• Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
  • "Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalari muhokama qilindi




    Download 11,76 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana18.12.2023
    Hajmi11,76 Kb.
    #121998
    Bog'liq
    229 (1)



    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
    Elektron hukumat bo'yicha loyihalar
    "Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va
    boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalari
    muhokama qilindi
    2016 yil 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
    Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi hamda O'zbekiston
    Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
    tomonidan "Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi
    organlari oldida turgan dolzarb masalalar" mavzusida seminar tashkil etildi.
    Joriy yilning iyun oyida kuchga kiradigan O'zbekiston Respublikasining "Elektron
    hukumat to'g'risida"gi qonunining mazmun- mohiyatini keng targ'ib qilish, keng qamrovli
    tushuntirish ishlarini olib borish, davlat idoralari oldida turgan vazifalarni belgilab olish
    maqsadida bugungi kunda qo'shma rejali chora-tadbirlar asosida ishlar amalga
    oshirilmoqda.
    Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi
    organlarining ma'sul raxbarlari va xodimlari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
    masalalari qo'mitasi huzuridagi jamoat ekspert guruhi a'zolari, nodavlat notijorat
    tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vaqillari, shuningdek
    keng doiradagi axborot-kommunikatsiya sohasining mutaxassislari ishtirok etdilar.
    2015 yil 9 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Elektron
    hukumat to'g'risida"gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va
    fuqarolar, tadbirkorlar o'rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro
    manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog'ida ta'lim-tarbiyaviy, foydali
    kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o'zgarishlarning keng qamrovli
    yangi bosqichini boshlab berdi.
    "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonun mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy
    qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati aniq ifodalab beruvchi me'yoriy hujjatdir.
    Uni amalda tatbiq etish davlat organlarining faol ishtirokini talab qiladi. Sababi davlat
    organlari "elektron hukumat" sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirib, mazkur
    yo'nalishdagi dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etishlari belgilab berilgan. Davlat
    idoralarining "elektron hukumat" sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarini,
    shuningdek interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chiqishi, ularning uzluksiz ishlashini
    ta'minlash, aholiga masofadan turib sifatli xizmat ko'rsatish qonunda belgilangan.
    Seminarda xalqaro tajriba va jahon amaliyotida "elektron hukumat"ga oid
    qonunchilikning amalda tatbiq qilinishi, hujjat mazmun-mohiyatini fuqarolar o'rtasida
    1 / 2


    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
    Elektron hukumat bo'yicha loyihalar
    targ'ib qilishning uslubiy va texnik tavsiyalari yuzasidan ma'lumotlar berildi.
    Qonunning maqsad hamda vazifalari, asosiy tushunchalari, "elektron hukumat"
    tizimining asosiy prinsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini
    ko'rsatishga qo'yiladigan talablarga oid normalar qayd etilgan. Shuningdek, Qonunda
    "elektron hukumat" infratuzilmasi, mazkur sohadagi davlat boshqaruvi, davlat
    organlarining "elektron hukumat" tizimi doirasidagi o'zaro hamkorligiga oid munosabatlar
    tartibga solinishi belgilangan.
    Qonunning asosiy vazifasi – davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va
    shaffofligini ta'minlash, ularning mas'uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va
    tadbirkorlik sub'ektlari bilan axborot almashishni ta'minlashning qo'shimcha
    mexanizmlarini yaratish. Shu bois, unda elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishda, shu
    jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va
    jismoniy shaxslar bilan o'zaro munosabatlarini tartibga solingan.
    Bu esa davlat xokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tegishli normativ-huquqiy
    xujjatlarni o'z vaqtida va to'liq qabul qilish, elektron davlat xizmatlari reglamentlari,
    axborot tizimlari, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan idoraviy
    dasturlarni o'z vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlashni, elektron davlat xizmatlarini
    ko'rsatish tartibi to'g'risidagi to'liq axborotlarni aholiga to'liq taqdim qilish, davlat
    xokimiyati va boshqaruv organlarining rasmiy saytlari faoliyatini yanada
    takomillashtirishni, o'z vaqtida xizmat ko'rsatishni talab qiladi.
    Elektron hukumat togrisida qonunini yuklash
    Elektron hukumat togrisida qonunini yuklab olish (doc, 132 kb)
    2 / 2

    Download 11,76 Kb.




    Download 11,76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldida turgan dolzarb masalalari muhokama qilindi

    Download 11,76 Kb.
    Pdf ko'rish