Elektrotehnika va elektronika




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

n
2
chastotagacha aylantirish lozim. Bir fazali motorni bevosita ishga tushirish uchun 
uning statoridagi chulg‘amga berilgan tokdan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘lishi zarur. 
Buning uchun motor statoriga, o‘qlari bir-biriga nisbatan, 
90
0
burchakka farqlanuvchi ikkita 
chulg‘amni joylashtirib, ulardagi tokni bir-biriga nisbatan 
90
0
ga siljitish kerak [4] . 
Shu sababli bir fazali asinxron motor statoriga asosiy chulg‘amdan tashqari, ko‘pincha, ishga 
tushirish chulg‘ami deb ataluvchi chulg‘am ham o‘raladi. Bu chulg‘amlardagi toklarning fazasi o‘zaro 
90

ga yaqin burchakka farq qilishi uchun bir fazali motorni -rasm, 
a
va 
b
da ko‘rsatilgan sxemalar bilan ishga 
tushiriladi. Bir fazali motorning ishga tushirish chulg‘ami o‘ramlari soni kam bo‘lgan ingichka simdan 
tayyorlanib, uning aktiv qarshiligi asosiy chulg‘amnikiga nisbatan katta, induktiv qarshiligi esa kichik 
bo‘ladi. Shu sababli bu chulg‘amlardagi toklar fazasi 0

< φ < 
90
0
ga farq qilib, statorda aylanuvchi 
magnit maydon hosil bo‘ladi. Demak, bunday motorni bevosita ishga tushirish mumkin.
Amalda magnit qutblari o‘zgarmas tok mashinalaridagi singari ayon shakldagi tuzilishga ega bo‘lgan 
bir fazali motorlar ham bo‘lib, ularning magnit qutblariga kiygizilgan mis halqachalar ishga tushirish 
chulg‘ami 
vazifasini 
o‘taydi. 
Bunday 
motorlar 
uchun 
bo‘lib, ulardan, ko‘pincha, elektr patefonlarida, 
kichik quvvatli ventilyatorlarda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda tavsifi ancha yaxshilangan bunday motorlar 
kir yuvish mashinalarida ham ishlatilmoqda. Umuman, bir fazali va kondensatorli motorlarning kichik 
quvvatlilaridan avtomatikada, turmushda keng tarqalgan sovitish qurilmalarida, kir yuvish va tikuv 
mshinalarida, magnitafon va shu kabilarda foydalaniladi. Bir fazali yuqori chastotali motorlar, bundan 
tashqari, o‘rmon va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan bir qancha qo‘l asboblarida ham qo‘llanilmoqda 

Download 7,5 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish