• Respublikasining
  • Vazirlar
  • Ozbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
  • Elektron to'lovlar to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 005 yil noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2005 yil dekabrda ma'qullangan




    Download 36,5 Kb.
    Sana25.03.2017
    Hajmi36,5 Kb.
    #2280

    ELEKTRON TO'LOVLAR TO'G'RISIDA

    Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 2 noyabrda qabul qilingan

    Senat tomonidan 2005 yil 3 dekabrda ma'qullangan

    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    Ushbu Qonunning maqsadi elektron to'lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    2-modda. Elektron to'lovlar to'g'risidagi qonun hujjatlari

    Elektron to'lovlar to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

    Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining elektron to'lovlar to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    3-modda. Elektron to'lov

    Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to'lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to'lovdir.

    Elektron to'lov to'lov tizimining sub'ektlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to'lov tizimining belgilangan amalga oshiriladi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

    4-modda. To'lov tizimi va uning turlari

    Elektron to'lovlar amalga oshirilayotganda to'lov tizimining sub'ektlari o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to'lov tizimidir.

    To'lov tizimining turlari:

    banklararo to'lov tizimi;

    bankning ichki to'lov tizimi;

    chakana to'lovlar tizimi.

    5-modda. To'lov tizimining qoidalari

    To'lov tizimining qoidalarida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:

    to'lov tizimi a'zolarining to'lov tizimiga a'zo bo'lishi va a'zolikdan chiqishi tartibi;

    elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari, shu jumladan elektron to'lov hujjati rekvizitlarining tarkibi va formati bo'yicha talablar;

    axborot xavfsizligi va muhofazasini ta'minlash tartibi;

    to'lov tizimining sub'ektlari o'rtasidagi nizolarni hal etish tartibi.

    To'lov tizimining qoidalarida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko'rsatilishi mumkin.

    O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron to'lovlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlari to'lov tizimining barcha sub'ektlari uchun majburiydir.

    6-modda. To'lov tizimining sub'ektlari

    To'lov tizimining a'zolari va to'lov tizimidan foydalanuvchilar to'lov tizimining sub'ektlaridir.

    To'lov tizimidan foydalanuvchilarga elektron to'lovlarni amalga oshirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxslar to'lov tizimining a'zolaridir.

    Qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslarga elektron to'lovlarni amalga oshirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatilayotgan bo'lsa, shu yuridik yoki jismoniy shaxslar to'lov tizimidan foydalanuvchilardir.

    7-modda. Banklararo to'lov tizimi

    Banklararo to'lov tizimi banklar o'rtasidagi elektron to'lovlarni banklarning O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun mo'ljallangan.

    Banklararo to'lov tizimining qoidalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

    8-modda. Bankning ichki to'lov tizimi

    Bankning ichki to'lov tizimi bank filiallari va mijozlari o'rtasida elektron to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to'lov tizimi bilan o'zaro harakatda bo'lish uchun mo'ljallangan.

    Bankning ichki to'lov tizimi qoidalari to'lov tizimining a'zosi – bank tomonidan belgilanadi.

    9-modda. Chakana to'lovlar tizimi

    Chakana to'lovlar tizimi bank kartalari va boshqa elektron to'lov vositalari (bundan buyon matnda elektron to'lov vositalari deb yuritiladi) qo'llanilgan holda elektron to'lovlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Elektron to'lov vositasi uning mazkur chakana to'lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan farqlovchi belgilarga (tovar belgisiga, xizmat ko'rsatish belgilariga) ega bo'lishi kerak.

    Chakana to'lovlar tizimining qoidalari mazkur chakana to'lovlar tizimini tuzgan tashkilot tomonidan belgilanadi.

    10-modda. To'lov tizimining sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlar

    To'lov tizimining sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari va ular o'rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.

    Shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo'lishi va unda quyidagi qoidalar ko'rsatilishi kerak:

    elektron to'lovlarni amalga oshirishda elektron to'lov hujjatlarini jo'natish hamda qabul qilib olish tartibi;

    elektron to'lovlarni amalga oshirish jarayonida elektron to'lov hujjatlarida elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash tartibi;

    elektron to'lovlarni amalga oshirganlik uchun haq miqdori;

    taraflarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan axborot xavfsizligi va muhofazasini ta'minlash bo'yicha majburiyatlari;

    taraflarning javobgarligi, shu jumladan elektron to'lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavflar bo'yicha javobgarlikning taqsimlanishi;

    nizolarni hal qilish tartibi.

    To'lov tizimining sub'ektlari o'rtasida tuzilgan shartnomada qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko'rsatilishi mumkin.

    11-modda. To'lov tizimi a'zolarining huquq va majburiyatlari

    To'lov tizimining a'zolari elektron to'lovlarni amalga oshirganlik uchun haq olishga va qonunda belgilangan hollarda to'lov tizimidan foydalanuvchilarning hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turishga haqlidir.

    To'lov tizimining a'zolari tegishli to'lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq elektron to'lov hujjatiga ishlov berilishini va uning muhofaza qilinishini ta'minlashlari kerak. Bunda to'lov tizimining a'zosi - bank:

    to'lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag'iga tushadigan pul mablag'larini qabul qilishi va hisobga kiritishi, uning tegishli summalarni o'tkazish to'g'risidagi topshiriqlarini bajarishi;

    o'zining aybi bilan noto'g'ri amalga oshirilgan operatsiyalarni tiklashi yoki tuzatishi;

    to'lov tizimidan foydalanuvchiga uning hisobvarag'iga oid axborotni shartnomada belgilangan muddatlarda qog'ozdagi yoki elektron shaklda taqdim etishi;

    pul mablag'lari oluvchining - to'lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag'iga tushganligini to'lovchining - to'lov tizimidan foydalanuvchining so'rovi bo'yicha qog'ozdagi yoki elektron shaklda tasdiqlashi shart.

    To'lov tizimining a'zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

    12-modda. To'lov tizimidan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari

    To'lov tizimidan foydalanuvchilar o'z hisobvaraqlarida turgan pul mablag'larini mustaqil tasarruf etishga va o'z hisobvaraqlari bo'yicha pul mablag'larining harakati to'g'risida axborot olishga haqlidir.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    To'lov tizimidan foydalanuvchilar:

    to'lov tizimining qoidalari bilan belgilangan axborotni muhofaza qilish tartibiga rioya etishi;

    elektron to'lov vositalarining va identifikatsiya ma'lumotlarining saqlanishini ta'minlashi;

    to'lov tizimining a'zosiga elektron to'lov vositalari yoki identifikatsiya ma'lumotlari yo'qolganligi to'g'risida shartnomada belgilangan muddatlarda xabar qilishi shart.

    To'lov tizimidan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

    13-modda. Elektron to'lov hujjatini tuzish

    To'lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlariga ega bo'lgan hamda elektron to'lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni o'z ichiga olgan elektron hujjat elektron to'lov hujjati hisoblanadi.

    Elektron to'lov hujjati pul-hisob-kitobga doir qog'oz hujjat (bundan buyon matnda pul-hisob-kitob hujjati deb yuritiladi) asosida yoki elektron to'lov vositasidan foydalangan holda tuziladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

    Elektron to'lov hujjati bilan ishlashda uni elektron to'lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlarni saqlagan holda qog'ozda takrorlash imkoniyati ta'minlanishi kerak.

    14-modda. Elektron to'lov hujjatiga ishlov berish

    Elektron to'lov hujjatiga ishlov berish elektron to'lov hujjatini qabul qilish, kiritish, yozish, qayta tuzish, o'qish, qayd etish, almashtirish, saqlash va yo'q qilish bilan bog'liq operatsiyalarni bajarish yo'li bilan amalga oshiriladi.

    Elektron to'lov hujjatiga, basharti u elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash taomilidan o'tgan hamda to'lov tizimining qoidalari bilan belgilangan tarkib va formatdagi rekvizitlarga ega bo'lsa, ishlov beriladi.

    To'lov tizimidan foydalanuvchilarning tegishli hisobvaraqlaridan pul mablag'lari elektron to'lov hujjatlariga ishlov berish natijalari bo'yicha hisobdan chiqariladi yoki hisobga kiritiladi.

    15-modda. Elektron to'lov hujjatlarini saqlash

    Elektron to'lov hujjatlari pul-hisob-kitob hujjjatlarini saqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida elektron axborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.

    16-modda. Elektron to'lov hujjatining yuridik kuchi

    Elektron to'lov hujjati pul-hisob-kitob hujjatiga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo'ladi.

    17-modda. Elektron to'lovlarni amalga oshirish muddatlari

    To'lov tizimining a'zosi – bank to'lov tizimidan foydalanuvchining topshirig'iga binoan elektron to'lovni tegishli to'lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning operatsiya kuni mobaynida tushgan bo'lsa, amalga oshirishi shart. To'lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, to'lov tizimining a'zosi – bank elektron to'lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.

    To'lov tizimining sub'ektlari shartnomada elektron to'lovlarni amalga oshirishning boshqa muddatlarini nazarda tutish huquqiga ega.

    18-modda. Elektron to'lovlar bo'yicha majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash

    Elektron to'lovlarni amalga oshirishning ushbu Qonunning 17-moddasida belgilangan muddatlari to'lov tizimining a'zosi tomonidan buzilgan taqdirda, u kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan elektron to'lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan elektron to'lov summasining 10 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda to'lov tizimidan foydalanuvchiga penya to'lashi shart.

    To'lov tizimi a'zosining aybi bilan elektron to'lov noto'g'ri amalga oshirilgan taqdirda, to'lov tizimining a'zosi mablag'ni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining - to'lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag'iga o'tkazishi shart. Aks holda, to'lovchi - to'lov tizimidan foydalanuvchi to'lov tizimining a'zosidan mablag'larni qaytarishni, shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto'g'ri amalga oshirilgan elektron to'lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto'g'ri amalga oshirilgan elektron to'lov summasining 10 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'lashni qonunda belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega.

    19-modda. To'lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta'minlash

    To'lov tizimining sub'ektlari to'lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta'minlash bo'yicha, shu jumladan elektron to'lov hujjatlaridan ruxsatsiz foydalanish, ularga o'zgartishlar kiritish, ularni yo'qotish, yo'q qilish va to'sib qo'yishdan muhofaza etishni ta'minlash bo'yicha belgilangan talablarga rioya etishlari kerak.

    To'lov tizimining sub'ektlari to'lov tizimida axborot xavfsizligi va muhofazasini ta'minlashning qo'shimcha vositalari va usullarini belgilashlari mumkin.

    20-modda. Elektron to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlarning maxfiyligi

    To'lov tizimining a'zolari elektron to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashlari kerak.

    Elektron to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlar uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

    21-modda. Nizolarni hal etish

    Elektron to'lovlar sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

    22-modda. Elektron to'lovlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

    Elektron to'lovlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

    23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

    Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.



     

    O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
    I. Karimov

    Download 36,5 Kb.




    Download 36,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron to'lovlar to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 005 yil noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2005 yil dekabrda ma'qullangan

    Download 36,5 Kb.