uchun ular organizmida kechadigan jarayonlar uchun 46 mlrd tonna karbon, 68x109 tonna suv, 6x109 tonna azot, 2x109 tonna fosfor, shuningdek kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir va boshqa elementlar jalb qilinadi.
    E’tiboringiz uchun rahmat


    Download 60,18 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 60,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biosferaning tirik moddasi (tirik organizmlar

    Download 60,18 Kb.