• Ozon qatlamining emirilish sxemasi
  • Экология” фанидан




    Download 64,27 Kb.
    bet6/10
    Sana25.05.2024
    Hajmi64,27 Kb.
    #253739
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ekologiya

    Ozon qatlami muammolari. Ozon qatlamini tabiiy holatda saqlab qolish hozirgi kunning muhim ekologik vazifalaridan biridir. Uning himoya funksiyasi yuqorida bayon qilindi. Ozon qatlamining yupqalashishida tabiiy va sun’iy manbalarning hissasi bor. Tabiiy manba sifatida tuproqdagi nitrobakteriyalarning faoliyatidan havoga ajralib chiqadigan azot gazini keltirish mumkin. Ammo bu gazning ulushi deyarli sezilarli emas. Unga jiddiy ta’sir qiladigan omil – atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ba’zi texnogen moddalardir. Ayniqsa havoga texnik vositalardan tashlanadigan xlor va azot oksidlari ozonni parchalab, uning kamayishiga, ozon pardasining siyraklashishiga sabab bo‘lmoqda. Ozon qatlamiga
    tushgan azot oksidining bitta molekulasi 10 ta ozon molekulasini, xlorning bitta molekulasi esa 100 mingta ozon molekulasini parchalaydi. Ozonning parchalanishiga reaktiv samolyotlar va kosmik raketalarning uchirilishi hamda yadro qurolining portlatilishidan hosil bo‘lgan texnogen moddalarining ulushi ko‘proq. Reaktiv samolyotlarning uchish balandligi atmosferada ozonning eng ko‘p joylashgan qavatiga to‘g‘ri keladi. Reaktiv samolyot va kosmik raketalarning dvigatelidan chiqadigan yuqori harorat havodagi erkin azotni kislorod bilan bog‘lab, azot III oksidi (N2O3) ni hosil qiladi. Paydo bo‘lgan bu hosila ozon molekulasini parchalaydi. Azot III oksidi, shuningdek, elektr stansiyalarining tashlama gazlarida ham uchraydi. Ma’lumki, reaktiv samolyot uchishida uning turbinasidan havoga katta miqdorda suv bug‘i chiqariladi. Chiqarilgan bug‘ ozon molekulasi bilan birikib, uni parchalaydi va o‘zi dastavval gidrooksil (ON)ga aylanib, keyin yana suv holatiga qaytadi.
    Ozon molekulalarining parchalanishida kosmik raketa uchirilishidan havoga chiqadigan xlorning alohida o‘rni bor. Masalan, AQSh tomonidan uchiriladigan «Shattl»ning chelnogida qattiq yoqilg‘i yonishidan u har bir uchishda
    50 km balandlikka ko‘tarilguncha havoga 187 t xlor va xlor birikmalari hamda 7 t azot oksidlari tashlaydi. Tashlangan bu miqdor 10 mln. t ozonni


    XFU molekulasi


    UB – radiatsiyasi
    1. Atmosferaning yuqori qatlamida xlor
    quyosh radiatsiyasi ta’sirida XFU
    molekulasidan ajraladi
    Xlor atomi 5.Ajralib chiqqan xlor
    atomi ozonni pachalaydi Ozon molekulasi
    Xlor atomi
    4.Hosil bo‘lgan kislorodning erkin 2. Ajralgan xlor atomi ozon moleku-
    atomi xlor monooksidi bilan reaksiyaga lasiga hujum qilib, uni parchalaydi
    kirishib, xlor atomini ajratib chiqaradi
    va kislorod molekulasini hosil qiladi Xlor monooksidi
    Kislorod atomi
    Kislorod molekulasi
    3.Natijada kislorod va xlor molekulalari
    hosil bo‘ladi
    9 - chizma. Ozon qatlamining emirilish sxemasi (V.V.Mavrishev bo‘yicha)

    parchalashga etadi. «Energiya» tizimidagi rus raketasida esa yoqilg‘i sifatida vodorod va kisloroddan foydalaniladi va shuning uchun ham u «Shattl»ga qaraganda ozon uchun 7 ming marta kam xavfli hisoblanadi.


    Ozon qatlamining holatiga yadro qurolining portlatilishi kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yadro portlashida 6000oS gacha issiqlik va kuchli nurlanish ajraladi. Havoning bunday qizishi va nurlanish undagi turli gazlarning molekulalarini ionlarga parchalab, azot oksidini, bu esa, o‘z navbatida, boshqa gazlar ionlari bilan birikib, azotning turli oksidlarini hosil qiladi.
    Ozon molekulalarining parchalanishida bundan tashqari sovutgich texnikasida ishlatiladigan xlorftoruglerod birikmalari (XFU) ya’ni freon* moddasining ham jiddiy ta’siri bor. Freon yengil uchuvchan modda bo‘lib, havoga tez ko‘tariladi va ultrabinafsha nurlari ta’sirida parchalanib, undan xlorning aktiv atomlari ajralib chiqadi. Ajralgan bu atomlar yuqoridagi chizmada keltirilgan tartibda ozon molekulalarini parchalaydi. Ammo ko‘pchilik mutaxassislarning bu to‘g‘ridagi fikrlariga qaramay 2000 yilning avgust oyida ingliz olimlari Xyuptt va Levi Si-en-en telekompaniyasidan chiqish qilib, freon ozon pardasiga etib bormay, havoda tez parchalanib ketishini isbotlashga harakat qildilar.
    Ozon qatlamini tabiiy holda saqlab qolish borasida xalqaro miqyosda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Hozirgi kunda «Shattl» ning chelnogidagi tezlatish mexanizmi shunday sozlanganki, aynan ozon qatlamidan o‘tayotganda u sust ishlab, tashlamalarni kam chiqaradi. Bundan tashqari freonning ozon pardasiga zarari to‘g‘risida Xalqaro anjumanlar o‘tkazilib, butun dunyo miqyosida freon ishlab chiqarishga qarshi kompaniya boshlab yuborildi. Vena konvensiyasi va Monreal anjumani bayoniga ko‘ra dunyo mamlakatlarining har biriga kishi boshiga yilida 0,3 kg gacha freon ishlatilishiga ruxsat berilgan. Hozir bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 3-4 kg, O‘zbekistonda esa 0,1 kg ni tashkil qiladi.
    Muhitning ifloslanishi ko‘p turdagi murakkab jarayon bo‘lib, ifloslovchi omillar turiga ko‘ra ifloslanishni quyidagicha sinflash mumkin:
    • kimyoviy (ingredient) ifloslanish — muhitda bir yoki bir necha turdagi yot kimyoviy modda – ingredient ( lot. ingredientis – kiruvchi ya’ni biror aralashmaning tarkibiga kiruvchi) konsentrasiyasining oshib ketishidan muhit kimyoviy tarkibining o‘zgarishidir;
    • fizikaviy (parametrik) ifloslanish — muhitning fizikaviy parametrlari sifatining o‘zgarishidir;
    • biologik ifloslanish — yashash muhitida organizmlarga zarar etkazadigan, ularda kasallik keltirib chiqaradigan mikro- va makro- organizmlarning paydo bo‘lishidir;
    • mexanik ifloslanish — muhitda sanoat va maishiy turmush qattiq chiqindilarining to‘planib qolishidan kelib chiqadigan ifloslanish.

    Download 64,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 64,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Экология” фанидан

    Download 64,27 Kb.