• Elektroliz jarayoni.
  • Elektroliz. Elektroliz qonunlari




    Download 48,75 Kb.
    bet1/3
    Sana25.03.2017
    Hajmi48,75 Kb.
    #2208
      1   2   3

    Aim.uz


    Elektroliz. Elektroliz qonunlari.

    Reja:


    1. Elektroliz jarayoni.

    2. Suyuqlanma va eritma elektrolizi

    3. Eriydigan va erimaydigan elektrodlar bilan olib boriladigan elektroliz
    Muammoli savollar:

    1. Natriy metalini sanoatda uning suyuqlanmasidan elektroliz qilib olinadi. Nima uchun kaliyni shu usul bilan olib bo'lmaydi?

    2. Sanoatda elektroliz jarayonlarining qanday ahamiyati bor? Korroziya faqat metall va uning birikmalari-gagina xosmi yoki boshqa birikmalarda ham uchrashi mumkinmi?

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.



    3. Korroziyaning qaysi turi eng havfli, nima uchun?
    Elektroliz jarayoni. Elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali o'zgarmas elektr toki o'tkazilganda elektrodlarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektroliz deb ataladi. Elektroliz jarayoni maxsus qurilmalar – elektrolizerlar yoki elektrolitik vannalarda olib boriladi.


    Agar elektrolitning suvdagi eritmasiga o'zgarmas tok manbaiga ulangan elektrod tushirilsa, eritmada tartibsiz harakatda bo'lgan ionlar bir tomonga yo'naladi: kationlar katodga, anionlar esa anodga tomon yo'naladi. Elektr toki manbaining ishlashi natijasida elektronlar anoddan katodga uzatiladi, shu sababli anodda elektronlar yetishmay qoladi, katodda esa ko'payib ketadi. Elektronlar katoddan musbat zaryadlangan ionlarga o'tadi va ularni neytral atomlarga aylantiriladi. Manfiy zaryadlangan ionlar anodga kelib unga o'z elektronlarini beradi va o'zi zaryadsizlanadi. Shunday qilib, elektrolizning mohiyati shundaki, katodda qaytarilish anodda esa oksidlanish jarayoni boradi.

    Masalan, suyuqlantirilgan NaCl ning elektrolizi jarayonini ko'rib chiqamiz.

    Agar NaCl suyuqlanmasi orqali elektr toki o'tkazilsa, suyuqlanmadagi Na va Clionlari tegishli elektrodlar tomon yo'naladi va ularda quyidagi jarayonlar sodir bo'ladi:



    Suyuqlantirilgan NaCl ning elektrolizi umumiy tarzda quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.




    Suyuqlantirilgan elektrolitlarning elektrolizi bilan elektrolit eritmalarining elektrolizi bir-biridan farq qiladi.

    Tuzlarning suvdagi eritmalarining elektrolizida eritmada tuz ionlaridan tashqari suvning dissosilanishidan hosil bo'lgan H va OHionlarining hosil bo'lishi ham hisobga olinadi. Katod atrofida elektrolit va vodorod kationlari hamda anod atrofiga elektrolit va gidroksid ionlari to'planadi. Katod va anodda boradigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni ionlarning oksidlanish-qaytarilish potensiallari qiymatiga bog'liq.



    Vodorod elektrodning potensiali Eo0 ga tengligini va lg[H]-pH ekanligini hisobga olsak, Eo-0,059*pH bo'ladi.

    Tuzlarning neytral eritmalari uchun pH7 ga tengligi uchun,

    Eo-0,059*7-0,41v bo'ladi.

    Agar elektrolit kationini hosil qiluvchi metallning elektrod potensiali – 0,41V dan katta bo'lsa, katodda metall emas, balki vodorod ajraladi. Agar metallning elektrod potensiali – 0,41V ga yaqin bo'lsa, katodda metall ham, vodorod ham birgalikda qaytariladi.

    Kislotali eritmalardan vodorodni ajralib chiqishi vodorod ionlarining zaryadsizlanishi hisobiga boradi. Neytral va ishqoriy eritmalarda suv molekulalari qaytariladi:



    Masalan: NaCl suvdagi eritmasini elektroliz qilinganda, suv molekulalari elektrolizga uchrashi hisobiga katodda Na o'rniga N2 qaytariladi. Umumiy tarzda quyidagicha:


    Elektroliz jarayoni anod materialiga qarab, inert anod bilan bo’ladigan elektroliz va aktiv anod bilan bo’ladigan elektrolizga bo’linadi. Oksidlanmaydigan materialdan (grafit, platina) yasalgan anod inert anod, oksidlanadigan materialdan yasalgan anod aktiv anod deb yuritiladi.

    Тuzlar eritmalarining elektrolizini misollar asosida kurib chiqamiz.

    1) KNO3 tuzi eritmasining inert anod ishtirokidagi elektrolizi:

    KNO3  K NO3-

    K /K uchun Eo = -2,93 V bo’lib, K kationlari katodda qaytarilmaydi,

    NO3- anionlari suvli eritmalarda oksidlanmaydi. Katodda va anodda suv molekulasi qaytariladi va oksidlanadi:

    Katodda (-): 2H2O 2e- = 2OH- H2;

    Anodda ( ): 2H2O - 4e- = 4H O2 .

    CuCl2 eritmasining inert anod ishtirokidagi elektrolizi.

    CuCl2  Cu2 2Cl-

    Misning standart elektrod potensiali Eo = 0,34V bo’lganligi uchun katodda faqat mis ionlari qaytariladi, anodda esa xlorid ionlari oksidlanadi:

    Katodda (-): Cu2 2e- = Cu;

    Anodda ( ): 2Cl- - 2e- = Cl2

    elektroliz

    CuCl2 ----------> Cu Cl2

    2) Тuz eritmalarining aktiv anod kullanilgandagi elektrolizi.

    Bunday elektroliz jarayonida anod materiali eriydi. Masalan, kadmiy sulfat eritmasining elektrolizini misol kilish mumkin:

    CdSO4  Cd2 SO42-
    Katodda (-): Cd2 2e- = Cd

    Anodda ( ): Cd - 2e- = Cd2



    Elektroliz qonunlari.

    Kadmiy (lot. Cadmium), Cd - Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%).

    Elektroliz vaqtidagi anodda boradigan oksidlanish jarayonida anod materiali ikki guruhga: erimaydigan va eriydigan anodlarga bo'linadi.

    Oksidlanmaydigan materialdan (grafit, platina) yasalgan anod erimaydigan (inert) anod, oksidlanadigan materialdan yasalgan anod eriydigan (aktiv) anod deyiladi.

    Elektr energiyasining ta'sirida vujudga keladigan kimyoviy jarayonlar unumi bilan elektr toki o'rtasida miqdoriy bog'lanish borligini dastlab 1836 yilda ingliz olimi M.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) - xalq. [[Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-y.lar oʻrtalari), jumladan, [[Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln.

    Faradey aniqladi. Faradey fanga elektrod, anod, katod, anion, kation, elektrolit, elektroliz tushunchalarini kiritdi. Faradey o'z tajribalarini bajarishda bir necha galvanik elementni ketma-ket ulab, batareya hosil qildi; elektroliz qilishda ana shu batareyadan elektr manbai sifatida foydalandi. U o'zining ilmiy kuzatishlari asosida quyidagi elektroliz qonunlarini kashf etdi:

    1. Faradeyning I qonuni. Elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi miqdori eritmadan o'tgan elektr toki miqdoriga to'g'ri proporsional bo'ladi.

    2. Faradeyning II qonuni. Agar bir necha elektrolit eritmasi orqali bir xil miqdorda ketma-ket ulangan holda, elektr o'tkazilsa elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massa miqdorlari o'sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional bo'ladi.

    Elektroliz vaqtida elektrodlarda 1 g – ekvivalent modda ajralib chiqishi uchun elektrolit eritmasidan 96500 kulon elektr toki o'tishi kerak. Bu son Faradey soni (F) deyiladi.

    Faradey qonunlaridan

    yoki

    ifoda kelib chiqadi.

    Bunda, m-moddaning massasi, E-moddaning gramm ekvivalenti (g-ekv); I-tok kuchi; Q-elektr miqdori; t-vaqt; F-Faradey soni; F96500.

    Elektroliz metallurgiya, kimyo sanoati va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi.

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.

    Metallarni ularning birikmalaridan ajratib olish, metall buyumlarni korroziyadan saqlashda, metall sirtiga korroziyabardosh metall qoplash kabi ishlarda elektrolizdan foydalaniladi.


    Nazorat savollari

          1. Elektroliz jarayonini tushuntiring.

    2. Eritma va suyuqlanma elektrolizini boorish mexanizmini tushuntiring.

    3. Faradey qonunlarini ayting.

    4. Elektrodlar turi haqida tushuncha bering.
    Tayanch so'z va iboralar

    Elektroliz, suyuqlanma elektrolizi, eritmalar elektrolizi, elektroliz qonunlari, elektrodlar turi, eriydigan elektrodli elektroliz


    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. YU.T.Toshpo'latov, SH.YE.Ishoqov. Anorganik kimyo. Toshkent.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    «O'qituvchi». 1992 y.

    2. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O'zbekiston». 2000 y.

    3. Q.Ahmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent. «O'zbekiston» 2003 y.




    Aim.uz



    Download 48,75 Kb.
      1   2   3




    Download 48,75 Kb.