SO‘Z BOSHI
Elektr
texnik materiallar, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari,
fan va texnikada
qo‘llaniladigan ko‘plab agregatlar va komplekslarning ajralmas qismidir. Hisoblash
texnikasi asosida texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘nalishi
bilan bir qatorda, zamonaviy elektr yuritma texnikaviy oboektlarini avtomatik boshqarish
sistemalarining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishi bo‘lib qoldi.
SHuning uchun, elektr
yuritmalarni avtomatik boshqarish muammosiga tobora ko‘prok eotibor berilmoqda.
Ushbu darslik "Elektr energetikasi" yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda
"
Elektr texnik materiallar
" kursining dasturiga mos ravishda yozilgan.
Darslik
kursning birinchi qismiga tegishli bo‘lib, unda elektr yuritma to‘g‘risidagi asosiy
tushunchalar, elektr yuritma mexanikasi va uni qurishning
umumiy prinsiplari berilgan,
o‘zgarmas tok dvigatelli elektr yuritma sxemalari, xarakteristikalari
rostlash xossalari
ko‘rib chiqilgan. Darslik, elektr energetikasi masalalari bilan shug‘ullanadigan
kelajakdagi mutaxassis - elektriklar uchun mo‘ljallanganligini hisobga olgan Holda, unda
ventilli o‘zgarmas tok elektr yuritmasining elektr ta’minoti tarmog‘iga taosiri va bu
taosirni kamaytirish usullari ham ko‘rsatilgan.
Elektr texnik materiallar
kursini o‘rganish
studentlarni fizika, matematika,
elektrotexnikaning
nazariy asoslari, boshqarishni nazariy asoslari,
elektromexanika,
sanoat elektronikasi, elektr apparatlaridan olgan bilimlariga asoslanadi.