|
Kommunal to‘lovlar muammosi va yechimi
|
bet | 4/4 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 344,27 Kb. | | #118377 |
Bog'liq 16 Электрон тижоратKommunal to‘lovlar muammosi va yechimi
Kundalik hayotimizda elektr quvvati, tabiiy gaz, ichimlik suvi kabi kommunal xizmatlardan doimiy ravishda foydalanib kelamiz. Bundan tashqari, telefon, mobil aloqa va Internet kabi vositalar ham turmushimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida turli muammolar kelib chiqishi hech kimga sir emas. Elektr yoki gaz nazoratchisi xonadoningizga tashrif buyurib, to‘lovni qabul qilib oladi va bu haqda kvitantsiya yozib berib ketadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan boshqa bir nazoratchi kelib, falon summada kommunal to‘lovni amalga oshirishingiz lozimligini so‘raydi. Unga avvalgi nazoratchi berib ketgan kvitantsiyani ko‘rsatasiz. Yo ushbu kvitantsiya haqiqiy emas deb topiladi, yo boshqa biror sabab ko‘rsatilib, qayta to‘lovni amalga oshirishingiz talab etiladi. Afsuski, bu kabi tushunarsiz holatlar hozir ham yuz berib turibdi. Ayniqsa, qishloq joylarda bunday vaziyatlarga ko‘p bora duch kelinyapti. Xo‘sh, muammo qanday bartaraf etiladi? Mutasaddilar tomonidan buning choralari ko‘rilayotgani aniq. Bizningcha, ushbu masala yechimini topishda axborot texnologiyalari yaqindan yordam bera oladi.Qanday qilib deysizmi? Elektron to‘lov tizimi orqali to‘langan mablag‘ shu zahotiyoq xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisobiga borib tushadi va u qayd etiladi. Shuning uchun topshirilgan mablag‘ning “qaerdadir yoki kimnidir qo‘lida qolib ketishi” ehtimoli yo‘q.To‘lab borilayotgan mablag‘ning hisob-kitobini olish ham ancha osonlashadi.Hozirda elektron tizimlar orqali kommunal xizmati haqini to‘lovchilar buni yaxshi bilishadi.
PAYNET kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Pyotr Tenning ma’lum qilishicha, tizim bo‘yicha ilk to‘lovlar 2006 yili bajarilgan. Birinchi pin-kod 2006 yilning 3 avgustida “off-line” tartibida 5000 so‘mga sotilgan.Ushbu pin-kod “ARS-Inform” internet-provayderiga tegishli edi.2006 yilning 1 dekabrida esa, 5000 so‘mlik ilk tranzaktsiya “on-line” rejimida amalga oshirildi.U “MTS-O‘zbekiston” kompaniyasi mijozining hisobini to‘ldirdi.
PAYNET tizimi orqali eng katta bir martalik to‘lov 100 000 so‘mni tashkil etadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu chora ko‘rilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi, birinchi navbatda, xavfsizlikni ta’minlash. Tizimni ishga tushirish endigina boshlangan davrda, bugungi kunda mavjud bo‘lgan “bekor qilish” avtomat funktsiyasi yo‘q edi. O‘shandan beri ikki yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu vaqt ichida bozor, tizim orqali katta miqdordagi mablag‘larni o‘tkazishga hojat yo‘qligini va 100 000 so‘mdan ko‘p bo‘lgan mablag‘lar deyarli o‘tkazilmasligini ko‘rsatdi. Ammo cheklangan miqdordagi mablag‘dan ko‘proq pulni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar to‘lovni bo‘lib, bir necha marta amalga oshirishlari mumkin.
Bugungi kunda PAYNET tizimida ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun to‘lovlar qabul qilinadigan kompaniyalar soni 20 dan oshadi.
Nazorat savollari:
Bank tomonidan o‘rnatilgan mobil-ilova yordamida internetga ulanmasdan, bir necha soniya ichida bir necha turdagi tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkinmi?
Sms to’lovni asosiy ishlash prinspi nimalardan iborat?
Davlat statistika qo‘mitasi sayti orqali har bir tadbirkorlik subyekti statistik hisobotni elektron ko‘rinishda topshirishi mumkinmi va qanday?
Bugungi kunda PAYNET tizimida ko‘rsatayotgan xizmatlari haqida nimalar bilasiz?
|
| |