• Nominal kuchlanish.
  • Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. Kuchlanishni rostlash tushunchasi




    Download 0,59 Mb.
    bet17/17
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #255536
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    1-2 mavzu

    2. Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. Kuchlanishni rostlash tushunchasi
    Texnik uskunalarni standarlash. Ma’lumki, texnikada seriyali ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqlik uchun uskunalarni standartlash. ya’niy ularni katta-kichiklik, massa, tok. kuchlanish yoki boshqa parametrlari bo‘yicha bir necha turga bo‘lib ishlab chiqarish kerak. Texnikada hamma narsa standartlashtiriladi: kuchlanish (1- jadval), o‘tkazgich va kabellarning kesim yuzasi, transformatorlarning quvvati, generatorlar va hokazo. Har qanday uskunalarni tanlashda ko‘p hollarda kattaroq o‘lchamlarga ega bo‘lgan standart uskunalar tanlanadi. Lekin ba’zan shunday hollar bo‘ladiki (ko‘pincha iqtisodiy tushunchalar bo'yicha). qachonki kattasini emas, balki yaqin qiymatni tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, hisoblar bo‘yicha kabelning kesim yuzasi 105 mm2 bo‘ladi. Qanday 95 mm2 yoki 120 mm2, kesim yuzasini tanlash kerak. Iqtisodiy hisoblar ko‘rsatadiki, 95 mm2 kesim yuzali kabelni tavsiya etmoq to‘g‘ri bo‘ladi. 1-jadvalda past (220-660 V), o‘rta (3-35kV). yuqori (110- 220kV) va o‘ta yuqori (330-1 150 kV) kuchlanishli tarmoqlar uchun nominal va ish paytida bo‘ladigan eng katta kuchlanishlar keltirilgan. 3 va 150 kV lar yangi loyihalanayotgan tarmoqlar uchun iqtisodiy mulohazalarga asosan tavsiya etilmaydi.
    1-jadval

    Nominal kuchlanish. Elektr sistemasining uskunalari (generatorlar, transformatorlar, liniyalar va boshqalar) mo‘ljallangan nominal kuchlanish bilan xarakterlanadi. Elektr energiya iste’inolchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, ularni normal sharoitda ishlashi uchun moijallangan kuchlanshi aytiladi. Iste'molchilarning yuklamalari har doim o'zgarib turganligi tufayli tarmoqning kuchlanshi har bir nuqtada nominal qiymatdan og'ib turadi. Ammo, elektr tarmoqlarining normal ish holatida elektr iste’molchilarga keltirilgan kuchlanish nominal qiymatidan og‘ishi shart emas. 50 Hz li uch fazali tok sistemasi kuchlanishi nominal qiymatidan og‘ishi (GOST 721-77) ± 5% dan katta bo'lmasligi kerak (GOST 13109-87). Bu shuni bildiradiki. uzunligi davomida yuklama taqsimlangan tarmoqning boshidagi kuchlanishi U1 (1.4 - rasm) nominal kuchlanish U dan 5% ga ortiq oshmasligi, U2 - liniya oxiradagi kuchlanish esa U dan 5% pastga kamaymasligi kerak.


    4-rasm. Tarmoq kuchlanishini o‘zgartirish grafigi. Tarmoqning nominal kuchlanishi deb, uning o‘rtacha kuchlanishi qabul qilinadi:


    Shunday qilib, tarmoqning nominal kuchianishi elektr iste'molchilarining nominal kuchlanishigatengdir.Generatorlarning nominal kuchianishi tarmoqda bo‘ladigan kuchlanish yo'qotilishini hisobga olib, tarmoq kuchlanishidan 5% ga oshiq qilib olinadi. Transformatorlaming nominal kuchianishi salt yurish holatida ularning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlari uchun olinadi. Transformatorning birlamchi chulg‘ami elektr energiyani qabul qiladi va shuning uchun kuchaytiruvchi transformatorda nominal kuchlanish generatorning nominal kuchlanishiga (5-rasm), pasaytiruvchida esa tarmoqning nominal kuchlanishiga teng. U yoki bu kuchlanishli tarmoqni ta’minlovchi ikkilamchi chulg‘amning kuchlanishi yuklama vaqtida, tarmoq kuchlanishidan 5% ga yuqori bo‘lishi kerak.

    5-rasm Tarmoq ayrim nuqtalarida kuchlanishning o‘zgarishi.
    Ammo, yuklama ostidatransformatorning o‘zida ham kuchlanish yo'qolishi bo'lganligi sababli ikkilamchi chulg'amning nominal kuchlanishi (ya’ni salt ishlash kuchlanishi) tarmoq kuchlanishidan 10% ga yuqori holda olinadi. Bu quvvati 630 kVA va undan kichik transformatorlardan tashqari hamma transformatorlarga tegishlidir. Bundav trasformatorlar uchun esa ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi tarmoqning nominal kuchlanishidan 5% ga yuqori holda olinadi.Buni tushuntirish uchun 5-rasmda ikki. 220 kV va 10 kV kuchlanishli tarmoq berilgan va uning uchastkalaridagi haqiqiy kuchlanishining grafik tasviri kattaroq aniqlik uchun bir bazis kuchlanishi masshtabida keltirilgan.Kuchlanishni bir bazis kuchlanishi Ub ga keltirish uchun keltirilmoqchi bo‘lgan Ub kuchlanish Ub/Un ga teng bo;lgan transformatsiya koeffitsientiga ko'paytiriladi. Punktir bilan o‘tkazilgan: gorizontal liniya butun tarmoqni Ubga keltirilgan nominal kucnlanishni tasvirlaydi. Kuchaytiruvchi transformator T-1 birlamchi cho‘lg‘amning nominal kuchlanishi generatorning nominal kuchlanishiga teng (10,5 kV), ikkilamchi chulg‘amning kuchlanishi bo‘lib, transformator to‘liq yuklangan paytida, uning qisqichlaridagi kuchlanish U=231 kV. Bu esa tarmoq uchun uning nominal kuchlanishidan yuqori kuchlanishni ta’minlaydi. Pasaytiruvchi transformatorning birlamchi chulg‘amining nominal kuchlanishi ta'minlovchi tarmoqning nominal kuchlanishiga teng bo‘lishi kerak ya’ni U=220 kV. Uning ikkilamchi chulg'amining nominal kuchlanishi esa U = 11 kV. Shunday qilib, transformator T-2 ning birlamchi chulg‘amiga 220 kV kuchlanish berilganda, uning ikkilamchi chulg'amini qisqichlaridagi kuchlanish yuklama ta’sirida £/2=10,5 kV ga teng, ya'ni transformatorga ulangan 10 kV li tarmoqning nominal kuchlanishidan 5%. ga yuqori boTadi. Ammo, 1.5-rasmdan koTinadiki, T-2 ning birlamchi chulg‘amiga uzatib berilgan kuchlanish U2= 209 kV ga teng, ya’ni tarmoqlardagi kuchlanish yo'qotilishi hisobiga nominaldan 5% ga pastdir. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, tarmoqning har xil nuqtalarida kuchlanish og'ishi tufayli kuchlanishni rostlash masalasi paydo bo'ladi.
    Download 0,59 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. Kuchlanishni rostlash tushunchasi

    Download 0,59 Mb.