|
Ekonometrika
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 59,73 Kb. | | #237184 |
Bog'liq Ekonometrika faning maqsadi va vazifalari Ekonometrika Mavzu: Ekonometrika fanining maqsadi va vazifalari Reja: - 1.1.Iqtisodiyotda ekonom etrik m odellashtirishning zarurligi.
- 1.2.Ekonom etrik m odellashtirish usullari tasnifi
- 1.3.Ekonom etrik m odellashtirish bosqichlari
1.1.Iqtisodiyotda ekonometrik modellashtirishning zarurligi. - Ekonometrik usullar oddiy an'anaviy usullami inkor etmaydi, balki ulami yanada rivojlantirishga va ob'ekliv o'zgaruvchan natija ko'rsatkichlarini boshqa ko'rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullaming va elektron hisoblash mashinalarining milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob'ektga omillaming ta'sirini, natijaviy ko'rsatkichga resurslaming o'zaro munosabatlarini ko'rsatish mumkin. Bu esa o'nlab tarmoqiar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini ilmiy asosda bashorat etishgaprognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.
- Ekonometrik modellaming ahamiyatini quyidagilarda ko'rish mumkin:
1. Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlami rivojlantirishda yetakchi vosita bo'lib xizmat qiladi. 2. Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi. 3. Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan bashoratlami umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlami kiritish mumkin bo'ladi. 4. Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ulaming yangi o'rganilm agan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. 5. Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish, aqliy mehnatni yengillashtirish, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqaruv qarorlarini sifatliroq tayyorlash imkonini beradi. Bu kompleksnihg bitta tahlil ob'ekti bor - ya'ni, iqtisodiyot, iqtisodiy tizimlar, asosiy o’rganish predmeti esa, ulardagi miqdoriy bog’lanishlardir. Boshqa iqtisodiy fanlarga qaraganda, ushbu kompleks iqtisodiyotni har xil ekonometrik usullar va modellar asosida tahlil qiladi. 1.2.Ekonometrik modellashtirish usullari tasnifi - Asosiy ekonometrik usullarga quyidagi usullar kiradi:
1. Matematik statistika usullari. U o;z navbatida quyidagi usullarga bo'linadi: a) dispersion tahlil; b) korrelyatsion tahlil; v) regression tahlil; g) omilli (omiliy) tahlil; d) indekslar nazariyasi. 2 Makroekonometrik usullar: a) iqtisodiy о si sh nazariyasi; b) tarmoqlararo balanslar; v) ishlab chiqarish funktsiyalari nazariyasi; g) talab va taklif tahlili; 3. Optimal dasturlash: a) chiziqli dasim lash; b) kasr-chiziqli dasturlash; v) butun sonli dasturlash; g) dinamik dasturlash; d) stoxastik daslurlash; e) o'yinlar nazariyasi va boshqalar. 4. Bozor iqtisodiyotiga taalluqli usullar: a) erkin raqobat modellari; b) firmalarga taalluqli modellar. - Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlami matematik modellar yordamida kuzatish va o ’rganish mumkin. Bu tushuncha m odellashtirish deyiladi. Model so'zi lotincha m odulus so'zidan olingan bo'lib, o'lchov, me’yor degan ma'noni anglatadi. Iqtisodiy model - iqtisodiy ob'ektlaming soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob'ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o'rganilayotgan ob'ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
- Demak, modelning haqiqiyligi to'plangan ma'lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog'liqdir. Shuni ham unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo'yilgan talablarga to'la javob bermaydi va aksincha, murakkab model esa uni echish jarayoniga qiyinchiliklar tug'diradi.
1.3.Ekonom etrik m odellashtirish bosqichlari - Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi. Ulami alohida ko'rib chiqaylik:
- Birinchi bosqich. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko'rsatkichlar aniqlanadi.
- Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda izlanayotgan noma'lum o'zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko'zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo'lishi kerak.
- Uchinchi bosqich. Modellashtirilayotgan jarayonning iqtisodiy-matematik modeli tenglamalari va tengsizliklar tizimi shaklida ifodalanadi.
- Beshinchi bosqich. Masalani yechish uchun kerakli bo'lgan barcha iqtisodiy ma’lumotlar to'planadi.
- Oltinchi bosqich. Olingan ma'lumotlar statistik tahlil qilinib, EHMda tanlangan usul va dasturdan foydalanib, qo'yilgan masala yechiladi.
- Yettinchi bosqich. Olingan natijalar iqtisodiy tahlil qilinadi va optimal variant tanlanadi. Yuqorida sanab o'tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq va biri ikkinchisini to'ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
- Shuni eslalib o ’tish kerakki, masalani kompyuterda echish uchun standart dastur bo'lishi kerak, agar unday dastur bo'lmasa, uni ma'lum algoritmlar asosida tuzish zarur.
E’tiboringiz uchun rahmat !
|
| |