• E`tiboringiz uchun raxmat
  • Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar




    Download 1,75 Mb.
    bet2/2
    Sana26.05.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #254449
    1   2
    Bog'liq
    Antropogen ifloslanishi

    Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar
    • Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, atmosferaga dunyo bo’yicha 50 mil­lion tonna har xil uglevodorodlar, 260 million tonna ol­tingugurt oksidlari, 50-60 million tonna azot oksidlari, 2 million tonnadan ortiqroq, chang va ko’lsimon moddalar tashlanmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yiddan-yilga bunchalik ifloslanib borishida avtotransportlarning «aybi» borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha 500 milliondan ortiqroq, avtomobil mavjud bo’lib, ular yiliga 3 milliard tonnadan ortiq, uglevodorod yoqilg’isini sarflamoqda, uning yonishi natijasida atmosferaga juda katta miqdorda zararli gazlar ajralib chiqmoqda.

    Hisob-kitoblarga ko’ra, yer yuzasidagi barcha avtomobillar bir sutka davomida atmosferaga 0,5 million tonna uglerod oksidi, 1000 tonna uglevodorodlar, 26 ming tonna azot oksidlari va benzin butlari chiqaradi. 100 km yurgan bitta avtomo­bil, bir kishi bir yil davomida nafas olish uchun sarf bo’ladigan kislorodni yoqib yuboradi. 1 ta engil avtomobil bir yilda atmosferaga 297 kg zaharli is gazi, 39 kg uglevodorodlardan iborat konserogen moddalar, 10 kg zaharli azot oksidlari, 2 kg chang, 1 kg oltingugurt oksidi va nihoyat 0,5 kg o’ta zaharli qo’rg’oshin birikmalarini tashlamoqda. Korbyuratorli dvigatellar bilan ishlovchi avtomobillarning sundirgichlaridan chiqadigan asosiy zaharli gazlar uglerod va azot oksidlari, uglevodorodlar hisoblansa, dizel yonilg’isiga ishlovchi dvigatellarda azot va oltingugurt oksidla­ri hamda qurumdir
    • Shuni ham ta’kidlash joizki, avtomabillardan chiqadigan qo’rg’oshin zarrachalarining 40 foiz diametri 5 mkm dan kichik bo’lgan zarrachalardir. Ular uzoq, muddat davomida muallaq, holatda turish va havo orqali hayvonlar va insonlar organizmiga kirish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, AQSh va Yaponiyada atmosferani ifloslantiruvchi manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o’rinda turadi. Xorijiy mamlakatlar atmosferasini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar va azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-70% ini tashkil qilsa, Respublikamizda bu ko’rsatkich 35 foizni, ayrim shaharlarda (Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent) esa 80 foizni tashkil qiladi.
    • Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hududlarida avtotransport vositalari tomonidan 1988 yilning uzida 35,8 million tonna zararli tashlamalar havoga chiqarib tashlangan. Moskva, Sankt-Peterburg, Tosh­kent, Erevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilgan me’yordan 3-10 marta ziyod ekanligi q.ayd etilgan. Bu borada kundan-kunga ko’payib borayotgan havo laynerlari ham o’z hissasini qo’shmoqdalar. Jumladan, «Boing-707» tipida-gi bitta havo layneri 6850 ta avtomobildan chiqadigan zaharli gazlarni atmosferaga tashlaydi. Bunday va bunga o’xshagan havo laynerlaridan necha minglab uchib yurganligi hisobga olinsa, ularni havo muhitiga yetkazayotgan zararini tasavvur qilish qiyin emas. Hozirgi vaqtda biosfera turli tashqi kuchlar ta’siri ostida yildan-yilga o’zgarib bormoqda.
    • Dizel dvigateli bilan ishlaydigan traktor va kombaynlar ham atmosferani ifloslaydi. Bu mashinalar katta maydonlar bo’ylab tarqoq holda ishlasada, ulardan chiqqan za­rarli gazlar tezlik bilan havoga tarqaladi. Shuning uchun ulardan foydalanilganda yonilg’i ta’minoti va yonish tizimlarini sozlab, to’g’ri ekspluatasiya qilish lozim. Ko’plab benzin va kerosinlar ularni saqlash, avtomashinalardan traktor va kombaynlarga qo’yish vaqtida bug’lanadi.

    E`tiboringiz uchun raxmat


    Download 1,75 Mb.
    1   2




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar

    Download 1,75 Mb.