|
Atmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati
|
bet | 2/10 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 64,27 Kb. | | #253739 |
Bog'liq ekologiyaAtmosferaning Yerdagi hayot uchun ahamiyati. Atmosferaning tirik tabiat uchun ahamiyati beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashay olsa, u havosiz bir necha daqiqagina, atmosferaning himoyasisiz esa faqat bir necha soniyagina yashay oladi, xolos. Shuning uchun ham xalq orasida juda zarur bo‘lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2l suv va 12 kg havo zarur. Bu havo tarkibida 500 l kislorod mavjud.
Atmosferaning tarkibida suv bug‘lari va turli xildagi tabiiy chang zarralari mavjud-ki, bular yerdagi hayot uchun muhim himoya vositasidirlar. Ularning asosiy qismi yer yuzasidan ko‘tariladi. Chang zarralari shuningdek fazoviy jismlardan ham ajraladi. Mutaxassislarning fikricha, havoga fazoviy jismlardan kelib qo‘shiladigan tabiiy chang zarralarining yillik miqdori 1 mlrd. tonnadan ortiq. Agar bu chang zarralari o‘z atrofiga suv bug‘larini kondensatsiyalamaganida Yerdagi o‘rtacha yillik harorat – 230C bo‘lar (hozir bu ko‘rsatkich +150C ga yaqin), Erning sirti quyosh nuridan kunduzi 1000C gacha qizib ketar, tunda esa fazoviy jismlar haroratidan 1000C gacha sovib ketar edi. Keyingi tadqiqotlar ko‘rsatishcha, haroratning sutkalik o‘zgarishi Oyda 150-2000C, Venera sayyorasida esa 5000C ni tashkil qiladi.
Atmosferaning tuzilishi. Atmosfera quyidagi asosiy qatlamlardan iborat:
1) troposfera — atmosferaning Erga bevosita tegib turgan pastki qatlami bo‘lib, uning yer yuzidan balandligi qutblarda 10 km, ekvatorda 18 km gacha. Troposferaning asosiy xususiyati shundaki, atmosfera havosi umumiy massasining 80-90%, havodagi suv bug‘lari va chang zarralarining asosiy qismi shu qatlamda joylashgan bo‘lib, barcha hayot jarayonlari shu qatlamda kechadi.
stratosfera — troposferaning yuqorisida joylashgan bo‘lib, atmosferaning 18-80 km oralig‘idagi bo‘shliqni egallaydi. Stratosferaning yerdagi tiriklik uchun ahamiyatli tomoni shundaki, atmosferadagi ozon gazi shu qatlamda biosferani zararli Quyosh energiyasidan himoya qiluvchi «ozon ekrani»ni paydo qilgan.
ionosfera — bunga atmosferaning yerdan 80 km dan yuqori qatlami kiradi. Bu qatlamning ionosfera deyilishiga sabab, quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha va boshqa fazoviy nurlarning birgalikdagi kuchli ta’siridan bu qatlamda mavjud bo‘lgan siyrak havo zarralari ionlarga parchalangan.
Ionsfera ikkita kichik qatlamdan tashkil topgan:
termosfera (80 - 1000 km oralig‘ida)
ekzosfera (1000 - 3000 km oralig‘ida)
Termosferada havoning harorati juda yuqori bo‘lib, yerdan uzoqlashgan sari harorat tobora ko‘tarilaveradi. Uning eng yuqori chegarasida kinetik harorat +1000-20000C gacha ko‘tariladi. Holbuki, undan pastki qatlam —stratosferada buning aksi bo‘lib, uning yuqori chegarasida harorat – 75 - 900C gacha pasayadi. Atmosferaning bir-biriga bevosita chegaradosh bu ikkala havo qatlami haroratidagi bunday qarama-qarshilik havo zarralarini keskin harakatga keltirib, tezligi sekundiga 11,2 km gacha etadigan kuchli havo oqimi paydo bo‘lishiga va shu asnoda Yer yuzida shamol va to‘fonlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
|
| |