Bog'liq elektron-tijorat-asosiy-tushuncha-va-modellari-hamda-taraqqiyoti
www.scientificprogress.uz
Page 273
davlat xaridlari xaridlar jarayonining shaffofligini oshiradi va qonunbuzarliklar xavfini
kamaytiradi
8
.
– C2C consumer-to-consumer – bu turdagi elektron tijorat jismoniy shaxslar va
iste’molchilar oʻrtasida amalga oshiriladi
9
. Elektron tijoratning ushbu turi elektron
bozorlar va onlayn auktsionlarning oʻsishi bilan tavsiflanadi, ayniqsa vertikal
tarmoqlarda firmalar yoki korxonalar bir nechta sotuvchilardan kerakli narsalarni taklif
qilishlari mumkin.
– bu turdagi elektron tijorat jismoniy shaxslar va iste’molchilar oʻrtasida amalga
oshiriladi
10
.
Shuni ta'kidlash kerakki, C2C elektron tijorat biznes modeli savdoni sezilarli
darajada soddalashtiradi, bu esa uni uchun barcha foydalanuvchilar uchun qulay tijorat
muhitini yaratadi. Ushbu model sirasida misol tariqasida eng mashhur C2C biznes
modellarini keltirishimiz mumkin: Amazon, Etsy, Craiglist va eBay.
Mamlakatlar boʻyicha elektron tijorat bozori hajmining soʻnggi reytingi Xitoyni
2022-yilda ham dunyodagi eng yirik onlayn bozor sifatida koʻrsatdi
11
. Bu sohada
Alibaba faoliyatiga katta ahamiyat egadir, chunki bu kompaniya Xitoy bozorining
yetakchisi va dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Alibaba 2022-yil iyun
holatiga koʻra 282 milliard AQSH dollarlik
12
kapitaliga ega boʻlib, u dunyodagi eng
qimmat kompaniyalar roʻyxatida 26-oʻrinni egalladi. Misol uchun Xitoy ijtimoiy
tarmoqlardagi elektron tijorat chakana savdosidan 351,65 milliard AQSh dollarlik
ulushga ega va Xitoyning elektron tijoratdan tushgan daromadi Qoʻshma Shtatlardan
oʻn baravar koʻpdir hamda ushbu daromad 2022-yilda 875 milliard dollarni tashkil etdi.
Tahlillarga koʻra, 2023-yilda mamlakat elektron tijorat savdosidan 1,54 trillion dollar
daromad olishi kutilmoqda. Xitoyning elektron tijorat daromadlari juda katta,
shuningdek, Xitoy oʻn yil oldin dunyodagi eng yirik elektron tijorat bozori sifatida
AQShni ortda qoldirdi.
Alibaba bilan bir qatorda Amazon (AQSh) elektron tijorat bozorida yetakchi
oʻrinni egallaydi. Amazon B2C platformalarini, shuningdek yuridik shaxslar uchun
B2G platformalarini taklif etuvchi omborlar va saralash markazlarining ulkan
tarmog‘iga egadir. Kompaniyaning 2021-yildagi bozor daromadi 470 milliard dollarni
tashkil etdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 22 foizga, sof daromadi esa 56 foizga oshgandir.
8
Jeffrey
B.
Defining international electronic commerce [Int'l
L.
&
Bus]
Available
at:
https://trends.rbc.ru/trends/industry/607fe4549a7947027eaffbe6
9
Д . м . у - . М ,
. м , 2022, 256 .
10
О. . мм ц Уч . М , . Д ш , 2005, 682 .
11
Р ч ж мм ц 201 2021 . Д у
https://www.statista.com/statistics/379046/worldwide-retail-e-commerce-sales/
12
Market
cap
history
of
Alibaba
from
2014
to
2023
Available
at:
https://scholarlycommons.law.northwestern.edu/njilb/vol13/iss1/7