• III bob. 12-mavzu. SINXRON MASHINALAR Reja: 12.1 Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlashi.
  • Elektrotehnika va elektronika




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

     
    Nazorat savollari 
    1. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalarining asosiy turlarini sanab bering? 
    2. 
    Asixron mashinalarning konstruktiv tuzilishini aytib bering? 
    3. 
    Asixron mashinalarning ishlash tamoyilini aytib bering? 
    4. 
    Asixron mashinalarning mexanik tavsiflariga ta’rif bering? 


    156 
    5. 
    Asixron motorning energetik diagrammasi nimani bildiradi? 
    6. 
    Asixron mashinalarni ishga tushirish usullarini aytib bering? 
    7. 
    Asixron mashinalarni reverslash qanday bajariladi?
    8. 
    Asixron mashinalarni aylanish tezligini rostlash qanday amalga oshiriladi? 
    9. 
    Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish qanday amalga oshiriladi? 
    10. 
    Qisqa tutashtirilgan asinxron motorni ishga tushirish toki nominal tokdan qanday farq 
    qiladi? 


    157 
    III bob. 12-mavzu. 
    SINXRON MASHINALAR 
    Reja:
    12.1 Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlashi. 
    12.2 Sinxron motornig mexanik va burchak tavsiflari. 
    12.3 Sinxron motorni ishga tushirish. 
    12.1. Sinxron mashinalarning tuzilishi va ishlashi. 
    Sinxron elektr mashinalar o‘zgarmas tok mashinalari singari generator, motor va elektromagnit 
    tormoz rejimlarida ishlatish mumkin. 
    12.1-rasm. Sinxron mashinaning statori. 
    Elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan uch fazali tok sinxron generatorlarda hosil qilinadi. 
    Sinxron mashinalar qo‘zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat bo‘ladi. Stator uz navbatida cho‘yan 
    korpus va unga mahkamlangan po‘lat o‘zakdan iborat bo‘lib, bu o‘zak pazlariga uch fazali o‘zgaruvchan tok 
    chulg‘ami joylashtiriladi. Stator o‘zagida uyurma toklardan hosil bo‘luvchi quvvat isrofini kamaytirish 
    maqsadida uni bir-biridan izolyatsiyalangan po‘lat tunukalardan yig‘iladi (12.1-rasm). 
    Sinxron mashinasining rotori ikki tipda, ya’ni ayon va ayon bo‘lmagan qutbli qilib tayyorlanadi. 
    Gidroturbinalar bilan past chastotada aylantiriladigan kichik va o‘rta quvvatli gidrogeneratorlar ayon, bug‘ 
    turbinalari bilan yuqori tezlikda aylantiriladigan katta quvvatli turbogeneratorlar esa, ayon bo‘lmagan qutbli 
    qilib chiqariladi. 


    158 
    12.2-rasm. Sinxron mashinalarning stator va rotorlari. 
    12.2-rasmda sinxron mashinaning 
    a — 
    ayon va 
    b — 
    ayon bo‘lmagan qutbli rotorlari ko‘rsatilgan. 
    Rotorning o‘zagi, odatda, quyma po‘latdan yasalib, unga qo‘zgatuvchi chulg‘am o‘rnatiladi. Aylanuvchi 
    rotordagi bu qo‘zgatuvchi chulg‘amga cho‘tka va halqalar vositasida o‘zgarmas tok berilib, asosiy magnit 
    oqim hosil qilinadi. Demak, o‘zgarmas tok bilan ta’minlangan rotor chulg‘amini birlamchi motor (turbina) 
    bilan aylantirilsa, u holda, elektromagnit induksiya qonuniga binoan stator chulg‘amida o‘zgaruvchan EYuK 
    hosil bo‘ladi. 
    Bu EYuK sinusoida qonuni bo‘yicha o‘zgarishi uchun qutblarda hosil bo‘lgan magnit induksiya 
    sinusoida bo‘yicha taqsimlanishi kerak. Magnit induksiyaning 
    V - 
    5
    maks
    51pa bo‘yicha taqsimlanishi 
    uchun kutb uzagi bilan stator uzagi o’rtasidagi havo bushligining 
    12.3-rasmda ko‘rsatilgandek bo‘lishiga erishish kifoya. 


    159 
    12.3 – rasm. Rotor qutblarida hosil bo‘luvchi magnit induktsiyasining taqsimlanishi. 
    Uch fazali sinxron generatorning statoriga uchta chulg‘am joylashtiriladi. Bu chulg‘amlar fazoda bir-
    biridan 120° burchakka farq qiladi, ular yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan ulanadi. Har bir chulg‘am 
    generatorning fazasi deyilib, bu fazalarda bir-biridan 120° ga farq qiluvchi EYuK lar hosil bo‘ladi. Yulduz yoki 
    uchburchaklik sxemasi bilan ulangan chulg‘amlardan olingan bu uch fazali EYuKlar sistemasiga uch fazali 
    yuklama ulansa, u holda generatorning stator chulg‘amlaridan uch fazali yuklama toki o‘tadi. Sinxron mashinani 
    qo‘zg‘atish uchun kerak bo‘lgan o‘zgarmas tokni qo‘zgatgich yoki yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlardan 
    olinadi. Generator bilan birga aylantiriluvchi va uni qo‘zg‘atishga mo’ljallangan o‘zgarmas tok generatori 
    qo‘zg‘atgich deb ataladi. Sinxron generatorlar statori chulg‘amlarining boshi va oxirlari quyidagi jadvalda 
    ko‘rsatilgandek belgilanadi. 
    Odatda, quvvati 400 kVA gacha bo‘lgan sinxron generatorlari 400/230 V, 400 kVA dan kattalari esa 
    6300 V va undan ham yuqori kuchlanishli qilib tayyorlanadi. 
    Quvvati 1000 kVA gacha bo‘lgan dizel motorga mo‘ljallangan SGD rusumli generatorlar ham mavjud. 
    Katta quvvatli generatorlar, masalan, 100000 kVA li turbogeneratorlar juda yuqori foydali ish 
    koeffitsienti, ya’ni 
    ga ega bo‘ladi. 
    Asinxron mashinalarining statori sinxron mashinanikidan deyarli farq qilmaydi, ammo ularning 
    rotoridagi chulg‘amiga tashqi manbadan hech qanday tok berilmaydi. 
    O‘zgarmas tok mashinasi singari sinxron mashina ham generator, ham motor rejimida ishlaydi. 
    Sinxron motorning konstruktsiyasi generatornikidan farq qilmaydi. 


    160 
    Sinxron mashinani motor rejimida ishlatish uchun uning stator chulg‘amiga uch fazali, rotor 
    chulg‘amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator chulg‘amiga berilgan uch fazali tokdan aylanuvchi magnit 
    maydon hosil bo‘lib, uning tezligi quyidagicha bo‘ladi:
    (12.1)
    bunda
    f
    – o‘zgaruvchan tokning chastotasi;
    p
    – stator chulg‘amiga berilgan tokdan hosil bo‘lgan magnit maydonning juft qutblar soni. 
    Statordagi aylanuvchi magnit maydon bilan rotordagi tokning o‘zaro ta’siri natijasida elektromagnit 
    moment hosil bo‘ladi. Elektromagnit momentning ta’sirida motor rotori statordagi aylanuvchi magnit 
    maydon yo‘nalishida aylana boshlaydi. Statordagi aylanuvchi magnit maydon 
    N
    yoki 
    S
    qutbi rotor magnit 
    maydonidagi ularga teskari bo‘lgan qutblari bilan elastik zanjir singari bog‘lanishga egaligi sababli 
    rotorning aylanish chastotasi ham 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish