• Metallarni korroziyadan himoyalash. Korroziya ingibitorlari
  • Ingibitorlar
  • Ingibitorlar himoyalash xususiyatlarining kimyoviy tuzilishga bog`liqligi
  • E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Elektrokimyoviy tadqiqot usullariga kirish




    Download 382.58 Kb.
    Sana15.01.2023
    Hajmi382.58 Kb.
    #38271
    Bog'liq
    BAXODIROV A., TOXIROV N.
    Sohadagi yangiliklar haqida matn reja- I. Kirish. It sohasida ka, 119-GURUH AZIZOV SAIDMUROD KURS ISHI 5 KURS TALABASI

    MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
    KIMYO FAKULTETI POLIMER VA KOMPOZITSION MATERIALLAR KIMYOSI YO`NALISHI
    ELEKTROKIMYOVIY TADQIQOT USULLARIGA KIRISH
    Mavzu: INGIBITORLARNING SINFLANISHI, INGIBITORLARNING HIMOYALASH XUSUSIYATLARINING KIMYOVIY TUZILISHIGA BOG`LIQLIGI
    Guruh: 19-01
    tayyorladi: BAXODIROV ABDULATIF
    TOXIROV NAVRUZ

    REJA: 1. Metallarni korroziyadan himoyalash. Ingibitorlar haqida umumiy tushuncha. 2.Ingibitorlarning sinflanishi. 3. Ingibitorlar himoyalash xususiyatlarining kimyoviy tuzilishga bog`liqligi.

    Metallarni korroziyadan himoyalash. Korroziya ingibitorlari Metallar va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalanishining quyidagi usullari amalda keng qo`llaniladi: 1. Himoya qoplama hosil qilish. 2. Korroziyaviy muhitning faolligini kamaytirish (ingibirlash). 3. Metallning xossalarini o`zgartirish (qo`shimchalarni yo`qotish yoki qo`shimchalar qo`shish). 4. Elektrokimyoviy himoyalash. 5. Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish.

    Yuqoridagi himoyalash usullaridan eng samarali, universal, qulay, arzon va ba’zan mumkin bo`lgan yagona usul – korroziyaviy faol muhitni ingibirlash usulidir. Ingibitorlar – maxsus moddalar bo`lib, korroziyaviy muhitga oz miqdorda (10¯⁶ -10¯³ mol/l) qo`shilganda, korroziyalanish jarayonining tezligini keskin pasaytiradi yoki butunlay to`xtatadi. Ingibitorlar sifatida turli individual organik va anorganik moddalar hamda ularning aralashmalari qo`llaniladi. Ingibitorlar atmosferaviy, kislotali muhitdagi, dengiz suvidagi, sovutgich suyuqliklardagi, oksidlovchilardagi, moylardagi va boshqa xil korroziyadan metallarni himoya qilishda ishlatiladi.

    Ingibitorlarning himoyalash xususiyati ularning metall sirtiga adsorbilanib, katod va anod jarayonlarni sekinlashtirishi bilan bog`liq. Metall sirtining eritmaga nisbatan musbat zaryadga ega bo`lishi, anion tipidagi ingibitorlarni, sirtning manfiy zaryadga ega bo`lishi esa, kation tipidagi ingibitorlarni adsorbilanishiga sabab bo`ladi.

    Metallar korroziyasi ingibitorlari ta’sir qilish prinsipi, qo`llanish usuli, tarkibi va boshqa xossalariga ko`ra turlicha tasniflanadi: 1. Ta’sir qilish mexanizmiga ko`ra – anod, katod, ekranlovchi. 2. Tarkibiga ko`ra – organik va anorganik (passivatorlar). 3. Qo`llanish sharoitiga ko`ra – suyuq va bug` fazali.

    O`z navbatida, ta’sir qilish prinsipiga ko`ra ingibitorlar 4 guruhga bo`linadi: 1. Baryer turidagi ingibitorlar: a) adsorbilanish turidagi – katod, anod va aralash turdagi ingibitorlar (atsetilen spirtlari, aminlar); b) oksidlovchi ingibitorlar – passivatorlar – metall sirtida oksid qobig`ini hosil qilib, korroziya potensialini past sohaga siljitadi (xromatlar, nitritlar); d) sirt qavatni o`zgartiruvchi ingibitorlar – metall sirtida erimaydigan qoplamalar hosil qiladi (fosfatlar, silikatlar, ferrosianidlar).

    2. Neytrallovchi ingibitorlar – muhitning pH ini orttiradi (aminlar, soda, bura). 3. Tashuvchilar – muhitdan agressiv komponentlarni chiqarib yuborish uchun qo`llaniladi: a) kislorodni chiqaruvchilar (Na2SO3); b) parchalanish ingibitorlari – muhit destruksiyasi tezligini kamaytiradi (dioksan HCl hosil qiluvchi xloruglevodorodlar parchalanishini sekinlashtiradi). 4. Boshqa ingibitorlar (biosidlar, antikipinlar).

    Metall buyumlarni ekspluatatsiya qilish sharoitiga ko`ra ingibitorlar quyidagi asosiy guruhlarga bo`linadi: 1.Atmosferaviy korroziya ingibitorlari. 2.Ikki fazali (uglevodorod-suv) sistemalar uchun ingibitorlar. 3.Neft mahsulotlari (moylar, yonilg`ilar, sovutgich suyuqliklar) uchun ingibitorlar. 4.Neytral va tuz-suv sistemalari uchun ingibitorlar. 5.Ishqoriy muhit ingibitorlari. 6.Kislotali korroziya ingibitorlari. Ingibitorlarning aralashmasi ishlatilganda, o`zaro kuchaytirish effekti sinergizm va o`zaro susaytirish hodisasi antogonizm deyiladi.

    Ingibitorlar himoyalash xususiyatlarining kimyoviy tuzilishga bog`liqligi. “Ingibitorning tuzilishi – himoyalash xususiyatlari” ga bag`ishlangan ko`plab ilmiy ishlarda ingibitorlarning himoyalash xususiyatini moddalarning turli xossalariga bog`lab o`rganishga harakat qilingan. Ingibitorlarning samaradorligi uglerod zanjirining uzunligiga, tarmoqlanganligiga, o`rin olgan guruhlarning tabiatiga va soniga bog`liq. Masalan, etil, propil, butil, pentil aminlar ingibirlash xossasiga ko`ra quyidagi qatorga joylashadi: NH3

    Sis-aminlarning ingibitorlik xususiyati trans-aminlarga nisbatan kuchliroq ekanligi aniqlangan. Ingibitorlarning himoyalash xossalari ularning metall sirtiga adsorbilanishi bilan bog`liq. Ko`pgina tadqiqotchilar organik moddalarning turlicha adsorbilanishini adsorbilanish markazi bo`lgan atomning elektron zichligini o`zgartirishi bilan tushuntiradilar. Temir uchun ingibitor tarkibiga elektronodonor o`rinbosarlar -NH2, -OH, -OCH3, -CH3 ni kiritish azot atomidagi elektron zichligini kamaytirib, adsorbilanishning kamayishiga ham sabab bo`ladi, natijada, himoyalash xususiyati ham pasayadi; elektronoakseptor guruhlar -NO2, -Br, -Cl esa, adsorbilanishni va himoyalash xususiyatini kuchaytiradi.

    Qo`rg`oshinning ishqoriy muhitdagi korroziyasini sekinlashtirish xususiyati bo`yicha anion-ingibitorlar quyidagi qatorga joylashadi: Ingibitorlarning himoyalash xossalarini ular tuzilishiga bog`liq ravishda o`rganish yangi samarali ingibitorlar sintez qilishga imkon beradi.


    E`TIBORINGIZ UCHUN
    RAXMAT

    Download 382.58 Kb.





    Download 382.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrokimyoviy tadqiqot usullariga kirish

    Download 382.58 Kb.