• Tebranishlar
  • Elektromagnit tebranishlar




    Download 22.21 Kb.
    bet1/3
    Sana03.11.2023
    Hajmi22.21 Kb.
    #93772
      1   2   3
    Bog'liq
    to\'lqin uzunliklari
    BOBIRBEK, Avazmurodov Mardon, 702, Arablarning O’rta Osiyoni istilo etilishi va Movarounnahrdagi bo, Pedagogika. Psixologiya2, МИКРОПРОЦЕССОР МЕТОДИК ҚЎЛЛАНМА 2016 2017, pedogika 4, metonimiya, yeoju., windows server, Маvzu Zamonaviy shaxs tarbiyasi-fayllar.org, Practical lessons7 8, 3-kurs Siddiqov Ozodbek, 1711362179

    Mavzu:300mhz , 3000mhz , 30000mhz elektromagnit tebranishining erkin fazodagi to’lqin uzunliklari qanday bo’ladi?


    Elektromagnit tebranishlar — elektromagnit maydonni hosil qiluvchi elektr va magnit maydonlarning oʻzaro bogʻlangan takrorlanuvchan oʻzgarishlari. Tebranish konturida hosil qilinadi. Tebranish konturidagi dastlab zaryadlangan kondensator qoplamalari induktivlik gʻaltagi orqali ulansa, konturda kondensator zaryadining va gʻaltakda tokning erkin tebranishlari yuzaga keladi.
    Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan harakatlar. Mas., soat mayatnigining tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa tebranishlarga ajraladi.
    Tebranishlar tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga, samolyot qanotlarining tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda tebranishlarni xavfli chegaragacha kutarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan tebranishlar texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Masalan, radiotexnika tebranma jarayonlarga asoslangan. Tebranayotgan tizimga koʻrsatilayotgan taʼsir xarakteriga koʻra, tebranishlar erkin tebranishlar, majburiy tebranishlar, avto tebranishlar va parametrik tebranishlarga boʻlinadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin oʻzicha tebranadigan tizimda yuz beradigan tebranishlarga erkin tebranishlar; davriy ravishda oʻzgaruvchi tashqi kuch taʼsiri ostida boʻladigan tebranishlarga majburiy tebranishlar deb yuritiladi.

    Avtotebranishlar vaqtida majburiy tebranishlardagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi, biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Masalan, mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik tebranishlar vaqtida tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.


    Eng sodda tebranish garmonik tebranishlardir. Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus yoki kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar oʻz xarakteri boʻyicha garmonik tebranishlarga juda yaqin; boshqacha koʻrinishdagi davriy tebranishlarni ustmaust tushgan bir necha garmonik tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay, ulardagi tebranishlarning oʻziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi. Garmonik tebranishlarning oʻzaro qoʻshilishidan turli tebranishlar, mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro perpendikulyar ikkita garmonik tebranishlar yigʻindisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik tebranishlar yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari gʻoyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik tebranishlardan iborat turlicha murakkab tebranishlar mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va boshqafan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi



    Download 22.21 Kb.
      1   2   3




    Download 22.21 Kb.