|
Elektron tijorat: asosiy tushuncha va modellari hamda taraqqiyotiBog'liq elektron-tijorat-asosiy-tushuncha-va-modellari-hamda-taraqqiyotiwww.scientificprogress.uz
Page 271
xizmat koʻrsatish kabi yangi ma'lumotlarga va xizmatlarga asoslangan biznes
jarayonlarni yaratmoqda
3
.
Yuqorida qayd etilganlarga asoslanib, biz elektron tijorat virtual makonda
an'anaviy
biznes amaliyotlarini avtomatlashtirish va oʻzgartirishda asosiy
xususiyatlardan biri ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu
transformatsiyada vujudga keluvchi mavjud operatsiyalarning avtomatlashtirilishi, ya’ni
raqamlashtirilishi biznes samaradorligini oshirmoqda. Shu jumladan, tijoratning
raqamlashuvi muntazam ishlarni soddalashtirmoqda hamda chakana savdo uchun qulay
shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.
Onlayn savdoning ijobiy tomoni shundaki, u operatsion xarajatlarni sezilarli
darajada kamaytirishi mumkin. Misol uchun taklif qilinayotgan infomahsulot yuklab
olish uchun mavjud boʻlsa, u holda logistika xarajatlari butunlay bekor qilinadi.
Bozorlarda onlayn savdoni amalga oshirish jarayonida iste’molchilar tovarlar narxini
taqqoslash, komissiya uchun chegirma olish kabi juda qulay xizmatlardan
foydalanishlari mumkin.
Darhaqiqat, yuqoridagi ijobiy omillar foydalanuvchilar tomonidan tovar va
xizmatlarni xarid qilishdan tashqari, tadbirkorlikni joriy etish uchun qulay shart-
sharoitlarni toʻliq ta’minlamaydi. Internetda ushbu turdagi faoliyatni targ'ib qilish uchun
xavfsizlikni ta'minlash va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash ahamiyatli masalalardan biri
boʻlib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, xavfsizlik deganda foydalanuvchining shaxsiy
ma'lumotlarining xavfsizligi, shuningdek, xavfsiz tranzaktsiyalarni ta'minlash boʻyicha
chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Ta'kidlash joizki, xavfsiz onlayn doʻkon mijozlarga
optimal xizmat koʻrsatishni ta'minlaydi, bu esa savdo hajmini oshirishga olib keladi va
mijozlar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi
4
. Bundan tashqari,
koʻpgina platformalarda mahsulot sifati uchun kafolatlar deyarli yoʻq. Deyarli, har bir
platformada siz pochta joʻnatmalaridagi tovarlarning shikastlanishi va tovarlar sifatidagi
farq haqida sharhlarga duch kelasiz, ya’ni sotilayotgan tovar farqli sifat va ko’rinishga
ega bo’lishi mumkin. Shunga qaramasdan, davlatlararo chegaralarni oʻchirib
tashlayotgan elektron tijorat – foydalanuvchilarga butun dunyo boʻylab onlayn
xaridlarni qulay tarzda amalga oshirish imkonini bermoqda.
Elektron biznesning mohiyati butun elektron biznesni strukturasida oʻzaro
bog'langan gorizontal va vertikal tuzilmalardan iborat. Birinchi holda, elektron biznes
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: elektron tijorat; elektron xususiy xaridlar; elektron
davlat xaridlari; mijozlarga elektron xizmat koʻrsatish; biznes hamkorlar va xodimlarga
3
Mansell R. Political. Economy, power and new media. – SAGE Publications London, 2004//Thousand Oaks, CA and
New Delhi Vol6(1):96-105 DOl: 10.1177/1461444804039910 www.sagepublications.com
4
. -м . Д у
https://m.seonews.ru/analytics/bezopasnost-v-elektronnoy-torgovle-kak-zashchitit-internet-magazin/amp/
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
|
| |