• Har xil kuchlanishli elektr tarmoqlarining betaraf nuqtasini ish holati.
  • -mavzu. Elektr ta’minoti va elektr tarmoqlari haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0,59 Mb.
    bet16/17
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #255536
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    1-2 mavzu

    5-mavzu. Elektr ta’minoti va elektr tarmoqlari haqida umumiy ma’lumotlar.
    Reja:

    1. Elektr tarmog‘i va tizimlarining tuzilmasi. Asosiy tushuncha va ta’riflar.

    2. Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. Kuchlanishni rostlash tushunchasi.

    3. Har xil kuchlanishli elektr tarmoqlarining betaraf nuqtasini ish holati.



      1. Elektr tarmog‘i va tizimlarining tuzilmasi. Asosiy tushuncha va ta’riflar.

    Elektr tarmog‘i va tizimlarining tuzilmasi. Asosiy tushuncha va ta’riflar Elektrenergetika (yoki elektr)tizimi -elektrtarmoqlari yordamida o‘zaro tutashib, umumiy ish holatiga ega bo‘lgan elektr stansiyalari, nimstansiyalari va iste’molchilari majinuyidir. Elektr tarmoqlari elektr tizimining bir qismi bo‘lib, elektr energiyasini manbadan iste’molchilarga uzatish hamda ular orasida taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ular elektr uzatish liniyalari, nimstansiyalar va taqsimlash punktlaridan tashkil topgan. Elektr energetika tizimi bajaruvchi vazifasi bo'yicha ikki xil - o'zgartiruvchi va uzatuvchi elementlardan iborat. O'zgartiruvchi elementlar yordamida energiya bir turdan ikkinchi turga o'zgartirilsa, uzatuvchi elementlar (havo va kabel liniyalari) yordamida esa masofalarga uzatiladi. Elektr energiyasini elektr stansiyalardan umumiy yuklamagacha uzatish har xil kuchlanishli elektr liniyalari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘p miqdordagi elektr energiyasini nisbatan uzoq masofalarga faqat yuqori kuchlanishli liniyalar orqali uzatish iqtisodiy jihatdan samaralidir.
    Kuchlanishni oshirish va kamaytirish uchun o'zgartiruvchi kuch transformatorlari xizmat qiladi. Nimstansiya (NS) - elektr energiyasini o'zgartirish va taqsimlashga mo’ljallangan elektr obyekti bo'lib, u transformatorlar, taqsimlovchi uskunalar, boshqarish uskunalari va yordamchi qurilmalardan iboratdir. NSlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi bo'lishi mumkin. Kuchaytiruvchi NSda elektr energiya past kuchlanishdan yuqori kuchlanishga o'zgartirilsa, pasaytiruvchi NSda buning aksi - u yuqori kuchlanishdan past kuchlanishga o’zgartiriladi. Elektr energiyasini qabul qilish va uning kuchlanishini o‘zgarmasdan taqsimlashga mo'ljallangan nimstansiyalar taqsimlovchi punktlar (TP) deb yuritiladi. Elektr tarmoqlari bajaruvchi vazifasi. nominal kuchlanishi, sxemasi, iste’molchilaming xarakteri bo‘yicha turlarga ajratiladi. Bajaruvchi vazifasi bo'yicha elektr tarmoqlari taqsimlovchi. ta’minlovchi va tizimni hosil qiluvchi tarmoqlarga bo‘linadi.
    Taqsimlovchi elektr tarmoqlari elektr iste’molchilarini ta'minlovchi tarmoqlarning nimstansiyalari bilan tutashtirib, asosan 35 kV gacha nominal kuchlanishda ishlaydi. Ta'minlovchi elektr tarmoqlari taqsimlovchi elektr tarmoqlarni (ayrim hollarda, bevosita iste'molchilarni) elektr stansiyalari yoki tizimni hosil qiluvchi tarmoqlar bilan tutashtirib, asosan 110 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi. Tizimni hosil qiluvchi elektr tarmoqlari alohida hududlardagi elektr energetika tizimlarini o'zaro tutashtirib, birlashgan tizimni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi. Nominal kuchlanishi bo'yicha elektr tarmoqlari 1kV kuchlanishdagi past, 1 kV - 220 kV kuchlanishdagi yuqori va 330 kV va undan yuqori kuchlanishdagi o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. sxemasi bo'yicha elektr tarmoqlari ochiq va yopiq (berk) elektr tarmoqlarga bo'linadi. Konturga ega boimagan va barcha istemolchilari faqat bir tomondan ta’minlanuvchi elektr tarmog‘i ochiq elektr tarmog‘i deb yuritiladi. Konturga ega bo'lgan yoki konturga ega boimasada ikki va undan ortiq tomondan ta'minlanuvchi tugunga ega bo‘lgan elektr tarmog‘i yopiq elektr tarmog'i deyiladi. Istemolchilarining xarakteri bo’yicha elektr tarmoqlari shahar, qishloq xo'jaligi, sanoat elektr tarmoqlariga bo'linadi.
    1- rasmda xarakterli elektr energetika tizimining elektr tarmoqlari sxemasi keltirilgan.

    1-rasm. Energetika tizim elektr tarmog‘ining shartli sxemasi.
    Elektr energiyasi elektr stansiyalari (ES)dan yuklama markazlariga bevosita ta’minlovchi elektr tarmoqlarini tashkil etuvchi elektr uzatish liniyalari (EUL) 1 yoki ta’minlovchi, qabul qiluvchi transformator podstansiyalari va ularni bog‘lovchi elektr uzatish liniyalari 2 orqali uzatiladi. Elektr energiya bilan ta’minlashda ishonchlilikni oshirish maqsadida kcfpgina hollarda taqsimlovchi elektr tarmoqlari yopiq shaklda boMadi. Qabul qiluvchi podstansiyalar asosan kuchlanishni yuklama ostida rostlash (YuOR) qurilmasiga ega bo;lgan transformatorlardan tashkil topgan bo1 lib, ular taqsimlovchi tarmoqning ta’minlash markazi (TM) sifatida xizmat qiladi. Ta’minlash markazidan elektr energiyasi taqsimlash punktlariga uzatiladi va shu kuchlanishda elektr uskunalari orasida taqsimlanadi yoki transformator podstansiyalariga uzatiladi. Ko'rilayotgan holatda uzatilgan elektr energiya transformatorlarda past kuchlanishga o'zgartirilib, alohida iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Uzunligi davomida elektr energiyani, TM dan TP ga yoki to'g'ridan to‘g‘ri podstansiyaga uzatuvchi EUL 3 ta’minlovchi. uzunligi davomida bir necha transformator podstansiyalari yoki iste’molchi uskunalari ulangan EUL 4 taqsimlovchi EUL hisoblanadi. Iste’molchilami ta'minlash sxemasi energiya manbayining uzoqligi, berilgan hududning elektr bilan ta'minlanish sxemasi. iste’molchilar joylashgan hudud, ularning quvvati, elektr energiya bilan ta’minlashning ishonchliligi va boshqa bir nechta qo'yilgan talablarga bog'liq holda tanlanadi. Tarmoqning tuzilmasi va sxemasini qabul qilish juda murakkab ish boiib, u ishonchlilik. tejamkorlik, ishlatishdagi qulaylik, xavfsizlik va keyinchalik rivojlantirish imkoniyati talablariga javob berish shartidan kelib chiqib amalga oshiriladi.Tarmoqning tuzilmasi elementlarning (ES, NS, liniyalar) o'zaro joylashuvi, tarmoq sxemasi esa - uning asosiy qurish rejasi, iste’molchilarning elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi ishonchlilik darajasi bo'yicha toifalari bilan aniqlanadi. Elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi ishonchlilik darajasi bo'yicha iste’molchilar uch toifaga bo’linadi. 1- toifali iste’molchilar elektr energiyasi bilan ikkita bir-biri bilan bog‘lanmagan ta'minlash manbalaridan alohida liniyalar orqali ta’minlanishi lozim. Elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishga ruxsat etiladigan maksimal vaqt davomiyligi faqat zaxiralangan ta’minotni avtomatik ulash vaqtiga tengdir. Ko'pgina hollarda ikki zanjirli bitta liniya talab etilgan ishonchlilikni ta‘minlay olmaydi, chunki liniyaning muz bilan qoplanganligi, shamol va shunga o'xshash tabiiy hodisalar ta’sirida tayanchning shikastlanishi energiya ta’minotining butunlay uzilib qolishiga olib kelishi mumkin. 2- toifa iste’molchilarini ko'pgina hollarda ikkita alohida liniyalar yoki ikki zanjirli liniyalar orqali ta’minlash nazarda tutiladi. Bunday elektr iste’molchilari uchun elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishga mxsat etiladigan maksimal vaqt davomiyligi bir sutka davomida ikki soatni tashkil etadi. Shu sababli liniyaning shikastlanishini ta’mirlashni uzoq vaqtga cho‘zmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan hollarda 2- toifa iste’molchilarini bitta bir zanjirli liniya orqali ta’minlashga ham ruxsat etiladi. 3-toifa iste’molchilari uchun energiya ta’minotini bitta liniya orqali amalga oshirish yetarli hisoblanadi. Bunday elektr iste'molchilari uchun elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishga ruxsat etiladigan maksimal vaqt davomiyligi 24 soatga teng. Zaxira sifatida qo‘shimcha liniya yoki transformator podstansiyalariga ega bo‘gan elektr tarmog‘i zaxiralangan, ega bo‘lmagan elektr tarmog‘i esa zaxiralanmagan elektr tarmog‘ deb yuritiladi. 1 va 2- toifa iste’molchilarini ta’minlash bo'yicha yuqoridagi talablarga javob beruvchi sxema zaxiralangan, 3- toifa iste’molchilarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatilgan talablarga javob beruvchi sxema esa zaxiralanmagan elektr tarmog‘i hisoblanadi.

    2-rasm. Elektr tarmoqlarning xarakterli bir chiziqli sxemalari (TP - transformatorli podstansiya):
    Har bir hududda elektr iste’molchilarining toifalariga va elektr tarmoqning vazifasiga bog'liq holda uning sxemasi turlicha bo'ladi. 2- rasmda elektr tarmoqlarning xarakterli bir chiziqli sxemalari, ya’ni ochiq elektr tarmog‘i (2- a rasm), ikki tomondan ta’minlanuvchi elektr tarmog'i (2- b rasm), ikki zanjirli magistral elektr uzatish liniyasi (2- d rasm), sodda yopiq (halqasimon) elektr tarmog'i (2- e rasm) va murakkab yopiq elektr tarmog'ining (2- f rasm) bir chiziqli sxemalari tasvirlangan. Elektr tarmoqlarini bu kabi tasvirlashda qulaylik uchun ularning bir chiziqli sxemalaridan foydalanilsada. ular'uch fazali elektr tarmoqlari ekanligini nazarda tutish lozim.Uch fazali elektr tizimlari bizga ma’lum bo'lgan bir qator afzalliklarga ega bo'lganligi sababli elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish. taqsimlash va iste’mol qilishda ulardan keng foydalaniladi.Ko’p hollarda past kuchlanishli uskunalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uch fazali to'rt simli tizimlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda nol simi deb yuritiluvchi to'rtinchi o'tkazgich va uch fazali tizimning betaraf nuqtasi (N) yerga bevosita ulanadi (3- rasm).

    3-rasm. Betaraf nuqtasi yerga bevosita ulangan uch fazali to‘rt simli o‘zgaruvchan tok tizimining sxemasi.



    Nol o'tkazgichi faza kuchlanishlarida ishlovchi iste’molchilami, jumladan keltirilgan sxemadagi kabi elektr yoritkichlami, faza kuchlanishiga ulash va fazalar bir xil yuklanmaganida paydo bo'ladigan nosimmetriva toklarini tenglashtirish uchun ishlatiladi. Hamma fazalar bir xil yuklanganda nol o‘tkazgichi orqali tok oqmaydi.
    3-rasmdagi sxemani 380/220 V nominal kuchlanishda ishlatish maqsadga muvofiq, chunki bunda bir vaqtning o‘zida liniya va faza kuchlanishlardan foydalanish qulaydir.Betaraf nuqtasi yerga bevosita ulanmagan uch fazali uch o'tkazgichli sxema asosan sanoatda, kuch yuklamalarini ta’minlash uchun 660/380 V nominal kuchlanishda qo‘llaniladi. Bir xil quvvat isrofi sharti ko‘zda tutilganda, kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, metall sarfi shuncha kam bo‘ladi.Texnika havfsizligi shartlariga asosan hozirgi davrda 220 V dan yuqori kuchlanishda ishlovchi yoritish asboblari ishlab chiqarilmaydi. Faza kuchlanishlarida ishlovchi elektr iste’molchilari bevosita ulanmaydigan yuqori kuchlanishli tarmoqlarda nul o'tkazgichi kerak bo‘lmaydi va shu sababli ular uch o'tkazgichli qilib quriladi.


    Download 0,59 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Elektr ta’minoti va elektr tarmoqlari haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0,59 Mb.