|
Kuchlanishdagi chetlashishlar
|
bet | 13/17 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #255536 |
Bog'liq 1-2 mavzuKuchlanishdagi chetlashishlar.
Kulanish chetlashishi –elektr ta’minoti tizimining barqaror ish rejimida kuchlanish haqiqiy qiymatining uning nominal qiymatidan farqi tushuniladi.
Kuchlanish chetlashishi tarmoqning u yoki bu nuqtasida yuklama o‘zgarishi ta’sirida uning grafigiga mos holda amalga oshadi.
Elektr jihozlarining ishlashiga kuchlanish chetlashishlari quyidagicha ta’sir o‘tkazadi:
Texnologik qurulmalarda:
Kuchlanish pasayganda texnologik jarayon sezilarli tdarajada yomonlashadi, uning davomiyligi ortadi. Ishlab chiqarishning tan narxi ortadi.
Kuchlanish ortganda jihozlarning xizmat muddati qisqaradi, avariya holati ehtimolligi ortadi.
Kuchlanishning sezilarli cheklanishlarida texnologik jarayonlarda uzilishlar ro‘y berishi mumkin.
Yoritish tizimlarida:
Yoritish lampalarining xizmat muddati qisqaradi. Masalan kuchlanishning 1.1 U nom qiymatida cho‘lanma lampalarning xizmat muddati 4 martaga qisqaradi.
Kuchlanshning 0.9 U nom qiymatida cho‘lanma lampasining yorulik oqimi 40 %, lyuminisent lampasini esa 15% kamayadi.
Kuchlanishning 0.9 U nom qiymatidan kam qiymatida lyuminisent lampalar miltilab qoladi, 0.8 U nom bo‘lganda yonmay qoladi.
Elektr yuritmalarida:
Assinxron dvigatel qisqichlaridagi kuchlanish 15% pasayganda moment 25% kamayadi. Dvigatel ishga tushmasligi yoki umuman to‘xtab qoladi.
Kuchlanishning kamayganda tarmoqdagi tok kuchi ortadi, bu esa o‘ramlarning qizib ketishiga va dvigatel xizmat muddatining qisqarishiga olib keladi. Kuchlanishning 0.9 U nom qiymatida uzoq vaqt ishlagan dvigatelning xizmat muddati ikki martaga qisqaradi.
kuchlanishning 1% ga ortishi dvigatel reaktiv quvvatining 3-7 %ga ortishiga olib keladi. Yuritmalar va tarmoqlarning effektivligi pasayadi.
Elektr tarmoqlari yuklamalarining umumlashtirilgan tuguni (o‘rtacha yuklama) quyidagilardan iboratdir:
Shuning uchun qabul qiluvchilarning qisqichlaridagi normal va ruxsat etilgan chegaraviy barqarorlashgan kuchlanishning qiymatlari GOST 13(09-97) bo‘yicha mos ravishda quyidagicha belgilab qo‘yilgan: δUynor= ± 5 % , δUypred= ± 10 % tarmoqdagi kuchlanishning nominal qiymati.
Bu talablarni kuchlanishning yo‘qolishini kamaytirish va kuchlanishni meoyorlash orqali ta’minlash mumkin.
Kuchlanish yo‘qolishi
ΔU = (P·R + Q·X) / USP (TP)
Kuchlanish yo‘qolishini quyidagi amallar yordamida kamaytirish mumkin:
elektr uzatish liniyalarining kesimini kuchlanish yo‘qolishi shartlaridan kelib chiqqan holda tanlash;
liniya reaktiv qarshiligi (X) uchun ko‘ndalang siim kompensatsiyasini qo‘llash.
Ammo bu X-0da qisqa tutashuv toklarining ortib ketishi bilan xavflidir;
kondensator qurilmalari va qayta uyonish rejimida ishlovchi sinxron elektrodvigatellar yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash orqali.
Kuchlanish yuqolishni kamaytirishdan tashqari elektir tarmoqlarida elektr energiya yuqolishini ta’minlovchi tadbirladan biri reaktiv quvvatni kompensatsiyalash ham energiyani tejashda samaradorlik usuli bulib hisoblanadi. Kuchlanishni quydagi yullar bilan rostlash mumkin. 1)Ta’mirlash markazidagi kuchlanishni rostlash (UTM) yuklama qiymatiga boliq holda transformatsiya koeffisienti avtomatik rostlash qurilmasi bilan jihozlangan transformatorlar orkali signalni oshiradi. Bu jarayon yuklama ostida rostlash(YuOR)deyiladi.Bunday qutilma bilan~10%transformatorlar jihozlangan.Ularni rostlash diapazoni 1.78% diskretlik bilan +_16% ni tashkil qiladi .2) Kuchlanish oraliq transformator podstansiyalarida ham (Utp) rostlanish mumkin .Bunday transformatorlar uramlardagi kavsharlangan chiqishlarni turli transformatormatorlash koeffisientiga ega bulgan uchlariga ulovchi qurilmalar bilan jihozlangan. Bunday usulda rostlash uyg’otishsiz ulash (UU) ya’ni tarmoqdan uzib ulash deyiladi.Bunday rostlash 2.5% diskretlik bilan - +5% ni tashkil etadi. GOST13109-97 belgilab quyilgan chegarada kuchlanishni ta’minlash uchun javobgarlik energiya bilan ta’minlovchining zimmasiga yuklatiladi. Haqiqatdan ham, birinchi( R )va ikkinchi (X ) usullar tarmoqni loihalashtirishda tanlanadi va undan keyin uzgartirilishi mumkin emas. Uchinchi( Q) va beshinchi( Utp) usullar tarmoqdagi yuklamaning mavsumiy uzgarishlarini rostlash uchun samaralidir. Istemochilarning kompensatsiyalovchi qurilmalarni butun tarmoqning ish rejimiga yaoni energiya bilan ta’minlovchi ta’minlovchi tashkilotning ish rejimiga boliq holda markazlashgan tarzda boshqariladi.
|
| |