• Kuchlanish tebranishlarining elektr jihozlariga ta’siri 1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar
  • -mavzu. Texnik hujjatlar sifatini o’rganish




    Download 0,59 Mb.
    bet10/17
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #255536
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    1-2 mavzu

    4-mavzu. Texnik hujjatlar sifatini o’rganish.
    Reja:

    1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar

    2. Elektr tarmoqlarida kuchlanish tebranishi

    3. Kuchlanish tebranishini chegaralovchi qurulmalar va kuchlanishdagi chetlashishlar

    4. Kuchlanish tebranishlarining elektr jihozlariga ta’siri

    1. Elektr energiya sifatini belgilovchi ko‘rsatgichlar
    Elektr uskunalari va jihozlari ma’lum bir elektr magnit muhitda ishlashi uchun mo‘ljallangan. Bir-birining ishlashiga salbiy ta’sir qiluvchi, induktiv bog’langan va u yoki bu darajada bir-biriga xalal beradigan elektr ta’minot tizimi va unga ulangan elektr jihozlari va uskunalaridan iborat tizimni “elektromagnit muhit” deb atash qabul qilingan. Mavjud elektromagnit muhitda normal holatda ishlaydigan qurilmalar uchun texnik jihozlarning elektrogmagnit joylashtirilishi to‘g‘risida gapirilishi mumkin.
    Elektromagnit muhitga qo‘yiladigan talablar ushbu talablarga mos keladigan sharoitlarda ishlashi kafolatlanadigan qurilmalarni yaratishga imkon beradigan standartlar bilan mustahkamlanadi. Standartlar elektr tarmoqlaridagi xalaqitlarning ruxsat etiladigan elektr energiyasi sifatini xarakterlaydigan va elektr energiyasining sifat ko‘rsatgichlari (ESK) deb ataladigan kattaliklarni belgilab beradi.
    Tabiiyki, texnikaning evolyusion o‘zgarishi bilan elektromagnit muhitga qo‘yiladigan talablar ham kuchayib boradi. Elektr energiya sifatiga qo‘yiladigan 1967 yildagi GOST 13109 bo‘yicha qabul qilingan bizdagi talablar yarim o‘tkazgichli texnikalarning rivojlanishi bilan 1987 yilda, shuningdek mikroprotsessorli texnikalarning rivojlanishi munosabati bilan 1997 yilda qayta ko‘rib chiqildi.
    Elektr energiyasining sifat ko‘rsatgichlari “Elektr energiyasi texnik jihozlarning elektromagnit mosligi. Umumiy tavsiyali elektr ta’minot tizimlarida elektr energiyasining sifat normali” Halqaro GOST 13109-97 standarti bo‘yicha aniqlanadi.
    Elektr energiya istemolchilari uzlariga yuklatilgan vazifalarni ma’lum bir sharoitlardagina tula-tukis bajarishlari mumkin. Bunday sharoitlarni belgilovchi parametrlar elektr energiya sifati deb yuritiladi. Sifat belgilarining istalgan tomonga oshishi energiyadan chala foydalanishga sababchi buladi. Shuningdek, elektr kurilmalari va jihozlardan foydalanmaslikka va ishlab chikarilayotgan mahsulot kam bulishiga va boshkalarga sababchi buladi.
    Elektr energiyasi sifat muammosini hal kliishda iktisodiy, matematik va texnik aspektlar kurilishi kerak. Iktisodiy aspekt uziga elektr ta’minotida sifasiz energiya istemol kilgandagi zararlarni hisoblash usullarini yaratishni kuzda tusa, matematik aspekt sifat ko‘rsatkichlarini u yoki bu usullar bilan hisoblashni, texnik aspekti esa texnik vosita va tadbirlarni yaratib, sifatini kutarishni va sifat belgilarini nazorat hamda boshkaruv usullarini yaratish va ishlab chikarishni kamrab oladi.
    Umuman olganda «Elektr energiyasi sifati» deganda energiya tizimning asosiy parametrlarining urnatilgan normadagi qiymatlarga tugri kelishi va shu qiymatlar bilan energiyani ishlab chikarish, uzatish va taksimlash tushuniladi.
    Elektr energiya sifati qiymati kuchlanish va chastotalar oishi, ularning uzgarish kulami, elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, kuchlanishlar nosimmetriyaligi bilan belgilanadi.
    Chastotaning oshishi bu – 10 minut oralig‘ida chastotaning haqiqiy qiymatini nominal qiymatdan farqini ko‘rsatuvchi urtacha qiymat. Normal xolatda chastotaning oshishi nominal qiymatdan 0,1 Gs uzgarishi ruhsat etiladi. Qisqa vaqt ichida esa 0,2 Gs ga uzgarishi mumkin.
    Chastotaning tebranishi bu – chastotaning uzgarish tezligi sekundiga 0,2 Gs dan kichik bulmaganda, rejim parametrlarining tez uzgarishida asosiy chastotaning eng yuqori va eng kichik qiymatlari orasidagi farq hisoblanadi.



    1. Download 0,59 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Texnik hujjatlar sifatini o’rganish

    Download 0,59 Mb.