|
Oddiy sirtmoqsimon chulg’am deb nimaga aytiladi?
|
bet | 2/9 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 25,64 Kb. | | #151391 |
Bog'liq Elektr mashinalari bo14. Oddiy sirtmoqsimon chulg’am deb nimaga aytiladi?___ Boshi va ohiri yonma-yon joylashgan kollektor plastinkalariga ulangan seksiyalardan sirtmoq singari sxemada tuzilgan chulg’amga aytiladi.
15. Parallel shahobcha deb nimaga aytiladi? ___Yakor chulg’amining qarama-qarshi qutbli cho’tkalar orasidagi qismiga aytiladi.
16. Oddiy to’lqinsimon chulg’am deb nimaga aytiladi?___Turli qutblar tagida joylashgan seksiyalari ketma-ket va ularning uchlari Y=YК masofadagi kollektor plastinkalariga ulanadigan chulg’amga aytiladi.\
17. Katta kuchlanish olish uchun mo’ljallangan generatorlarda qanday chulg’amlar qo’llaniladi?___ 0Bunday generatorlarda to’lqinsimon chulg’amlar ishlatiladi.
18. Katta tokka mo’ljallangan generatorlarda qanday chulg’amlar qo’llaniladi?___ Bunday generatorlarda sirtmoqsimon chulg’amlar qo’llaniladi.
19. Ikki qatlamli chulg’am deb nimaga aytiladi? ___ Bir ariqchada turli seksiyalarning ikki aktiv tomoni joylashgan chulg’amga aytiladi.
20. Elementar ariqcha deb nimaga aytiladi?___Turli seksiyalarning ikkita aktiv tomoni joylashgan ariqchaga aytiladi.
21. Murakkab chulg’am deb nimaga aytiladi?___Yakor ariqchalarida bir xilda joylashtirilgan bir necha oddiy sirtmoqsimon.
22.Murakkab to’lqinsimon chulg’amdan qayerlarda foydalanilamiz?___Yuqori kuchlanishli mashinalardan katta quvvat olish uchun.
23. Yakor reaksiyasi deb nimaga aytiladi?___O’zgarmas tok mashinasidagi yakor tokidan hosil bo’lgan magnit maydonning mashina kutblaridagi asosiy magnit magnit maydonga bo’lgan ta’siriga aytiladi.
24. Generatorning nominal rejimi deb nimaga aytiladi?__Generatorning uzoq davr davomida normal ishlashini taminlaydigan rejimga aytiladi.
25. Startyor deb nimaga aytiladi?___Avtotraktorlardagi dizel motorini ishga tushirib yuborishga mo’ljallangan ketma-ket qo’zg’otishli tok mashinasi.
26. Motorning nominal qarshiliki deb nima aytiladi?___Yakorga nominal kuchlanish berilganda yakordan o’tadigan ishga tushirish toki qiymatini nominal Ingacha kamaytirib beruvchi yakor qarshilikining to’la qarshilikiga aytiladi.
|
| |