Экономика и социум




Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.04.2024
Hajmi2.88 Mb.
#205621
  1   2   3   4   5
Bog'liq
zamonaviy-dunyoda-falsafaning-o-rni
Nomzodlar uchun savollar, Academic-Data-376201101112, o b-uyIaWKwSawW083bgPcENu9cw4H7E (1), 1 лекция, Soburov Umid, obektivka 72, REJA, AZO BO\'YOQLAR[1]555555, 0.1 Integers, Maktabgacha ta\'lim muassasalarida loy ishiga o\'rgatish, mustaqil ish (3), 2-mustaqil ish Muratqulov.X, 7-topshiriq, self study 16, Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi


"Экономика и социум" №7(110) 2023 www.iupr.ru
 
57 
Arislanbayeva Z.Ye. 
O‘zDSMI "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti, 
falsafa fanlari nomzodi 
 
ZAMONAVIY DUNYODA FALSAFANING O‘RNI 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy falsafaning, xususan unda 
faylasufning roli, insonlar, guruhlar, madaniyatlar va butun mamlakatlar 
о‘rtasidagi muloqot borasida so‘z yuritilgan va tahliliy fikrlar berilgan. 
Kalit so‘zlar: falsafa, faylasuf, donolik, falsafiy ong, muloqot, renessans, 
sivilizatsiya. 
 
Arislanbayeva Z.Ye., candidate of philosophy 
associate professor 
Department of "Social and Humanities" 
UzDSMI 
 
THE PLACE OF PHILOSOPHY IN THE MODERN WORLD 
 
Abstract: This article talks about modern philosophy, especially the role 
of the philosopher in it, communication between people, groups, cultures and 
entire countries. 
Key 
words: 
Philosophy, 
philosopher, 
wisdom, 
philosophical 
consciousness, communication, renaissance, civilization. 
Bugungi falsafa XXI asr falsafasidir. Bizning asrimiz o‘tgan asrda 
boshlangan hayotning barcha sohalarida jadal ilmiy-texnik taraqqiyot va 
inqilobiy yondashuvlarning davomi hisoblanadi. Insonning kosmosga birinchi 
parvozidan to hozirgi kungacha insoniyat doimiy intellektual, madaniy, ijtimoiy 
va texnologik rivojlanishda. Olimlar ko‘plab tajribalar o‘tkazdilar, inson 
hayotini osonlashtiradigan yangi texnologiyalarni ixtiro qildilar. Butun 
dunyodagi psixologlar va sotsiologlar insoniyatning o‘sishi va rivojlanishining 
afzalliklari va kamchiliklarini texnik jihatdan ko‘rib chiqadilar. Tashqi va ichki 
bozorda tovarlar va xizmatlarning mo‘l-ko‘l takliflari hududlarni kengaytirishga 
va yangi aloqalarni o‘rnatishga yordam berdi va insoniyatga uning 
imkoniyatlarini rivojlantirish uchun yangi ufqlarni ochdi. Shu bilan birga, 
haddan tashqari iste’mol qilish, moddiy boyliklar va qulayliklarga talabning 
ortishi, ma’naviy rivojlanishga talabning pasayishi kabi salbiy tomonlar tobora 
ko‘proq qayd etilmoqda. 
Falsafani faqat Kant, Hegel va klassik nemis falsafa maktabining boshqa 
vakillari davrida dolzarb bo‘lgan fan deb hisoblash mumkinmi yoki bugungi 
kunda ham dolzarb bo‘lib qoladimi? Bunday masalani zamonaviy insonning 
dunyoqarashi nuqtai nazaridan ham, falsafa tushunchasining o‘zi nuqtai 



Download 2.88 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish