III.Bob.Ta’lim sohasida taqdim etilayotgan “Elektron hukumat”xizmatlari portal




Download 9,99 Mb.
bet11/16
Sana16.01.2024
Hajmi9,99 Mb.
#138987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11. Elektron hukumatda interaktiv xizmatlardan foydalanish

III.Bob.Ta’lim sohasida taqdim etilayotgan “Elektron hukumat”xizmatlari portal


Jamoat axborot ta’lim tarmog‘i – ziyonet.uz


O‘zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish borasida olib borasidagi loyihalarda ta’limda keltirilgan global muammoning tom ma’nodagi echimi sifatida quyidagi tuzilmani keltirish mumkin.

“Elektron hukumat” tizimidagi “Ta’lim” axborot tizimlar kompleksining asosiy maqsadi, ichki qatlam muassasalari bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarga ega yagona ma’lumotlar bazasiga ega axborot tizimlarini ishlab chiqish va foydalanuvchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishdir.


Bu ta’lim kompleksi “Elektron hukumat” tizimining boshqa axborot komplekslari bilan ma’lumot almashinuviga asoslangan holda tashkil etiladi. Ya’ni, undagi ma’lumotlar yaxlit tizimning mavjud barcha elementlaridan bo‘lgan ob’ekt va sub’ektlari bo‘yicha real voqealikni qamrab olish imkoniyatiga ega emas.
Har bir fuqaro minimal darajada umumta’lim yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasini tugatgan bo‘lib, unga bo‘yicha ta’lim muassasi tomonidan ta’lim olganligi haqida guvoxnoma yoki diplom berilgan. Fuqaro biror joyga hujjat topshirsa, albatta undan ta’lim muassasalari tugatganligi, agar mavjud bo‘lsa malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning nusxasi talab etilishi tabiiy hol. Fuqarolarning ta’limini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shakllarini saqlovchi va turli axborot tizim komplekslariga taqdim etuvchi ma’lumotlar bazasining yo‘qligi muammosini keltirish mumkin.

  • Umumiy holda ta’lim sohasi uchun davr talabidan kelib chiqqan hol quyidagi global muammolarni keltirish mumkin:

  • Bir xillikdagi ta’lim muassasalari faoliyatini to‘liq qamrab oluvchi yagona tuzilmali axborot tizimni tadbiq etish;

  • Bir xillikdagi ta’lim muassasalariaro va ularning yuqori pog‘onalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuni ta’minlash;

  • Ta’limni barcha bosqichlari o‘rtasidagi axborot tizimlarning integratsiyasini qurish;

  • Turli bosqichdagi ta’lim muassasalariaro ma’lumot almashinuvda ortiqchalikni bartaraf etish;

  • Ma’lumotlarni intellektual taxlili asosida extiyoj-talablarni qanoatlandiruvchi va qarorlar qabul qilishga ko‘maklashuvchi multi tizimlarni amaliyotgan tadbiq qilish;

  • Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va malaka oshirish muassasalarni faoliyatini avtomatlashtirish, monitoring qilish;

  • Ta’lim oluvchiga berilgan standartli guvohnomalarni elektronlashtirish va integratsiyalanuvchi yagona sertifikatlashtirish bazasini ishlab chiqish;

  • Muassasalararo zamonaviy elektrgn hujjat aylanish tizimi qo‘llash

  • Keng qamrovli ish bilan ta’minlash masalasi va bu yo‘nalishda monitoring olib borishni avtomatlashtirish;

  • Zamonaviy vositalar va texnologiyalar bilan qurollangan (multi resurslarga ega) mustaqil va masofaviy ta’lim olish tizimlarini yo‘lga qo‘yish;

  • Axborot tizimlarni extiyoj-murojaatlarni qanoatlandiruvchi elektron xizmatlar bilan ta’minlovchi bazaviy elektron xizmatlar portalini ishlab chiqish;

  • Foydalanuvchilar uchun turli axborot tizimlarda ko‘rsatiladigan xizmatlarni yagona oyna orqali ko‘rsatishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy vositalar yaratish;

  • Amaliyotga joriy etiladigan axborot tizimlarni turli qurilmalarda onlayn va oflayn rejimda ishlashini ta’minlash uchun adaptiv ilovalarini yaratish;

  • Tizim foydalanuvchilari faoliyatini monitoring qilish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash.

ZiyoNET ta’lim tarmog‘i



Jamiyat rivojining bugungi bosqichi bevosita texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har kanday sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazgani kabi, axborot uzatish tizimiga ham tobora yangi o‘zgarishlar olib kirmoqda. Shundaylardan bo‘lmish Internet, ayni davrda dunyo bo‘yicha jadallik bilan global auditoriyani egallab bormoqda. Binobarin, bugun Internet o‘zida barcha sohalar imkoniyatlarini mujassam etmokda.
“Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, axborot texnologiyalari jamiyat tuzilmasining shu qadar ajralmas qismiga aylanib ulgurdi-ki, endi u shunchaki texnologik jarayon emas, aksincha, ijtimoiy jarayonga aylanib bormoqda. Davlatning iqtisodiy qudrati, xalqaro nufuzi, demokratik institutlarning rivoji darajasi — bari-bari axborot texnologiyalari taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib bormoqda.”
Mamlakat maktablari, litseylari, kollejlari o‘quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek Internet tarmog‘ining milliy segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish maqsadida hukumatimizning bir qator qaror, farmoyish va buyruqlari chiqarilgan.
Shular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “Jamoat ta’limi axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191qarorini keltirish mumkin. Qarorga asosan, mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarni “ZiyoNET” tarmog‘iga ulash vazifalari yuklatilgan va unga binoan mamlakatimizda 12000 ga yaqin ta’lim muassasalarini birlashtirishi ko‘zda tutildi va ZiyoNET ta’lim tarmog‘i tashkil etildi.
Tarmoqning tashkil topishi yoki unga zaruratiga quyidagilar asosiy turtki bo‘ldi:

  • Yagona axborot portalining yo‘qligi;

  • Milliy resurslarning etarli darajada to‘ldirilmaganligi;

  • Milliy resurslar faoliyati tizimlashtirilmaganligi;

  • Internettarmog‘ida agressiv (tajavuzkor) kontent mavjudligi;

  • xorijiy axborot internet-saytlarining tarqalishi

Mazkur kabi muammolar milliy telekommunikatsiya tizimida o‘quv-ta’lim, ilmiy, yoshlar hamda bolalar muassasalari va tashkilotlari uchun mo‘ljallangan axborot materiallarini birlashtiruvchi yagona axborot-resurs maydonchaga ega bo‘lgan jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirdi.


Shunga ko‘ra, “Jamoat ta’limi axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.Mazkur ta’lim tarmog‘ining maqsadi -Internet tarmog‘ida mahalliy axborot ta’lim resurslarini yaratish va shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish hamda AKTni ta’lim jarayoniga singdirishga ko‘maklashishdan iborat.
Mazkur qarorning eng muhim ikki jihatiga e’tibor qaratish lozim.
Birinchisi, mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy muassasalarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga ulash faqat «ZiyoNET» tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
Ikkinchisi, eng muhimi, shaxsiy domen nomlarni ro‘yxatga olish, axborot resurslarini «ZiyoNET» tarmog‘i Resurs markazining texnologik maydonchasida joylashtirish, saqlash va qo‘llab-quvvatlash, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar hamda boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalardagi foydalanuvchilarga BEPUL ko‘rsatiladi.
“ZiyoNET” tarmog‘ining vazifalari:

  • yoshlar uchun milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • yoshlarning ma’naviy va aqliy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadigan axborotdan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash:

  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy tarbiya va sport turlarini ommalashtirish:

  • o‘quvchilar va yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish usullarini va boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ta’lim tizimiga joriy etishda ko‘maklashish kabilardan iborat.

«ZiyoNET» tarmog‘i mamlakat maktablari, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, hattoki kutubxona va muzeylar xam xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internetga ulash faqat ZiyoNET orqali amalga oshiriladi.
“ZiyoNET" tarmog‘ining shakllanishi maktab, litsey va kollejlar o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalarining axborotlarga ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish, shuningdek, Internetning O‘zbekiston segmentida yoshlar uchun ta’lim olish va o‘z bilimlarini orttirishga xizmat qiladigan axborot resurslarini rivojlantirish imkoniyatini yaratdi.
“ZiyoNET” bir paytning o‘zida bir nechta funksiyalarni amalga oshiradi. Ilmiy tilda aytsak, “ZiyoNET” bu — jamoat ta’lim axborot tarmog‘i. Ammo, unga qo‘shimcha ta’riflarni ham berish mumkin.
“ZiyoNET” bu — ma’rifiy internet gazeta. Chunki, tarmoqda ta’limga oid eng so‘nggi yangiliklar, xabar va maqolalar tezkor ravishda yoritib boriladi. Bu esa tarmoqning elektron nashr sifatidagi funksiyalarini anglatadi.
“ZiyoNET” bu — keng qamrovli pedagogik virtual kutubxona.
Unda ilmiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, dars ishlanmalari va boshqa pedagogik ilmiy ishlar jamlanadi. Bu esa barcha pedagoglarning ish faoliyati jarayonida asqotadi. Ta’lim jaryonida uning mazmundorligini oshirishda kerak bo‘ladigan foydali ilmiy-nazariy qo‘llanmalar to‘plami joylashtiriladi.
Tarmoqning jamiyat hayotidagi ahamiyati shundan iboratki, avvalo ayni paytda yoshlarga nisbatan sodir bo‘layotgan turli axborot xurujlarining oldini olishga xizmat qiladi. Ta’limga oid va yoshlar uchun mo‘ljallangan axborotlarni yagona tizimga soladi. Milliy ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ta’lim va madaniy-ma’rifiy axborot resurslarining etarlicha boyitilishga sabab bo‘ladi. Oqibatda yoshlar o‘rtasida ma’naviy buzuq va zararli xorijiy saytlarning ommalashuv hodisasi keskin kamayadi.
Hozirda Respublikadagi 9763 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 96% i “ZiyoNET” axborot ta’lim tarmog‘iga ulangan.
ZiyoNET tarmog‘iga ulanish. Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i negizida birlashishlari kerak. 2013 yil 10 iyul sanasidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ №198-son Qaroriga asosan ta’lim muassasalarini ZiyoNET tarmog‘i resurslari ulash "O‘zbektelekom" AK tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muasasalarining tarmoqqa ulanishlariga va moliyaviy masalalarning hal etilishiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, “Kamolot” YOIH mas’ul hisoblanadilar.
Ta’lim muassasalarini tarmoqqa ulanish masalalariga oid barcha savollar bilan ma’sul vazirliklar va boshqarmalarga, shuningdek ZiyoNET tarmog‘i provayderiga murojaat etiladi.

“ZIYONET “ta’lim portali bo‘yicha qisqacha statistik ma’lumot:



  • Ulangan maktablar–9763 ta

  • Ulangan kollej va litseylar- 1 467 ta

  • Axborot resurslari- 73 000 tadan ziyod

  • Ta’lim videomateriallari–17 000 tadan ziyod

  • Ta’lim sayt-satellitlari - 2600 tadan ziyod

“Elektron ta’lim” milliy tarmog’i

  • Ulangan oliy ta’lim muassasalari –160 tadan ziyod

  • Investitsiyalarning umumiy qiymati– 16 214 mln. AQSH dollari

ZiyoNET portalining xizmatlaridan foydalanish qoidalari:
I.Hujjat mazmuni

    1. Ushbu qoidalar ZiyoNET portalidan foydalanish boshlangan vaqtdan kuchga kiradi va belgilanmagan muddat amal qiladi;

    2. Qoidalar doirasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning bepul ekanligini hisobga olgan holda mualliflik huquqlarini himoya qilishni belgilash ularga nisbatan qo‘llanilmaydi.

II.Foydalanuvchilar

    1. ZiyoNET portalining foydalanuvchilari quyidagi toifalarga ajratiladi:

-oddiy foydalanuvchilar;
-ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda avtorizatsiya bo‘lgan foydalanuvchilar.

    1. ZiyoNET portalining oddiy foydalanuvchilari faqatgina ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyatiga egalar;

5.ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda avtorizatsiya bo‘lgan foydalanuvchilar qyyidagi imkoniyatlarga ega:
-O‘zi haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish, do‘stlikni taklif qilish va qabul qilish;
-Uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarni yaratish;
-O‘z qiziqishlariga ko‘ra guruhlar yaratish, guruhlarda muloqot olib borish, media materiallar yuklash va boshqalar yuklagan fayllarga izoh qoldirish;
-"Savollar va javoblar" bo‘limida o‘z savollarini berish va boshqa foydalanuvchilar bergan savollarga javob berish;
-"O‘yinlar" bo‘limining foydalanuvchilari reytingida ishtirok etish;
-ZiyoNET axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish va boshqalar.

  1. Sayt-satellitlar

ZiyoNET portalining sayt-satellitlari internet tarmog‘idagi saytlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan tanishishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Sayt-satellitlarning faoliyati internet tarmog‘idagi axborot-ta’limiy resurslar bilan ishlashga o‘rgatish hamda o‘qituvchilar, o‘quvchilar va barcha foydalanuvchilarning ushbu yo‘nalishdagi ilm darajasini oshirishga qaratilgan. Sayt-satellitlar, sozlangan va ishlashga tayyorlangan Wordpress (CMS) kontentni boshqarish tizimida yaratiladi. Barcha sayt-satellitlar 3-darajali «zn.uz» domenida joylashgan;
Sayt-satellitlar o‘zga saytlarni reklama qiluvchi va ommalashtiruvchi axborot maydonchasi hisoblanmaydi;
Barcha sayt-satellitlarning yangiliklar kiritilishi holati goh-goh tekshirib turiladi;
Har bir sayt-satellitga oxirgi 3 oy mobaynida kamida 5 ta maqola joylashtirilgan bo‘lishi shart;
Ushbu qoidalarga rioya qilinmagan holda, foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ko‘rsatib o‘tilgan pochta manziliga kelgusi ikki hafta mobaynida yangilik kiritish kerakligi ko‘rsatilgan ogohlantirish xati yuboriladi. Ogohlantirish yuborilgandan so‘ng ikki hafta o‘tgach foydalanuvchi saytiga yangi ma’lumot kiritmasa, sayt ma’muriyati saytni yopib qo‘yish, keyinchalik esa saytni o‘chirish huquqiga ega;
ZiyoNET portalining ma’muriyati sayt-satellitlarning ishlash jarayonida texnik nosozliklar yuz berganida dasturiy ta’minotga oid texnik yordam ko‘rsatadilar;

    1. ZiyoNET portalining ma’muriyati sayt ishlab chiqarish, uni to‘ldirish va rivojlantirish ishlarini amalga oshirmaydi.

  1. ZiyoNET portali va sayt–satellitlarda quyidagilar ta’qiqlanadi

    1. Mazmuni va sarlavhasi senzuraga mos kelmaydigan so‘zlar ifodalangan maqolalarni yozish va joylashtirish, maqola va izohlar yozish jarayonida qo‘pol, jargon aks etgan so‘zlarni qo‘llash;

    2. Quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish ta’qiqlanadi:

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lgan;

      1. umuminsoniy axloq va odob normalariga to‘g‘ri kelmaydigan;

      2. irqiy, milliy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi so‘zlarni aks ettirgan maqolalar;

      3. erotik xarakterga ega bo‘lgan rasm va videolar, va ularga havolalar mavjud bo‘lgan maqolalar.

    1. ZiyoNET portalining qonun-qoidalarini va ularning bajarilishini muhokama qilish, sayt ma’muriyati va moderatorlar faoliyatiga qaratilgan ochiqdan-ochiq namoyishkorona e’tiroz bildirish.






Download 9,99 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 9,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.Bob.Ta’lim sohasida taqdim etilayotgan “Elektron hukumat”xizmatlari portal

Download 9,99 Mb.