• Ulanish shartlari va hisobni to‘ldirish
  • Elektron biznes va Mobil-tijorat. Reja




    Download 344,27 Kb.
    bet3/4
    Sana14.12.2023
    Hajmi344,27 Kb.
    #118377
    1   2   3   4
    Bog'liq
    16 Электрон тижорат

    Websum tizimi
    Yuqorida keltirib o‘tganimiz — "SMS-To'lov" tizimi mobil telefon orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini yaratsa, Websum tizimi internet orqali savdo va to‘lovni bajarish qulayligini taqdim etadi.
    2010 yilning iyunida ro‘yxatdan o‘tgan E-SERVICES HAUSE (Elektron xizmatlar uyi) kompaniyasi bugungi kunda internet tarmog‘i orqali Websum savdo belgisi ostida elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.
    Ulanish shartlari va hisobni to‘ldirish
    Websum internet to‘lov tizimiga ulanish uchun pasport nusxasini skaner qildirgan holda ro‘yxatdan o‘tish lozim, bu — tizimda xavfsizlikni ta'minlash uchun muhim. Websum tizimi nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslarga ham ochiq. U internetda biznesni tashkil qilish va yuritishga yo‘l ochadi.
    Foydalanuvchi o‘zining internetdagi hamyonini barcha infokiosk va terminallar orqali (bunday terminal va kiosklarning soni respublikamizda 56 000dan oshadi) "UZKART" plastik kartochkalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldirib olishi mumkin. Bunda abonent to‘lovi va xizmatlar uchun foizlar mavjud emas.
    Elektron to‘lov tizimi bo‘yicha internet orqali xizmat ko‘rsatadigan kompaniyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning eng yirigi bu – Paypal tizimidir. 1998 yili tashkil etilgan PayPal ayni paytda jahonning 200ga yaqin mamlakatida faoliyat olib boradi va 160 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan mijozlariga ega. Tizim 17 ta milliy valyutada ish yuritadi.
    Aynan PayPal tizimida birinchi bo‘lib mijozlar o‘rtasida to‘lovni amalga oshirishda elektron pochtadan foydalanish joriy etilgan. Uning bizda mavjud tizimlardan farqi ham shundan iboratki, mijoz to‘lovni o‘z uyida yoki ish joyida internet orqali amalga oshiradi. Himoyalangan bog‘lanish orqali akkauntga e-mail va parol kiritilgandan so‘ng tizimdan foydalaniladi. Shuningdek, PayPal foydalanuvchilari bir-birlarining hisobiga pul o‘tkazishlari ham mumkin. Mijozlar tizimdan foydalanganda mablag‘larni o‘zlarining bank kartalari yoki bankdagi hisob raqamlari yordamida qoplaydi. Ushbu tizim orqali nafaqat turli xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish, balki eBay kabi internet auktsionlardan har xil mahsulotlarni sotib olish ham mumkin.
    2003 yili tashkil etilgan yana bir yirik elektron to‘lov tizimi – Moneybookers asosiy raqobatchisi PayPalga etarlicha qarshilik ko‘rsatmoqda. Bugunga kelib 170dan ortiq mamlakatda ushbu tizimning mijozlari mavjud.

    Download 344,27 Kb.
    1   2   3   4




    Download 344,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron biznes va Mobil-tijorat. Reja

    Download 344,27 Kb.