|
Экология” фанидан
|
bet | 4/10 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 64,27 Kb. | | #253739 |
Bog'liq ekologiyaKislorodning atmosferadagi miqdori 120 trillion tonnaga teng. Odam organizmining 65% ni kislorod tashkil qiladi. Kislorodning paydo bo‘lishi erda yashil o‘simliklarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kattayu-kichik yashil o‘simliklar, shu jumladan mikroskopik yashil suv o‘tlari ham fotosintez jarayonida kislorod ajratib chiqaradi. Havoda kislorodning bo‘lishi nafas olish, chirish va yonish jarayonlarining zaruriy shartidir. Moddalarning kislorod bilan birlashuvi oksidlanish reaksiyasi deyiladi. Hujayradagi oziq moddalarining kislorod bilan oksidlanishi natijasida organizmning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan energiya ajraladi. Binobarin bu energiyasiz tirik organizm yashayolmaydi. Inson va hayvonlar nafas bilan kislorodni olib, karbonat angidridini chiqaradilar; o‘simliklar esa oziqlanish jarayonida karbonat angidridini parchalab, kislorod ajratib chiqaradilar. Bundan tashqari o‘simliklar ham nafas oladilar. Bu jarayonda ular ham, barcha tirik organizmlar singari, kislorodni olib, karbonat angidridini chiqaradilar.
Erkin kislorodning yagona manbai fotosintez jarayonidir. Chirish, nafas olish, karbonatlar hosil bo‘lib turishi sababli atmosferada kislorod balansi, asosan, o‘zgarmaydi. Lekin jamiyatning rivojlanishi, texnika vositalarining ko‘payishi va takomillashishi uning balansiga ma’lum miqdorda ta’sir o‘tkazmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra keyingi yuz yil davomida Yer yuzidagi o‘rmonlarning uchdan ikki qismi kesilib ketdi, okean suvlarining ifloslanishi oqibatida undagi yashil suv o‘tlarining nobud bo‘lishi hodisalari ko‘paydi. Holbuki atmosferaga chiqariladigan kislorodning teng yarmini ana shu suv o‘tlari, qolgan yarmini o‘rmonlar va o‘t-o‘lanlar ishlab chiqaradi. Masalaning ikkinchi tomoni – kislorod sarfining oshganligida. YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra atmosferadagi kislorod zaxirasi 48 mlrd. odamning hayoti uchun yetarli. Lekin sanoat va transportning o‘sishi kislorod sarfini tobora ko‘paytirmoqda. Yengil avtomobil’ ming km yurganida bir kishining bir yilda oladigan kislorodini kuydiradi. Samolyot bir soat uchganida 180 ming kishining bir soatda oladigan kislorodini kuydiradi. Hozirgi kunda dunyodagi mavjud avtomobillar soni yarim milliardga etgan bo‘lib, ular yilida 1,5 mlrd. odamning hayotiga etadigan miqdordagi kislorodni kuydiradi. F.F. Davitaya (1972) ma’lumotiga ko‘ra kishilik jamiyati tarixida yonish jarayoniga jami 273 mlrd. tonna kislorod sarflangan bo‘lsa, shundan 246 mlrd. tonnasi 1920 - 1969 yillar davomidagi yarim asrga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi vaqtda havodagi jami kislorodning 23% nafas olish jarayoniga, undan 15 baravar ko‘pi esa texnosfera ehtiyojlariga sarflanayapti.
Yuqoridagi keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, keyingi paytlarda kislorod hosil bo‘lishi va sarflanishi o‘rtasidagi muvozanat buzilgan bo‘lib, uning sarfi hosil bo‘lishidan ko‘ra tezlashgan. Kishilik jamiyatining faoliyati davomida Yer yuzida kislorod zaxirasi 273 mlrd. tonna (0,02%) ga kamaydi. Bu ko‘rsatkich, garchi katta bo‘lmasada, lekin insonni o‘zining kelajagi uchun ehtiyotkorlikka chorlaydi.
|
| |