8
I bob. ELEKTR ZANJIRLARI.
I bob. 1-ma’ruza.
O’ZGARMAS TOK ZANJIRLARI VA ULARNI HISOBLASH.
Reja:
1.1. O’zgarmas tok zanjirlarining ta’rifi, muqobil sxemasi va
elementlarning shartli belgilari.
1.2. Manbalar va elektr
qarshiliklarni ketma-ket,
parallel va
aralash ulash.
1.3. Om va Kirxgoff qonunlari.
1.4. Elektr tokining quvvati va energiyasi.
1.5. Tarmoqlanmagan oddiy o’zgarmas
tok zanjirlari va ularni
hisoblash.
1.6. Rezistorlarni “uchburchak” va “yulduzcha” usulida ulanishi.
Ularni ekvivalentlik sharti.
1.1. O’zgarmas tok zanjirlarining ta’rifi, muqobil sxemasi va
elementlarning shartli belgilari.
Elektr toki o’tadigan yo’ldagi turli elektr tuzilmalar yig’indisi elektr zanjiri deb ataladi. Har qanday
elektr zanjiri
uchta asosiy elementdan,
tok manbaidan, iste’molchilardan
va tutashtiruvchi simlardan
tashkil topgan bo’ladi [2]. Elektr zanjiri elektr toki uchun yo‘l hosil qiluvchi ob’ekt
va qurilmalarning majmui
bo‘lib, undagi elektromagnit jarayonlar elektr yurituvchi kuch (EYuK), tok va kuchlanish
tushunchalari bilan
ifodalanadi.
O’tkazgichdagi tokni elektronlar hosil qiladi. Har bitta elektronga esa magnit maydon ma’lum kuch
bilan ta’sir qiladi. Demak, o’tkazgichga ham magnit maydon ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi [2].
Elektr zanjir holatini elektr toki va kuchlanish ifodalaydi. Elektr zanjirlarining grafik tasviri elektr
sxema deb ataladi.
O‘zgarmas tok
– bu yo‘nalishi va qiymati vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan tokdir. Demak, o‘zgarmas
tok – bu zaryadlangan zarrachalarning tartibli bir yo‘nalishdagi harakatidir.