• Biosfera – Yer geologik qobig‘ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar tarqalgan qismi. Biosfera chegaralari Yer planetasida tirik
  • Topshiriq Biosfera va uni muhofaza qilish




    Download 60,18 Kb.
    bet6/15
    Sana14.05.2024
    Hajmi60,18 Kb.
    #232058
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish. Ekologiya va xalqar-fayllar.org

    Topshiriq


    Biosfera va uni muhofaza qilish
    Reja:
    1. Biosfera, uning tarkibi va xossalari
    2.Tirik modda. Biogen modda.
    3. Biokos modda. Atmosfera.
    Gidrosfera. Litosfera
    4. Biosfera va uni muhafaza qilish.
    Biosfera (grekcha bios-hayot va sfera-shar)- Yerning tirik organizmlar tarqalgan tirik qobig‘i. Biosfera to‘g‘risida ta’limotni rus olimi V.I. Vernadskiy yaratgan. Biosfera faqat tirik organizmlarni emas, balki ular yashaydigan muhitni ham o‘z ichiga oladi. SHuning uchun biosferani barcha ekosistemalar, ya’ni biogeotsenozlar majmui deyish mumkin. Biogeotsenozlar biosferaning elementar tarkibi hisoblanadi
    Biosfera tarkibi. Biosfera tirik modda, biogen modda va biokos moddadan tashkil topgan. Biosferaning tirik moddasini barcha tirik organizmlar (o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar), biogen moddasini tirik organizmlar hosil qilgan mahsulotlar, (torf, neft, toshko‘mir, marmar), biokos moddasini atmosfera, litosfera va gidrosferaning moddalar va energiya almashinuvi orqali tirik organizmlar bilan bog‘langan qismi tashkil etadi.

    gazsimon atmosfera


    suyuq gidrosfera
    qattiq jinslardan tashkil topgan litosfera o‘rab turadi
    Planetamizni uchta geologik qobiq

    Biosfera – Yer geologik qobig‘ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar tarqalgan qismi.
    Biosfera chegaralari
    Yer planetasida tirik
    organizmlar tarqalgan
    chegara biosfera
    chegarasi
    hisoblanadi.
    Yer yuzidan tahminan 20 km balandlikdagi azon qavati hisoblanadi. Ozon qavati quyoshdan kelayotgan er yuzidagi tirik organizmlar uchun juda xavfli bo‘lgan qisqa to‘lqinli uzun ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Tirik organizmlar atmosferaning yer yuzasi-litosferaga yaqin qismida ko‘p va xilma-xil bo‘ladi.

    Gidrosferada tirik organizmlar barcha chuchuk va sho‘r suvli havzalarda tarqalgan. Dunyo okeanining 10-11 km chuqurligida ham ayrim hayvonlar yashaydi. Lekin tirik organizmlar sayoz, yaxshi isiydigan suvlarda, dengizlar suvining yuza qismida, qirg‘oqqa yaqin joylarda xilma-xil bo‘ladi.


    Biosferaning biokos moddasi gazsimon suyuq va qattiq jinslar - tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan jinslardan iborat.

    Litosferada hayot izlari Er yuzasidan 3,5-7,5 km chuqurlikkacha tarqalgan. Lekin tirik organizmlar erning bir necha metrgacha bo‘lgan yuza qismi tuproqda xilma-xil va ko‘p bo‘ladi. Litosferadagi hayot chegarasi erning chuqur qatlamlaridagi yuqori harorat bilan belgilanadi




    Atmosfera
    Yerning gazsimon qobig‘i, tarkibi asosan azot (78,09), kislorod (20,45%), oz miqdorda argon (0,93%), karbonat angidrid (0,3%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo‘lib turadigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Erda sodir bo‘lib turadigan biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angidridining ta’siri ayniqsa katta.
    Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va yonish jarayonlarida ishtirok etadi va atmosferaning yuqori qatlamida ozon ekrani hosil qilib, planetamizda tirik organizmlarni kosmik nurlardan himoya qiladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez orqali organik moddalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Kislorod o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid, azot va suv bug‘lari ko‘p miqdorda vulqonlar otilishi jarayonida atmosferaga ajralib chiqadi. Karbonat angidrid azot, va suv tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan moddalar aylanishi hamda tabiatda chirish va yonish jarayonida ham hosil bo‘ladi.

    Download 60,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 60,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Topshiriq Biosfera va uni muhofaza qilish

    Download 60,18 Kb.