|
Samonline bilan shartnoma tuzasiz
|
bet | 2/4 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 344,27 Kb. | | #118377 |
Bog'liq 16 Электрон тижоратSamonline bilan shartnoma tuzasiz.
Texnik ulanish amalga oshiriladi.
Bu haqida yanada to’liqroq ma`lumotni samonline.uz saytidan olishingiz mumkin.To’lov tizimiga ulangan sayt foydalanuvchilari saytga pul to’lash uchun samonlinedan registratsiyadan o’tadilar, so’ng ularga electron raqamli imzo (parol) beriladi. Qachonki saytda to’lovni amalga oshirmoqchi bo’lsalar ana shu kodni saytdagi kod kiritiladigan joyiga yozishadi va shu bilan to’lovni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Bunga misol tariqasida pul to’lashni demo versiyasini ishlatib ko’rishingiz mumkin:
http://samonline.uz/shop/demo/test.php
SmartVista card – plastik kartochkalari.Hozirgi kunda uzcard o’rniga chiqishi kutilayotgan online plastik kartalar.Bu plasrik kartochkalari bilan internet saytlari uchun ham pul to’lash mumkinligi aytilmoqda. Hozirda bu proyekt ustida Markaziy bank, Moliya Vazirligi, Aloq va Axborotlashtirish agentligi kabi yirik tashkilotlar ish olib borishmoqda, ajabmaski yaqin 2,3 yil ichida bu plastic kartochkalari ham muomalaga qo’yilsa.
Beesyst - electron to’lov tizimi.Bu tizimda ham hozirda juda ko’lab xizmatlarga pul to’lash mumkin.
S ms to’lov – sms to’lovni asosiy ishlash prinspi bu avvalo ushbu tizimdan ro’yxatdan o’tasiz, ro’yxatdan o’tishda sizning biror bankdagi hisob raqamingiz (masalan har oy maoshingiz tushadigan plastic kartangiz hisob raqami) tizimga ulanadi va siznin mobil telefoningizga mahsus dastur o’rnatib beriladi. Bu dasturga kirish uchun sizga login va parol va electron raqamli imzo beriladi. To’lovni amalga oshirish uchun telefoningizdan dasturni yoqasiz, unga pin kod (5555) ni terasiz, so’ng login parol terasiz, so’ng oplatitni bosib, nimaga to’lash kerak bo’lsa ushani tanlab to’lovni amalga oshirasiz. Bu haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz marxamat: www.smst.uz/help21 sms to’lov orqali xattoki uyingizda o’tirib paynetdan o’z telefon raqamingiz hisobiga pul tushirishingiz mumkin. Undan tashqari bir qator supermarketlarda ham sms to’lov orqali pul to’lay olasiz, shu bilan birga internet saytlari uchun ham, masalan megaskidka.uz sayti hozirda shu to’lov tizimidan ham foydalanmoqda.
M a`lumki elektron tijorat rivojlangani sari undagi tovarlar va xizmatlar uchun pul to’lashimizga to’g’ri keladi. Lekin bizda hozirgacha odamlar internet orqali pul to’lab biror narsa sotib olishlari qiyin bo’lmoqda, negaki bizda hali elektron to’lov tizimlari yaxshi rivojlanmagan emish. Man shu sababdan ham ushbu maqolamni yozdim. Mani fikrimcha O’zbekistonda yetarlicha elektron to’lov tizimlari bor, lekin ulardan real foydalanadigan saytlar kam.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, elektron to‘lovlardan foydalanib davlat ehtiyojlari uchun elektron xaridni amalga oshirish davlat budjeti xarajatlarini 20-40 foizga, tadbirkorlar uchun esa ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini 5-10 foizga kamaytirish imkonini beradi. Bugun yurtimizda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, yaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va texnologik infratuzilma xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, jumladan, tadbirkorlarga internet va mobil aloqa vositalari orqali elektron to‘lovlar, elektron tijorat tizimidan samarali foydalanish uchun qulay sharoitlarni yaratmoqda. Ushbu maqolamizda tashkil qilinganiga ko‘p bo‘lmagan, ammo yetarlicha foydalanuvchilariga ega "SMS-To'lov" va Websum elektron to‘lov tizimlari haqida hikoya qilamiz.
SMS-To'lov" tizimi O‘zbekiston Respublikasining "Elektron to‘lovlar to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda elektron tijoratni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2010 yilning 24 dekabrida Respublika Savdo-sanoat palatasi "SSP-MAROQAND" unitar korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Tizimni yaratish jarayoniga Germaniya va Yaponiya ekspertlari ham jalb qilingan. "SMS-To'lov"ning ustuvorligi uning yordamida istalgan turdagi mobil aloqa, internet, shuningdek, SMS vositasida naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkinligidadir.
Tizim yordamida bank plastik kartochkasidagi mablag‘lardan yuqori unum bilan foydalanish imkoniyati bor. "SMS-To'lov" tizimi orqali turli tovar va xizmatlar uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun fuqaro o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga pasport va mobil telefoni bilan tashrif buyurishi hamda "SMS-To'lov" tizimida ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi. Bank xodimi bir necha daqiqa ichida mijoz va uning mobil telefon raqamini tizimda ro‘yxatdan o‘tkazib, mobil telefoniga maxsus elektron raqamli imzo kaliti bilan himoyalangan dastur-ilova o‘rnatadi hamda qat'iy sir tutilishi lozim bo‘lgan maxsus login va parol taqdim etadi. Bu — mijozning mobil telefoni bank plastik kartochkasiga ulanganini bildiradi.
Mobil telefonimizda so‘zlashuv, fotokamera, soat, kalkulator, pleer va shunga o‘xshash xizmatlardan foydalanishga ko‘nikib qolganmiz, lekin uni to‘lov vositasi sifatida sinab ko‘rmaganmiz. Bank tomonidan o‘rnatilgan mobil-ilova yordamida internetga ulanmasdan, bir necha soniya ichida bir necha turdagi tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Masalan:
Mobil aloqa
Kommunal
Internet provayderlar
Savdo-sanoat palatasi xizmatlari hamda soliq to‘lovlarini uydanmi, ishdanmi yoki ko‘chadan turib mobil telefon orqali amalga oshirish imkoni mavjud. Barcha to‘lovlar qo‘shimcha xizmat haqisiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, shahar jamoat transporti, shahar telefon tarmog‘i, sug‘urta, avia va temir yo‘l chiptalariga buyurtma berish va sotib olish, taksi xizmatlari va DAN to‘lovlarini amalga oshirishni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilapti.
Bugungi kunda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Mikrokreditbank", "Asaka", "InFinBank", "Universalbank" va "Hamkorbank" tijorat banklari "SMS-To'lov" tizimida xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Yana bir nechta bank ushbu tizimda sinovdan o‘tkazilmoqda.
|
| |