|
Asinxron mashinaning salt ishlash rejimi qachon yuzaga keladi?
|
bet | 4/9 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 25,64 Kb. | | #151391 |
Bog'liq Elektr mashinalari bo38.Asinxron mashinaning salt ishlash rejimi qachon yuzaga keladi?___Faza rotorli asinxron motorning rotor chulg’amiga reastat ulanmay ochiq qoldirilsa.
39. Asinxron motorning qisqa tutashuv rejimi qachon yuzaga keladi?___To’rmozlangan chulg’amini qisqa tutashtirib , stator chulg’amiga nominal tok hosil qiluvchi kichik kuchlanish berilsa yuzaga keladi.
40. Asinxron motorning foydali ish kaiffisiyenti deb nimaga aytiladi?___Foydali P2 quvvatning motorga berilgan aktiv P1 quvvatga nisbatiga aytiladi.
41. Asinxron motorni ishga tushirish deb nimaga aytiladi? ___Elektr tarmog’iga ulangan motor chastotasining noldan to nominalgacha ko’tarilib boorish jarayoniga aytiladi.
42. To’ppa to’g’ri ishga tushirish deb nimaga aytiladi?___Asinxron motorni elektr tarmog’iga bevosita ulab ishga tushirishga aytiladi.
43. Asinxron motorning teskari ulash rejimidan qachon va qay maqsadlarda foydalanamiz?___Kran bilan yuk tushirishda, motorning aylanish yo’nalishini o’zgartirishda yoki tormozlab tezda to’xtatishda foydalaniladi.
44. Asinxron motorning elektradinamik tormozlash rejimi qanday hosil bo’ladi?___Ishlab turgan motorni elektr tarmog’idan ajratib, uning ikki fazasiga o’zgarmas tok berilsa sodir bo’ladi.
45. Ikki fazali asinxron motor deb nimaga aytiladi?___Ishga tushirish jarayoni tugagandan keyin ham ishga tushirish chulg’ami kandensator orqali elektr chulg’amiga ulangunicha qoladigan bir fazali motorga aytiladi.
46. Induksion rostlagich deb nimaga aytiladi?___Iste’mol chilarga beriladigan kuchlanishni bir teks (silliq) rostlashga imkon beruvchi qurilmaga aytiladi.
47. Universal motor deb nimaga aytiladi?___Kichik quvvatli kallektorli motorlar ko’pincha kompensiyalovchi chulg’amsiz va qo’shimcha qutblarsiz tuzilishda o’zgaruvchan va o’zgarmas toklarda ishlashga mo’ljallab chiqariladi. Shu sababli bunday motorlar universal motorlar deb ataladi.
48. Asinxron chastota o’zgartgich deb nimaga aytiladi?___Bir valga o’rnatilgan juft qutblar soni P=1 bo’lgan asinxron motor va juft qutblar soni P=3 bo’lgan faza rotorli asinxron generatordan iborat agregatga aytiladi.
|
| |