|
Transformatorlarning energetika sistemasida tutgan o’rni?
|
bet | 8/9 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 25,64 Kb. | | #151391 |
Bog'liq Elektr mashinalari bo83. Transformatorlarning energetika sistemasida tutgan o’rni?___Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatishda va iste’molchilarga taqsimlashda , hatto bir necha mustaqil davlat miqyosida umumiy energetik sistemalar yaratishda katta ahamiyatga ega.
84. Birlamchi va ikkilamchi chulg’am elementlari deb nimaga aytiladi?____Transformatorning elektr tarmog’iga ulanadigan qismi va unga tegishli parametrlar (I1(Birlamchi chulg’amdagi tok kuchi);U1(Birlamchi chulg’amdagi kuchlanish); W1(Birlamchi chulg’amdagi o’ramlar soni)), iste’molchiga ulanadigan qismi va unga tegishli parametrlar (I2(Ikkilamchi chulg’amdagi tok kuchi); U2(Ikkilamchi chulg’amdagi kuchlanish); W2(Ikkilamchi chulg’amdagi o’ramlar soni)) deb yuritiladi.
85. Transformatsiyalash kaiffisiyenti deb nimaga aytiladi?___Yuqori kuchlanishli chulg’amdagi E.Yu.K qiymatining past kuchlanishli chulg’amdagiga nisbatiga yoki transformatorning kuchaytiruvchi , susaytiruvchi ekanligini ifodalovchi kaiffisiyentga aytiladi.
86. Linyadagi quvvat isrofi ifodasini ko’rsating?___
P=I2RAk.
87. Transformatorning foydali ish kaiffisiyenti deb nimaga aytiladi?___ Transformatordan olingan aktiv P2 quvvatning unga elektr tarmog’idan berilgan aktiv P1 quvvatga nisbatiga aytiladi va (etta) harfi bilan belgilanadi.
=
88. Transformatorning salt ishlash rejimi qanday rejim?____ Transformatorning birlamchi chulg’amiga nominal kuchlanish berilib , ikkilamchisi yuklamasiz bo’lgan rejimiga aytiladi.
89. Salt ishlash tajribasi deb nimaga aytiladi?____Salt ish rejimida ishlayotgan transformator parametrlarini aniqlash uchun ishlatiladigan tajriba.
90. Transformatorning qisqa tutashuv rejimi deb nimaga aytiladi?____Nominal yuklama bilan ishlayotgan transformatorning ikkilamchi chulg’ami tasodifan qisqa tutashib qolsa, undan nominalga nisbatan 10-20 marta katta tok o’tishi mumkin. bunda rele himoyalagichlar ishga tushib, uni bir onda elektr tarmog’idan ajratadi,aks holda , transformatorda katta avariya sodir bo’lishi mumkin.Qisqa tutashuvdagi transformator parametrlarini aniqlash uchun qisqa tutashuv tajribasidan foydalaniladi.
|
| |