• Atmosferaning gaz balansa.
  • Atmosferaning gazlar tarkibi




    Download 64,27 Kb.
    bet3/10
    Sana25.05.2024
    Hajmi64,27 Kb.
    #253739
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ekologiya

    2. Atmosferaning gazlar tarkibi
    Atmosferaning troposfera qatlamidagi havo tarkibi 78,08% azot, 20,95% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angidrididan tashkil topgan. Qolgan 0,001% ni inert gazlar — geliy, neon, kripton, ksenon, rodon va boshqalar tashkil qiladi. Mana shunday nisbatdagi gazlar tabiiy havo hisoblanib, inson organizmi unga evolyutsion taraqqiyot davomida adaptasiya olgan.
    Yer yuzidan atmosferaga ko‘tariladigan suv bug‘ining yillik miqdori 518600 km/kub bo‘lib, uning 86% (447900 km/kub) dengiz va okeanlar sathidan, qolgan 14% (70700 km/kub) quruqlik yuzasidan bug‘lanadi. Atmosferaga ko‘tariladigan suv bug‘ining miqdori shunchalik ko‘pki, oddiy qilib aytganda, bu suv bilan Yer sharini 10 m qalinlikda qoplash mumkin bo‘ladi. Suv bug‘iga qo‘shilib havoga unda erigan tuzlar ham ko‘tariladi. Havoga ko‘tariladigan chang tarkibida ham tuzlar, bakteriyalar, achitqi zamburug‘lari, o‘simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘lgan boshqa organik moddalar mavjud.
    Atmosferaning gaz balansa. Atmosferaning asosiy tarkibiy qismlari hisoblangan azot bilan kislorod o‘rtasidagi nisbat, asosan, o‘zgarmasdir. Lekin karbonat angidridi, ozon va suv bug‘lari miqdori mintaqaviy va davriy ravishda o‘zgarib turadi.
    Azot atmosferada erkin holda bo‘lib, uning umumiy massasi 400 trillion tonnaga teng, ya’ni u havo tarkibining 3/4 qismini tashkil qiladi.
    Bundan tashqari azot tuproqda mikroorganizmlarning faoliyati natijasida o‘simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi jarayonida ham hosil bo‘ladi. Azot, garchi lotincha «hayotsiz» degan tarjimani bersada, u aslida tiriklikning poydevori hisoblanadi, chunki u oqsil va nuklein kislotalarining asosini tashkil qiladi. Atmosferadagi erkin azot kislorodning oksidlash jarayonini tezlashtiradi va bu bilan u biologik jarayonlarning amalga oshishida faol qatnashadi. Moddalarning biologik aylanib yurishi jarayonida bu gazning tabiiy muvozanati tiklanib turadi. Lekin keyingi yillarda kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish maqsadida atmosferadagi erkin azotdan tobora ko‘p foydalanilmoqda. 1960-61 yillarda bu maqsad uchun atmosferadan 13,6 mln. tonna azot ajratib olingan bo‘lsa, 1970-71 yillarda bu miqdor 39 mln. tonnaga etdi. Havodagi azot gazi o‘zlashtirilishining bunday sur’atlar bilan davom etishi natijasida kelajakda uning sanoatdagi sarfi miqdori bakteriyalar faoliyatidan ajralib chiqadigan miqdordan oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida biologik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan oksidlanishni sekinlashtirishi mumkin.

    Download 64,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 64,27 Kb.