|
Xalqaro standartlashtirish
|
bet | 8/17 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #255536 |
Bog'liq 1-2 mavzuXalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin holda ishtirok etishi mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‘rofiy yoki iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida o‘tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar, umumiy qonun – qoidalar yoki tavsiflarni o‘zida qamrab olgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
“Me’yoriy hujjat” atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek, umumiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirishning maqsadlari ko‘p qirrali bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), bir turga keltirish, moslashuvchanlik, o‘zaroalmashuvchanlik, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi – muhitni asrash, mahsulotni himoyalash, savdodagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. To‘g‘ri yondoshilgan standartlashtirish borasida bir maqsadning amalga oshishida bir vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
Standartlashtirishda mahsulotning vazifasiga muvofiqligi deganda belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarini buyum, jarayon yoki xizmatlar tomonidan bajarish qobiliyati tushuniladi.
Moslashuvchanlik esa, ma’um sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun nomaqbul ta’sir ko‘rsatmasdan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni birgalikda qo‘llanishiga yaroqliligi deb tushuniladi.
O‘zaro almashuvchanlik – bir xil talablarni bajarish maqsadida bir buyum, jarayon, xizmatdan foydalanish o‘rniga boshqa bir buyum, jarayon, xizmatning yaroqliligidir.
Har xillikni boshqarish (unifikatsiyalash yoki birxillashtirish) deb, muayyan ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan eng maqbul o‘lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.
|
| |