|
Parallel qo’zg’otishli motor deb nimaga aytiladi?
|
bet | 3/9 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 25,64 Kb. | | #151391 |
Bog'liq Elektr mashinalari bo27. Parallel qo’zg’otishli motor deb nimaga aytiladi?___Qo’zg’otish chulg’ami yakor chulg’amiga parallel ravishda bir elektr tarmog’iga ulanishga mo’ljallangan o’zgarmas tok motoriga aytiladi.
28. Aylanish chastotasini rostlash deb nimaga aytiladi?___Elektr motori yoki elektr energiya manbai parametrlarini o’zgartirish bilan motor chastotasini majburiy o’zgartirishga aytiladi.
29. Rostlash kengligi deb nimaga aytiladi?___Elektr motorining aylanish chastotasini rostlashdagi maksimal va minimal aylanish qiymatlari(nmax , nmin) ning o’zaro nisbatiga aytiladi.
30. Rostlash silliqligi deb nimaga aytiladi?___Rostlash kengligidagi ikki qo’shni aylanish chastotalari nisbatiga aytiladi.
31. Rostlash tejamliligi deb nimaga aytiladi?___Chastotani turli usullar bilan rostlashda qo’llanilgan apparat va uskunalarning narxi va rostlash jarayonidagi quvvat isrofi bilan aniqlanadigan ko’rsatgichga aytiladi.
32. Asinxron motor deb nimaga aytiladi?___Rotorining aylanish chastotasi stator magnit magnit aylanish chastotasiga teng bo’lmagan va yuklamaga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan tok mashinasiga aytiladi.
33. Asinxron motorlar rotor turiga ko’ra nechta turga bo’linadi? ___2 ta: Faza rotorli va qisqa tutashgan rotorli.
34. Qisqa tutashgan rotor qanday hosil qilinadi?___Rotor o’zagining ariqchalariga izalyatsiyalanmagan mis yoki alyuminiy sterjenlar joylashtirilib, ularning boshi va ohirlari mis halqa biriktirilsa, katta toklarga bardosh bera oladigan sodda sxemali rotor hosil bo’ladi.
35. Faza rotor qanday hosil qilinadi?___Rotor o’zagi ariqchalariga , statorniki singari , uch fazali chulg’am o’raladi.
36. Sirpanish kaiffisiyenti deb nimaga aytiladi?___Magnit maydonning n1 chastotasi bilan motorning aylanish chastotasi n2ayirmasining sinxron chastota n1 ga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
S= *100%
37. Nominal Sirpanish kaiffisiyenti turli quvvatli asinxon mashinalar uchun qancha oraliq chegarada bo’ladi?____Snom=0.01……….0.06 chegarada bo’ladi.
|
| |