Экология” фанидан




Download 64,27 Kb.
bet8/10
Sana25.05.2024
Hajmi64,27 Kb.
#253739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ekologiya

Fizikaviy ifloslanish. Fizikaviy ifloslanish muhit parametrlarining fizikaviy omillar: shovqin, radiatsion nurlanishlar, issiqlik, elektromagnit to‘lqinlari va ortiqcha quyosh radiatsiyasi ta’sirida o‘zgarishdan kelib chiqadi.
Shovqin — tovush to‘lqinlaridan iborat bo‘lib, uning past darajasi organizm uchun zarur. Daraxt barglarining shildirab turishi, past tovushdagi musiqa va shu singari chastotasi 400-500 Gs atrofida bo‘lgan boshqa yoqimli tovushlar ta’sirida nafaqat insonlar, balkim o‘simliklar organizmi ham yaxshi rivojlanadi. Kaliforniya olimi Avraam Gol’dshteyn tadqiqotlariga ko‘ra yoqimli musiqa tovushidan organizmda xursandchilik gormoni hisoblangan endorfin ajraladi. Ammo shovqinning me’yordan oshishi organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, unda tez charchab qolish, aqliy faoliyatining sustlashishi, ish qobiliyatining pasayishi, yurak-qon tomir va asab kasalliklarining kuchayishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Tirik organizmga ayniqsa yuqori chastotali (8000 Gs dan ortiq) shovqin jiddiy zarar etkazadi. Tekshirishlar ko‘rsatishicha yirik shaharlarning shovqini inson umrini 8-12 yilgacha qisqartiradi. Qadimgi Xitoyda ilgari zamonlarda xudoga itoat qilmagani uchun qo‘ng‘iroqlar shovqini vositasida qatl qilish tartibi joriy qilingan.
Shovqinning zarar bermaydigan darajadagi yuqori nuqtasi 85 dB ga teng. Uning davomli ta’siri 90-100 dB ga etganda eshitish qobiliyati susayadi, asab yomonlashadi, yurak-qon tomiri xastaliklari kelib chiqadi va qalqonsimon bez kasallanadi. Bunday ta’sir kuchi 110 dB dan oshganda odamda «shovqin mastligi» holati paydo bo‘ladi, gavda to‘qimalari parchalanaboshlaydi, 115-130 dB shovqinda quloq pardalari og‘riydi. Shovqin kuchi 150 dB ga etganda esa odam kar bo‘ladi. Texnik sivilizasiya rivojlangan XX asrga Lui Paster «shovqin o‘lati asri», deb ta’rif bergan edi.
Muhitni fizikaviy ifloslovchi omillardan biri elektromagnit to‘lqinlaridir. Ularning uzunligi 10-14 m dan bir necha kilometrgacha cho‘ziladi. To‘lqinlar uzunligiga ko‘ra elektromagnitning gamma va rentgen nurlari, ultrabinafsha va infraqizil nurlar, mikroto‘lqinli nurlar va radionurlanishlar kabi turlari mavjud.
Elektromagnit maydoni tabiiy va sun’iy manbalardan paydo bo‘ladi. Tabiiy manbalarga Erning elektromagnit maydoni, radioto‘lqinlarning fazoviy manbalari (Quyosh va yulduzlar), Yer atmosferasidagi ba’zi jarayonlar (chaqmoq chaqishi, ionosferadagi havo tebranishlari) kiradi. Sun’iy manbalar ikki turga bo‘linadi:
▪ elektromagnit energiyasini nurlantirishga mo‘ljallangan maxsus qurilmalar. Bularga radio va televideniya to‘lqinlarini uzatish qurilmalari, radiolokasion qurilmalar, fizioterapevtik asboblarni misol qilish mumkin;
▪ elektromagnit energiyasini nurlantirishga mo‘ljallanmagan qurilma­lar. Bularga elektr uzatish simlari, transformator podstansiyalari va uy-ro‘zg‘or elektr jihozlarini misol qilish mumkin. Hozirgi zamonda bunday manbalar qatoriga televizor, komp’yuter, mobil telefonlar va shunga o’xshashlar qo‘shildiki, ulardan muntazam foydalanish insonlarda elektromagnit nurlanishni yanada kuchaytirmoqda. Uyali telefondan chiqadigan nurlanishning to‘lqin uzunligi odam kallasidan ozgina katta bo‘lib, telefonni ishlatish jarayonida bunday nurlanish bosh miyani o‘rab oladi va asta-sekin undagi bioelektrik faollikni buzadi. Oqibatda bosh miyaning telefon tegib turadigan qismida rak o‘smasi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holat ayniqsa telefondan avtomashina ichida foydalanuvchilarda ko‘p uchraydi, negaki, mashinaning metall korpusi yutiladigan nurlanishni kuchaytiruvchi rezonator vazifasini o‘taydi.
Muhitning radiatsion ifloslanishi genlar mutasiyasini, kataraktani, suyak rak kasalliklarini, o’pka, qalqonsimon bez va sut bezlari kasallik-larini keltirib chiqaradi.

Download 64,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 64,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Экология” фанидан

Download 64,27 Kb.