|
Elektron tijoratning sohalarda rivojlanishiUzbek Scholar Journal
Volume- 21, October, 2023
www.uzbekscholar.com
3 |
P a g e
TAHLIL VA NATIJALAR
Elektron tijorat kundan - kunga tovar va xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida
shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga
birlashtirib, hamkorlarning o'zaro ta'siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida
samarali va to'siqlarsiz kelishuvlarga erishishiga imkon berdi. Elektron tijorat o'z - o'zidan mahsulot
sotish va xizmat ko'rsatish va etkazib berish shartnomalarini tuzishda ikkita: moddiy va nomoddiy
oqimlar, oqim xizmati bilan bog'liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta'minot, bino
loyihalari va b.) ni to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari,
mehmonxonalarda xonalar va x.k. buyurtmasi)ning to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar
(mijozlar, buyurtmachilar, etkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli
hisobotlar, moddiy xizmatlarni etkazib berishni axborot va telekommunikatsion qo'llab
–
quvvatlash
natijasida yuzaga keladi. "Elektron tijorat" termini EDI (Elektronic Data Interchange - ma'lumotlarni
elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va
ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida
Elektron tijorat tizimini uch sinfga bo'lish mumkin:
•
Tadbirkorlar va Hukumat o’rtasidagi aloqa o’rnatish (biznes
-hukumat, B2G); Misol uchun AQSh
hukumati davlat
xaridlari rejasiga kiritilgan tovar va xizmatlar ro‘yxatini Internet orqali e’lon qiladi,
unga qiziqqan
kompaniyalar esa o‘z takliflarini elektron ko‘rinishda yuboradi.
Maxsus ishlab chiqilgan
tizim kompaniyalar yuborgan takliflar ichidan eng
ma’qulini tanlaydi va hukumat u bilan shartnoma
tuzadi.
•
Chakana
savdoni
tashkil
qilishbo'yicha
(biznes-iste'molchi,
B2C);
Bunga
misol sifatida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi internet
-
do‘konlarni olishimiz
mumkin. Tijoriy
operatsiyalarning bunday usulda amalga oshirilishi mijozga mahsulot yoki xizmatni xarid qilish
jarayonini soddalashtirish hamda tezlashtirish imkonini beradi. Chunki, Internet orqali xarid
qilinganda kerakli mahsulotni sotib
olish uchun ko‘chaga chiqish, do‘konga borish uchun vaqt sarflash
shart emas. Shunchaki, sotuvchining saytiga kirib, kerakli mahsulotning xarakteristikasi bilan tanishib,
kerakli konfiguratsiyani tanlab, uni uygacha yetkazib berish sharti bilan sotib olish mumkin.
•
Biznes hamkor bilan aloqlar o'rnatish (biznes-biznes, B2B); yuridik shaxs ikkinchi bir korxona
bilan elektron savdo-sotiqni amalga oshiradi. U bugungi kunda elektron tijoratning eng yirik hajmli, eng
tez rivojlanayotgan hamda
isiqbolli yo‘nalishi sanaladi. Maxsus ishlab chiqilgan internet
-platformalar
kompaniyalarga bir-birlari bilan turli tijorat operatsiyalarini amalga oshirishlarida barcha bosqichlarda
qo‘l kelmoqda. B
unday platformalar ikki kompaniya
o‘rtasidagi biznes
-tranzaksiyalarining operativ
ravishda amalga oshirilishiga yordam beribgina qolmay, savdo-
sotiqning nisbatan ochiq, ya’ni shaffof
bo‘lishiga
ham yordam bermoqda.
•
Iste'molchilar o'rtasidagi savdo (iste'molchi-iste'molchi, C2C); Odatda, C2C-sxemasidagi tijoriy
operatsiyalar internet-auksion saytlarida amalga oshiriladi. Bunday turdagi saytlar ichida hozirda
AQShning “eBay” internet
-
auksioni butun dunyo bo‘ylab mashhurdir.
•
Davlatlar orasidagi aloqa (hukumat-hukumat, G2G). saylovlar; bojxona, soliq, huquqni muhofaza
qilish
sohasi
va
boshqarishni
avtomatlashtirish;
hamkorlik tizimi; hududiy axborot tizimi.
|
| |