50
chastota va amplitudali EYuK majmuiga aytiladi. 3.3-rasmda shunday EYuKlar tizimi oniy qiymatlarining
to‘lqin diagrammasi keltirilgan.
3.3-rasm. Uch fazali EYuK simmetrik tizim oniy qiymatlarining to‘lqin diagrammasi.
Uch fazali zanjirda faza deb zanjirning shunday bir qismiga aytiladiki, undan bir xil tok o’tadi. Ikkinchi
tomondan esa, sinusoidal o’zgaruvchi kattalikning argumenti ham faza deb ataladi.
Shunday qilib,
ko’rilayotgan masalaga qarab, faza deganda uch fazali zanjirning tarkibiy
qismi yoki kuchlanishning
argumenti tushuniladi.
3.2.
Yulduz sxemada ulangan uch fazali tok zanjirini hisoblash, tok va kuchlanishlarning
vektor tasvirlarini qurish (iste’molchilarning simmetrik va nosimmetrik holatlarida).
Simmetrik iste’molchilarning “yulduz” usulida ulash - Manba va iste’molchilar “yulduz” usulida
ulanganda, toklar generatorning faza chulg’amlarining boshlanishidan iste’molchilar tomon yo’nalgan
bo’ladi. Yulduz usuli qo’llanilganda (
shartli belgisi Y
) generator fazalari chulg’amlarining “oxiri” (
x
,
y
,
z)
bitta umumiy nuqta N ga biriktiriladi. Tegishli
N
nuqtada iste’molchi faza zanjirlarining uchta uchlari o’zaro
birlashtiriladi (3.4-rasm).
51
Generator bilan iste’molchining neytral tugunlari o’zaro neytral (nol) sim bilan birlashtiriladi. Bu
sim 3.4-rasmdagi faza toklari qaytish simlarini birlatirish natijasida hosil bo’ladi. Demak, sistemaning
neytral simidan o‘tuvchi tok faza toklarining vektor yig’indisiga teng bo‘ladi.