Elektron tijorat: asosiy tushuncha va modellari hamda taraqqiyoti




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.01.2024
Hajmi0,49 Mb.
#141421
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
elektron-tijorat-asosiy-tushuncha-va-modellari-hamda-taraqqiyoti

www.scientificprogress.uz
 
Page 274
Xitoy va AQShdan soʻng, elektron tijorat sohasidagi tahlillarga koʻra, reytingda 
keyingi oʻrinda kunchiqar yurt – Yaponiya joylashgan. Elektron tijoratning umumiy 
daromadi 2 1 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarni, 2022-yil tahliliy 
ma’lumotlariga ko’ra, Germaniya va Buyuk Britaniya egallab, jahon elektron tijorat 
bozorida 148 milliard dollar va 143 milliard dollar bilan kuchli beshlikni yakunladi. 
Janubiy Koreya esa, elektron tijoratdan 118 milliard dollarlik daromad bilan oltinchi 
oʻrinni egalladi. Hindiston 2022-yil tahlillariga ko’ra, 97 milliard dollar bilan yettinchi 
oʻrinda turdi
13
. Ushbu davlatlardan so’ng birinchi oʻnlikni Indoneziya, Fransiya va 
Kanada 96,59,59 milliard dollar bilan yakunladi. Oʻz navbatida, bu mamlakatlarning 
elektron tijoratdan keladigan daromadi yaqin yillarda ikki barobarga o’sishi kutilmoqda. 
Elektron tijorat vujudga kelishi yuqorida qayd etilganidek, axborot 
texnologiyalari orqali amalga oshirilgan. Bu raqamli iqtisodiyot sohasi boʻlib, u 
kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat 
operatsiyalarini, shuningdek, bunday operatsiyalar bilan bog'liq biznes jarayonlarini oʻz 
ichiga oladi
14
. Elektron tijorat – bu biznes tartib-qoidalari va operatsiyalarini 
avtomatlashtirish, an’anaviy savdo usullarini tijoratning elektron shakliga aylantirishdir. 
Bu jarayon samaradorlikni oshiradi va muntazam vazifalarni soddalashtiradi. Shu bilan 
birga, yaqin vaqtgacha elektron tijorat operatsiyalarining aksariyati global miqyosda 
amalga oshirilgan, ammo yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, mahalliy 
kompaniyalar oʻz mahsulotlarini mahalliy miqyosda ilgari surish uchun tez-tez ushbu 
savdo turidan foydalana boshlashmoqda. Shu bilan birga, kichik biznes boshqa yirik 
kompaniyalar bilan raqobatdosh boʻlib bormoqda. 
Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, onlayn savdo faoliyatini yangi boshlayotgan 
kichik biznes subyektlari uchun chakana savdo nuqtalari va ofislarni ijaraga olishda 
mablag'larni tejaydi, shuningdek, internet orqali xorijiy bozorlarga chiqish ancha 
osonlashadi. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning keng assortimenti, turli 
narxlarning taqqoslanishi, shuningdek, elektron platformadagi chakana tovarlar 
narxining an’anaviy bozorga nisbatan arzonligi elektron tijoratning mahalliy bozorga 
tez moslashishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 
Shu bilan birgalikda, ma’lum bir davlatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun 
quyidagilarga amal qilish muhimdir: 
13
Р ч ж мм ц 201 2021 . Д у
https://www.statista.com/statistics/379046/worldwide-retail-e-commerce-sales/
14
Ю . ., И . . И м . М , . Г ч - м, 2007, 2 5 ; М м . . 
И м ц м м ч м . 1997. No 11; 

., 
Н .Т. 
м м . Д у
https://izron.ru/articles/razvitie-
ekonomiki-i-menedzhmenta-v-sovremennom-mire-sbornik-nauchnykh-trudov-po- 
itogam-mezhdunarodn/sektsiya-2-
ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-spetsialnost-08-00- 05/elektronnyy-biznes-v-sovremennoy-ekonomike/


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 5 ǀ 2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Download 0,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat: asosiy tushuncha va modellari hamda taraqqiyoti

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish